10.4.1-rasm. Dunyoda terroristik aktlardan halok bo‘lganlar soni 200 (2006-2018 yy.) Yu.V. Latov terrorchi mansabining matematik modelini taklif
qildi. U quyidagi shaklga ega:
S = Villeg - Vleg
bu yerda
S - terrorchining sof foydasi;
Willeg - terrorchining
noqonuniy faoliyatdan olgan daromadlari;
Vleg - terrorchining
qonuniy faoliyatdan yo‘qotgan foydasi;
p - ehtimollik;
D - jazoni
baholash.
E. Chernixning so‘zlariga ko‘ra, terrorizm urushida boylar katta
rol o‘ynaydi. Kambag‘allar - boylarning uydirmasi, ularning
ziddiyatlari uchun ommaviy axborot vositasi. Jamiyatning o‘rta va
boy qatlamlarining mulkiy taqdiri o‘zining ekstremal ko‘rinishlarida
terrorizm urushidan ijtimoiy tuzilmada ma’lum bir o‘rinni egallash
uchun foydalanishga olib keladi. Bu yerda hatto o‘lim ham o‘z joniga
qasd qilgan kishining ijtimoiy maqomining tasdiqlanishidir.
200
https://www.statista.com/statistics/202871/number-of-fatalities-by-terrorist-
attacks-worldwide/
20 487
22 719
15 70815 310
13 18612 533
11 098
18 066
32 763
29 424
25 722
18 753
32 836
0
5 000
10 000
15 000
20 000
25 000
30 000
35 000
2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018
BMT Bosh assambleyasi "Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Global terrorizmga qarshi strategiyasini qayta ko‘rib chiqish"
rezolyutsiyasini
qabul
qildi,
bu
uning
global
aksilterror
strategiyasining to‘rt tarkibiy qismiga sodiqligini tasdiqlaydi:
1) terrorizmning tarqalishiga olib keladigan shart-sharoitlarga
barham berish;
2) terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish;
3) terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun
davlatlarning imkoniyatlarini kuchaytirish va bu borada Birlashgan
Millatlar Tashkiloti tizimining rolini kuchaytirish.
4) terrorizmga qarshi kurashning asosi sifatida inson huquqlari va
qonun ustuvorligini hurmat qilish hisoblanadi.
Terrorizm natijasida har yili ko‘plab odamlar halok bo‘ladilar.
Iqtisodiyot va tinchlik institutining Global terrorchilik indeksiga
ko‘ra, global terrorchilik 2018 yilda kamroq odamning hayotiga nuqta
qo‘ydi, biroq uning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri keng qamrovli bo‘ldi.
Terrorizm qurbonlarining umumiy soni ketma-ket to‘rt yil davomida
15.2 %dan kamayib 2018 yilda 15 912 kishini tashkil etdi - bu o‘tgan
yillar ichidagi eng yuqori ko‘rsatgich bo‘lgan 2014 yildan 53% ga
kamroq degani.
Raqamlarning kamayishida Yaqin Sharqdagi urushlarda
qozonilgan g‘alaba hamda mintaqadagi harbiy harakatlarning imkon
qadar kamaytirilishi muhim rol o‘ynadi. Shunga qaramay, hisobotda
aytilishicha, dunyo bo‘ylab terrorizm xavfi oldi olinishi va unga
qarshi kurash uchun sarflanayotgan pul miqdori ortib borgan: hisob-
kitoblar 2018 yilda terrorchilik jahon iqtisodiyotiga $34 mlrdga
“tushganini” ko‘rsatmoqda.
So‘nggi 20 yil ichida, shubhasiz, G‘arb tashqi siyosati va
G‘arbning aralashuvi dunyoning turli mintaqalarida terrorizm
darajasiga ta’sir ko‘rsatdi"-, deydi Iqtisodiyot va tinchlik institutining
Yaqin Sharq va Yevropa bo‘yicha direktori Serj Strubens.