Braziliya
27,3
27,2
48,3
44,5
Chili
35,1
27,1
31,0
28,9
Meksika
37,4
35,8
56,9
40,4
Peru
46,9
40,5
56,3
55,8
Venesuela
32,1
20,8
38,9
31,5
Jami Lotin
Amerikasi
30,8
30,3
46,5
42,2
Rivojlangan mamlakatlarda «norasmiylik».
K.Xartning
kashfiyotlaridan so‘ng norasmiy iqtisodiy faoliyat faqatgina
kamtaraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud emasligi aniqlandi. 1970-
yillarda
no
rasmiy
iqtisodiy
faoliyat
g‘arbning
rivojlangan
mamlakatlarida ham aniqlandi.
120
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda “xufyona iqtisodiyot”
mavjudligini amerikalik iqtisodchi P.Gutmann kashf etgan. 1977
yilda u maqola chop etib, unda bu hisobga olinmaydigan faoliyat keng
tarqalib ketib, uni endi e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlagan
edi
121
. 1979 yilda amerikalik iqtisodchi Edgar Fayg tomonidan e’lon
qilgan maqola mojarolarni keltirib chiqardi: professor AQShda
“boshqarilmaydigan iqtisodiyot” (irregular economy) rasmiy
YaMMning uchdan birini qamrab olganligini hisoblab chiqdi, bu
ko‘rsatkich “uchinchi dunyo” mamlakatlari
norasmiy sektorining
hajmi bilan deyarli tengdir
122
. E.Faygning hamkasabalari bir ovozdan
uni ko‘rsatkichlarni bir necha baravar ko‘tarib yuborganlikda
ayblashdi (balkim, muallif ataylab maqolani ko‘pirtirib yozgandir).
120
Ta’kidlash kerakki, g‘arbda yashirin bozorni (black market) 1940-1950 yillardan
boshlab o‘rganilgan, bunda ikkinchi jahon urushi davrida asosiy iste’mol
tovarlariga
bo‘lgan narxlarni tartibga solish tajribasi oqibatlaridan foydalanilgan. Aynan o‘sha
davrda yashirin bozorning chetga og‘uvchi talab va taklif egri chiziqlariga ega klassik
modeli (Bouldyng modeli) ishlab chiqilgan edi. Ammo bu tadqiqotlar “aql o‘yini”
akademik xarakteriga ega bo‘lib, katta e’tiborni jalb etmas edi,
chunki harbiy tartibni
yo‘q bo‘lishi bilan ushbu tadqiqot ob’ekti yo‘q bo‘lib ketadi deb hisoblanar edi. Qarang:
Butterworth J.
The Theory of Price Control and Black Market. Aldershot etc., Avebury,
1994. P. 26-35.
121
Qarang:
Gutmann P.
The Subterranean Economy // Financial Analysis Journal.
1977. Vol. 33.
122
Qarang:
Feige E. L., Feige E.
How big is the irregular economy? // Challenge.
1979. Vol. 6. No. 22. P. 5-13.
Masalan, P.Gutmann 1978 yilda AQSh norasmiy iqtisodiyoti hajmini
rasmiy YaMMga nisbatan taxminan 10% deb baholagan edi
123
,
V.Tanzi esa bu ko‘rsatkichni 4,4%
deb qayd qilgan edi
124
.
Mutaxassislar ushbu hodisani miqyosi haqida munozaralarni davom
ettirishi bilan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ushbu
sektoriga muntazam ravishda e’tibor qaratila boshlandi. Keyinchalik
norasmiy iqtisodiy faoliyatning maxsus
tadqiqotlari faqatgina
AQShda emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ham olib
borilish boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: