Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan
tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub
shu bilan birga xavfsizlik
talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi
barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga
ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib
yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi.
Natijada
ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani
sari Hub’ning FIK kamayib boradi.
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator
OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch
– bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000
Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun
alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq
dupleks rejimda
ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda
qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi
kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga
saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi
va xavfsizligini
oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi.
Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi.
Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish
mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x
ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo‘lmasa 10 –
portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning
imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash
mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN
yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Kommutatorning
mostdan asosiy farqi shundaki, u kommunikasion
multiprosessor
xususiyatiga
egaligidadir.
Boshqa
cha
kilib
aytganda
kommutatorning xar bir porti maxsus prosessor bilan jixozlangan. X,ar bir portning
prosessori boshqa portlarga boglik bo’lmagan xolda kadrlarni mustakil ishlaydi
(most algoritmi buyicha). Xuddi shu sababdan
kommutatorning unumdorligi
yagona prosessorli mostning unumdorligidan ancha yuqoridir. Demak, kommutator
mostning yangi avlodi bo’lib, kadrlarni parallel ishlovini amalga oshiradi.
Most va kommutatorlarning tarmoq topologiyalarini boglanishlaridagi
cheklanishlari kommunikasion qurilmalar katoriga yana bir qurilma -
marshrutizatorni paydo bo’lishiga olib keldi. Marshrutizatorlar mostlarga nisbatan
yanayam ishonchli va yanayam samarali bo’lib,
ayrim tarmoq kismlarining
trafiklarini boshqa kismlardan ajratadi (izolyasiyalaydi). Marshrutizatorlar
tugridan-tugri adreslash vositalari yordamida mantiqiy segmentlar xosil kiladilar.
Ushbuni amalga oshirishda tarkiblashgan adreslash qo’llaniladi. Tarkiblashgan
adres tarkibidagi tarmoqning maydon nomeri, kompyuterlarning maydon nomerlari
bilan bir xil bulsa shu kompyuterlar bir segment tarkibiga mansub bo’ladilar. Shu
segmentni tarmoq kismi (subnet) deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: