3 -maʼruza. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish qurilmalari. Kontsentratorlar, kommutatorlar va marshrutizatorlar Reja



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#486256
  1   2   3   4
Bog'liq
4 – maruza. OSI modeli va uning umumiy tavsifi. OSI modelining sathlari va ularning bajaradigan vazifalari.



3 -Maʼruza. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish qurilmalari. 
Kontsentratorlar, kommutatorlar va marshrutizatorlar 
Reja 
1. 
Kontsentratorlar 
2. 
Kommutatorlar 
3. 
Marshrutizatorlar 
Tayanch 
so’zlar: 
kommunikatsion 
tarmoq(communication network), komutator (switch), 
marshirtizator (router), hub, information tarmoq 
(information 
network), 
hisoblash 
tarmog’i(calculation network), global hisoblash 
tarmog’i (global calculation network), protocol, marshrutlash. 
 
1. Kontsentratorlar 
Konsentratorlar amalda barcha bazaviy lokal texnologiyalarda (Ethernet, 
Token Ring, FDDI v.b.) qo’llanadi. 
Xar qanday tarmoq texnologiyasida ishlaydigan konsentratorlarning umumiy 
xususiyatlari ko’p bo’ladi, ya’ni ular uzlarining bir portlaridan kelgan signalni 
boshqa portlarida qayd qiladilar. Ulardagi farq fakat kaysi portlarda kirish signallari 
qayd qilinishidadir. Masalan, Ethernet texnologiyasida ishlaydigan konsentrator 
kirish signalini shu signal olingan portdan boshqa barcha portlarda kayid etadi (2-a 
rasm). Token Ring texnologiyasida ishlaydigan konsentrator esa xalkali tarmoqdagi 
ma’lum portdan olgan kirish signalini xalkaga ulangan navbatdagi kompyuter 
portida qayd
Konsenratorlar tarmoqning fizik topologiyasini uzgartiradi, lekin uning 
mantiqiy topologiyasini uzgartirmaydi. 
Tarmoqning fizik topologiyasi deganda kabellarning aloxida kismlarini 
boglash konfigurasiyasi tushuniladi. Tarmoqning mantiqiy topologiyasi deganda esa 
tarmoq kompyuterlari orasidagi ma’lumotlar okimining konfigurasiyasi tushuniladi. 
Ko’pgina xollarda tarmoqning fizik va mantiqiy topologiyalari ustma-ust tushadi. 
Misol uchun 3.1 rasmda keltirilgan tarmoq xalkali fizik topologiyalidir. Ushbu 
tarmoq kompyuterlari xalka kabellariga ruxsat olish uchun bir-birlariga maxsus 
kadr, ya’ni markerni uzatadilar. Demak marker fizik xalkada kompyuterlar qaysi 
ketma-ketlikda joylashgan bulsalar, xuddi shu ketma-ketlikda bir kompyuterdan 


ikkinchi kompyuterga uzatiladi (misol uchun markerni A komapyuter V 
kompyuterga, V kompyuter esa markerni S kompyuterga uzatadi v. x. z.). 
3.1-rasm 
namoyish etilgan tarmoq fizik va mantiqiy topologiyalarning ustma-ust 
tushmasligiga yakkol misol bula oladi. Kompyuterlar fizik jixatdan umumiy shinali 
topologiya asosida ulanganlar. Umumiy shinaga ruxsat olish esa Ethernet 
texnologiyasida qo’llaniladigan tasodifiy ruxsat olish algoritmi asosida amalga 
oshirilmaydi, balki xalkadagi kompyuterlarning ketma-ket joylanishi asosida 
marker A kompyuterdan V kompyuterga, V kompyuterdan S kompyuterga v.x.z. 
tartibda uzatiladi. Bu yerda markerni uzatish fizik boglanishni qayd etmasdan, balki 
tarmoq adapterining drayveri amalga oshiradigan mantiqiy konfigurasiya asosida 
uzatiladi. Tarmoq adapteri va uning drayverini xech bir kiyinchiliksiz shunday 
mantiqiy konfigurasiyasini amalga oshirishi mumkinki, unda kompyuterlar V, A, S, 
... kurinishdagi mantiqiy xalkani amalga oshirishi mumkin. Bunda xam tarmoqning 
fizik tuzilishida xech kanday uzgarish yuz bermaydi. 
Tarmoqning fizik va mantiqiy topologiyalarining ustma-ust tushmasligiga 
ikkinchi misol kilib 2-a rasmdagi kurib utilgan tarmoqni keltirish mumkin. Ethernet 
texnologiyasining konsentratori fizikaviy yulduzsimon topologiyani amalga 
oshiradi. Lekin tarmoqning umumiy shinali mantiqiy topologiyasi uzgarmaydi. 
Konsentrator ixtiyoriy portdan olingan ma’lumotni boshqa barcha portlarda qayd 
etadi, xuddi fizikaviy umumiy shinali tarmoqdagidek. Lekin tarmoqka ruxsat 
olishning mantiki, ya’ni, tarmoqka tasodifiy ruxsat olish algoritmi barcha 


komponentalar uchun uzgarmaydi: uzatish muxitining bushligini aniklash, muxitni 
egallash (zaxvat sredы), kolliziy xolatini aniklash va unga ishlanma berish kabilar 
uz urnida koladi. 
Konsentrator yordamida tarmoqni fizikaviy tuzilmalash natijasida tarmoq 
uzellari orasidagi masofani uzaytirish bilan bir katorda, uni ishonchligi xam oshadi. 
Misol uchun, fizikaviy shinali Ethernet tarmogida biror kompyuter nosozligi tufayli 
kabelga uzluksiz ma’lumot uzatishni boshlasa, butun boshli tarmoq ishdan chikadi. 
Bu muammoni xal kilishning yagona yuli, kul yordamida nosoz kompterning 
adapteri kabeldan uzib kuyiladi. Endi Ethernet tarmogi konsentrator yordamida 
kurilsa, konsentrator uzatish tarmogini ko’p vakt egallagan portni uchirib kuyadi. 
Bundan tashkari konsentrator nosoz ishlayotgan uzellarni xam uzib kuyish 
(blokirovka kilib kuyish) imkoniyatiga ega. 
Tarmoqni fizikaviy tuzilmalashning foydali taraflarini kurib chikdik, lekin 
katta va urta xol tarmoqlarda mantiqiy tuzilmalashni tashkil etishni kullamaslikni 
iloji yuk. Masalan, tarmoqning turli segmentlari orasida uzatilayotgan trafikni 
taksimlash muammosini fakat tarmoqni mantiqiy tuzilmalash yuli bilan xal kilinadi. 
Katta tarmoqning xususiyatlaridan biri undagi axborot okimlarining bir jinsli 
bo’lmasligi dadir. Bunday tarmoq ishchi guruxlarga, bo’limlarga, korxona 
filiallariga va ma’muriy tashkilotlarga ajratilgan tarmoq segmentlaridan tashkil 
topadi. Ko’p xollarda eng ko’p ma’lumotlar almashuvi ishchi guruxlarga ajratilgan 
tarmoq segmenti kompyuterlari orasida kuzatiladi. Boshqa tarmoq segmenti 
resurslariga murajaat ko’p bo’lmaydi, (ma’lumki, ilgari mavjud bulgan empirik 
koidaga asosan lokal tarmoq kuyidagi munosabatdagi segmentga ajratilardi: 80 % 
trafik lokal resursga murojaat kiladi; 20 % trafik esa masofadagi resursga murajaat 
kiladi degan koida bugungi kunda uzgargan deb ayta olamiz). Bugungi kunda 
Intranet texnologiyalari keng kullanilib, tarmoqni yuklanganlik xarakteri anchagina 
uzgardi. Ko’pgina korxonalarda korporativ ma’lumotlarni saklash markazlanib, 
ularda saklanilayotgan ma’lumotlardan barcha korxona xizmatchilari aktiv 
foydalanishadi. Mana xuddi shu sharoit ma’lumotlar okimini taksimlanishiga jiddiy 
ta’sir kiladi deb ayta olamiz. Endi tez-tez shunday sharoitlar vujudga keladiki, 
markazlashgan ma’lumotlarga kilinayotgan murojaatlarning jadalligi, “qo’shni” 
kompyuterga bulayotgan murojaat jadalligidan yuqoridir. Shuni xam nazarda tutish 
kerakki, tarmoqni ishlash samaradorligini oshirishda bir jinsli bo’lmagan 
ma’lumotlar okimini (ichki va tashki trafiklarni taksimlanish proporsiyasini) 
inobatga olish shart bo’ladi. 
Tipik topologiyali (shinali, xalkali, yulduzli) tarmoqda barcha fizik 
segmentlar bitta taksimlanuvchi muxit sifatida karaladi, katta tarmoqda esa 
ma’lumotlar okimining tuzilmasi taksimlanuvchi muxit bilan adekvat bulmay 
koladi. Masalan, umumiy shinali tarmoqda ikki kompyuterning uzaro munosabati 


ularning ma’lumotlar almashuv vaktlari davomida shinani butunlay egallab oladi. 
Shuning uchun bunday tarmoqlarda kompyuterlar sonini ko’paytirishda shina 
muammosi asosiy bo’ladi. Bir bo’limdagi ikki kompyuter uzaro ma’lumot 
almashgan vaktda boshqa bo’limdagi kompterlar uzaro ma’lumot almashuvini 
amalga oshirolmaydilar. Bu xol ikki bo’lim orasida ma’lumot almashuvi ancha kam 
va ular orasida utkazuvchanlik kam bulganda yuz beradi. 
Ushbu xol 3.2-rasmda ifodalangan. Bu tarmoq konsentratorlar yordamida 
kurilgan. 
3.2-rasm. Tarmoqning mantiqiy tuzilmasi bilan ma’lumotlar oqimi 
tuzilmasidagi tafavutlar. 
Aytaylik A kompyuter V kompyuter bilan bir segmentda bo’lib unga 
ma’lumot uzatsin. Ushbu tarmoq tuzilmaning tarmoqlanishiga karamasdan, 
kosentrator xar kanday kadrni barcha segmentlarga uzatadi. Shuning uchun A 
kompyuter uzatgan kadr, konsentratorning mantiqiy ishlashiga asosan V kompyuter 
bilan bir katorda aloxida tarmoq segmentlaridan foydalanuvchi 2 - va 3-bo’limlarga 
xam uzatiladi. V kompyuter uziga adreslangan kadrni kabul kilib olmagunga kadar 
shu tarmoqdagi biror kompyuter uz ma’lumotini uzata olmaydi. 
Vujudga kelgan sharoitga sabab ushbu tarmoqning mantiqiy tuzilmasi bir 
jinsliligicha kolganligidadir, ya’ni u bo’lim ichida trafik jadalligi oshganini inobatga 
olmaydi va xar bir kompyuterlar juftiga ma’lumotlar almashuvida bir xil imkoniyat 
beradi. 
Vujudga kelgan muammoni xal kilish uchun yagona bir jinsli taksimlanuvchi 
muxit fikridan kaytish lozim bo’ladi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda, 1-
bo’limdagi kompyuterlar kadrlarini o’z segmentlaridan tashqariga uzatishlari 
mumkin bo’ladi, agar shu kadrlar boshqa segentda joylashgan kompyuterga 


adreslangan bulsa. Boshqa cha kilib aytganda xar bir bo’limning tarmoq segmentiga 
tashki segmenlardan kadr kelishi mumkin, agar u shu segmentdagi uzelga 
adreslangan bulsa. Tarmoq ishini bunday tashkil qilinishi, tarmoq unumdorligini 
oshiradi, chunki bir bo’limdagi kompyuterlar ma’lumot almashayotganlarida, 
ikkinchi bo’lim kompyuterlari 1-bo’limdagi almashuv tugashini kutmasdan uzaro 
ma’lumot almashishlari mumkin. 
Masalani bunday yechimida yaxlit tarmoqda umumiy taksimlanish muxitidan 
voz kechiladi, lekin aloxida tarmoq segmenlarida u saklab kolinadi. Bo’limlar 
orasidagi aloqa liniyalarining utkazuvchanligi, bo’limlar ichidagi muxitning 
utkazuvchanligi bilan bir xil bo’lishi mumkin emas. Agar bo’limlar orasidagi trafik 
bo’limlar ichidagi trafikning 20 % ni tashkil kilsa (yuqorida qayd etilganidek bu 
qiymat boshqa bo’lishi xam mumkin), unda bo’limlarni birlashtiruvchi aloqa
liniyalarining va kommunikasion uskunalarning utkazuvchanligi bo’lim tarmogi 
trafigidan anchagina past bo’lishi mumkin. 
Tarmoq segmenti kompyuterlari uchun taqsimlangan trafik, shu segment 
ichida lokalizasiyalangan bo’ladi. 
Ma’lumki tarmoqni mantiqiy tuzilmasini tashkil qilishda kommunikasion 
qurilmalar sifatida mostlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar va shlyuzlardan 
foydalaniladi. 
Most tarmoqni taksimlangan uzatuvchi muxitini mantiqiy segmentlarga, 
ya’ni bulaklarga bo’ladi. Most ma’lumotni bir segmentdan ikkinchisiga uzatadigan 
bulsa, unda fakat ma’lumot uzatuvchi kompyuter albatta birinchi segmentda bo’lishi
kerak. Ma’lumot kabul kiluvchi kompyuterning adresi esa albatta ikkinchi 
segmentda bo’lishi kerak. Shunday kilib most bir segment trafigini ikkinchi 
segment trafigidan ajratib, tarmoqning ma’lumotlar uzatish unumdorligini oshiradi. 
Trafikni lokallashtirish fakatgina tarmoqni utkazuvchanligini iktisod kilib 
kolmasdan, 
yana 
ma’lumotlarga sanksiyalanmagan murojaat extimolini 
kamaytiradi, chunki kadrlar uz segmentlaridan tashkariga chiqmaydi. Markaziy 
konsentratorni mostga almashtirish yuli bilan xosil kilingan. Unda 1- va 2- bo’lim 
tarmoqlari aloxida mantiqiy segmentlardan iborat, 3-bo’lim tarmogi esa ikkita 
mantiqiy segmentlardan iborat. X,ar bir mantiqiy segment konsentrator asosida 
kurilgan bo’lib, oddiy fizik tuzilmaga ega. Tuzilmadagi kompyuterlar kabellar 
yordamida konsentrator portlari bilan boglangan. 


3.3 -rasm. Most tarmoqlarining segmentlarga bo’linishi 
Most tarmoqni segmentlarga bo’lishni ancha sodda kurinishda amalga 
oshirilganda qo’llaniladi. U xar bir kompyuterdan ma’lumotlar kaysi port orkali 
tushganini eslab koladi, sung esa shu kompyuterga junatilgan ma’lumotni shu 
portga uzatadi. Most uchun mantiqiy segmentlar orasidagi anik topologiya mavjud 
emas. Bundan tashkari most kullanilgan tarmoqlarda yopik kontrlar bo’lmasligi 
kerak. Mostning xuddi shu xususiyatlari uni keng kullanishiga tuskinlik kiladi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish