Xalqaro terrorizm
- bir davlat hududi doirasidan tashqariga
chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok bo‘lishiga olib
keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik
faoliyatini buzuvchi, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni,
shuningdek, davlatlar o‘rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga
oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli
harakat va qilmishlar yig‘indisi. Xalqaro terrorizm XX-asrning 60-
70-yillariga kelib o‘zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli
davlatlardagi jinoyatchilar, o‘z davlatiga nisbatan ekstremistik
ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada
qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko‘rsata
boshladi.
Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro
miqyosda obro‘ga ega bo‘lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd
uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini
ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport
vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shug‘ullana
boshladilar. 80-yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus
oldi. Begunoh, tinch aholi o‘rtasida ko‘pdan-ko‘p qurbonlar bo‘lishi,
xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini
qatgiq tashvishlantirib qo‘ydi. 1978 y. kuchli "ettilik" davlatlari
rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro
terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro
terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash
masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy
mavzui bo‘lib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib,
baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy
ekstremistik ruhsagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog‘
savdosidan foyda ko‘ruvchi jinoiy to‘dalar, yollanib xizmat
qiluvchilar paydo bo‘ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm
markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar
ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni
davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo‘yishga hamda hokimiyatga
qarshi muholifatni shakllantirishga harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining dastlabki
yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday
ko‘rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi ko‘plab xalqaro bitimlarning, chunonchi, Xalqaro
terrorizm ko‘rinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning,
jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga
qarshi kurash to‘g‘risidagi 1970 y.gi Gaaga konvensiyasining, Fuqaro
aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof
harakatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1971 y.gi Monreal
konvensiyasining, Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar,
jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va
jazolash to‘g‘risidagi 1973 y.gi konvensiyaning, terrorizmni
moliyalashtirishga
qarshi
kurash
to‘g‘risidagi va boshqa
konvensiyalarning ishtirokchisi. 2004 y. 1 yanvardan Toshkentda
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning Mintaqaviy aksilterror
tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi faoliyat ko‘rsata boshladi.
O‘zbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risida" maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu
qonunda terrorizm - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa
maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf
tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa ob’ektlarning yo‘q qilinishi
(shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni,
xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar
sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro
munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini,
hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli
mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini
qo‘rqitishga,
ijtimoiy-siyosiy
vaziyatni
beqarorlashtirishga
qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda
tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy
qilmishlar
deb
ta’riflanadi. Qonunda davlat organlarining
Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka
qarshi operatsiyaning o‘tkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida
yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy
reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. O‘zbekiston
Respublikasining JKga ko‘ra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va
sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita
yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar va resurslar berish yoki
yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan harakat 8 yildan
10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik
harakati odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga
sabab bo‘lsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki
mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi.
G‘arb madaniyatidagi «irhob-terrorizm» tushunchasining
ma’nosi haqida Qohira Dorulfununi o‘qituvchisi doktor Yahyo
Abdulmubdiy shunday deydi: «Irhob» so‘zi ingliz tilida «terror»
so‘ziga «ism» qo‘shimchasini qo‘shish bilan (terrorism) «qo‘rquv»,
«dahshat» ma’nolarini ifodalaydi. Agar «terrorize» fe’li shaklida
iste’mol qilinsa «qo‘rqitdi», «dahshatga soldi» ma’nolarini bildiradi»
«Terrorism» istilohi ilk bor G‘arb madaniyatida jumhuriyatchi
Yakobinchilar davrida, tarixiy Fransiya burjua inqilobi ushbu
inqilobga qarshilik ko‘rsatgan burjua tarafdorlari bilan qirol
tarafdorlari o‘rtasidagi ittifoqqa qarshi qo‘llagan kuch ishlatish
siyosati uchun iste’mol qilingan. «Reign of Terror» deb nomlangan
bu terrorchilik oqibatida 300 000 (uch yuz ming)dan ortiq shubhali
odam qamaldi, 17 000 (o‘n yetti ming) kishi qatl etildi va minglab
begunoh kishilar qamoqxonalarda tergovsiz, mahkamasiz o‘lib ketdi.
Ba’zilar «terrorchilik» istilohi tarixning bundan-da qadimroq
davrlarida ham iste’mol qilinganini taxmin qilishadi. Ularning fikricha,
terrorchilik bashariyat tarixining har bir davrida jahonnning barcha
davlatlarida bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Yunonlik tarixchi Ksenofon
(Xenophon – meloddan avval (m.a.) 430-349 yy.) G‘arb madaniyati
haqida so‘z yuritar ekan, ruhiy ta’sirlarning urushga, terrorchilikning
esa xalqlarga o‘tkazadigan ta’siri haqida to‘xtalib o‘tadi.
Tiberius (Tiberius – 14-37 yy.) va Kaligula (Caligula – 37-41 yy.)
singari ba’zi Rim hukmdorlari o‘z saltanatlariga qarshi bo‘lganlarni
bo‘ysundirish uchun zo‘ravonlik, mol-mulklarni musodara qilish va
o‘lim jazosini qo‘llar edilar. Germaniyada Adolf Gitler tuzgan
fashistlar hukumati, Sovet Ittifoqida Iosif Stalin boshliq
kommunistlar hukumati kabi ba’zi hukumatlar terrorchilikni o‘z
siyosiy rejalarining ajralmas bir bo‘lagi deb hisoblaganlar. Shuning
uchun ham, iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlarni ro‘yobga
chiqarish
uchun
g‘oyaviy-ideologik pardalar ortida davlat
terrorchiligini amalga oshirganlar.
Jahonda yuzlab terrorchilik uyushmalari mavjud. Ular ichida eng
ko‘zga ko‘ringanlari: Germaniyadagi «Bader maynxuf», Italiyadagi
«Qizil gvardiya», Yaponiyadagi «Qizil Armiya», Irlandiyadagi
«Respublikachilar Armiyasi», Perudagi «Nurli tuproq» va Bask
orolidagi «ETA» uyushmasi. «ETA» – g‘arbliklarning aytishicha,
yigirmanchi asr tarixidagi eng mashhur terrorchilik uyushmasi
hisoblanadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari ham qora tanlilarni va
o‘zgacha fikrlovchilarni yo‘q qilish bilan dong taratgan
«Kukluksklan» tashkiloti kabi jahondagi yuzlab terrorchilik
uyushmalariga in bo‘lib kelgan.
Yahudiylar ham tarixdagi ilk terrorchilik uyushmalarining
o‘chog‘i bo‘lib, jahondagi eng mashhur «Hagana», «Argun» va
«Shtern» nomli terrorchilik tashkilotlarini tuzgan xalqdir. Hatto Isroil
davlatining o‘zi – bashariyat uchun benazir terrorchilik timsoliga
aylanib qoldi. Bu haqiqatni ochiq idrok etish uchun Isroil davlati
tashkil topganidan beri qo‘l urgan og‘ir jinoyatlarga bir nazar tashlash
kifoya.
Sotsiolog Aleks Shmidtning terrorchilik tushunchasiga oydinlik
kiritish uchun yuzta mutaxassis va olimga bergan savollariga olgan
javoblar, uning siyosiy terrorchilik haqida yozgan kitobida (1983 yil)
mavjud.
Uning
so‘rovlariga mazkur mutaxassislar bergan
javoblarning mushtarak xulosasi quyidagicha:
– terrorchilik – aniq cheklangan mohiyatga ega bo‘lmagan
tushunchadir;
– bir ta’rifning o‘zi bu istilohning barcha ma’nolarini qamray
olmaydi;
– turli ta’riflar terrorchilikning turli qismlariga mushtarak bo‘lib,
u kimga qaratilgan ekaniga va qurbonlariga qarab belgilanadi.
«Robitatul Olamil Islamiyya» (Islom Olami Ligasi) qoshidagi
Islomiy Fiqh Uyushmasi «terrorchilik»ni: «Terrorchilik – shaxslar
yoki jamoatlar yoxud davlatlar tarafidan insonning dini, qoni, aqli,
moli va nomusiga qarshi ishlatiluvchi zo‘ravonlikdir. Terrorchilik –
qo‘rqitish, ozorlash, tahdid solish, nohaq o‘ldirish va Yer yuzida
buzg‘unchilik yoyishning barcha turlarini o‘z ichiga oladi»- deb
ta’rifladi. Bundan tashqari, g‘arblik mutafakkir olimlar va tashkilotlar
«terrorchilik» haqida o‘nlab ta’riflar aytgan bo‘lib, ularning barchasi
«Siyosiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida qonuniy bo‘lmagan
kuch va tahdidni ishga solish» ta’rifida mushtarakdir. Shunday
olimlardan biri Jonatan Uayt, terrorchilikka oid mavzuga
kirishishishdan avval (1991 yil) uni siyosiy yo‘nalishlar tarafidan
tushunish bilan kifoyalanmasligimiz zarurligini uqtiradi. Chunki
sotsiologiya fani bu mavzuga katta e’tibor bermoqda va terrorchilik
tushunchasining yagona ta’rifi yo‘q ekanini ta’kidlamoqda. Shuning
uchun ham Jonatan Uayt terrorchilikni turli ta’riflarni o‘z ichiga olgan
o‘lchovlar bilan ta’riflash kerak, deb taklif qiladi:
– terrorchilikning oddiy va sodda ta’rifi. Ya’ni, «xavf tug‘dirish
va yo‘nalishni o‘zgartirish maqsadidagi zo‘ravonlik va tahdid»;
– terrorchilik ta’rifi uchun qonuniy qolip-o‘lchov. Ya’ni,
«terrorchilik – qonunni poymol qiladigan va davlat tarafidan
jazolashni taqozo etadigan jinoiy zo‘ravonlik»;
– terrorchilikning tahliliy ta’rifi. Ya’ni, har bir terrorchilik ortida
turgan muayyan ijtimoiy va siyosiy omillar;
– davlatning terrorchilikni himoya qilishi ta’rifi. Ya’ni, ayrim
guruhlarning ayrim davlatlar panohida boshqa davlatlarga hujum
qilish uchun terrorchilik qilishlari;
– davlat terrorchiligi uslubi. Ya’ni, davlat hukumatining o‘z
fuqarolariga nisbatan terrorchilik foliyatida bo‘lishi. (Isroil bunga
yaqqol misol bo‘la oladi).
Xalqaro terrorchilikning yoyilishiga yordamchi bo‘lgan bu
omillardan tashqari, hozirda yangi omillar ham paydo bo‘lganki, ular
terrorchilikning xalqaro xatarlarini yanada oshiradi. Masalan: ko‘plab
davlat va hukumatlarning xalqaro terrorchilik uyushmalari bilan
hamkorlik qilishi, xalqaro terrorchilik uyalari va tizimining saraton
kasalligidek yopirilishi, bu uyushmalarning yangi va rivojlangan
telekommunikatsiya tizimidan ma’lumotlar to‘plash uchun ustalik
bilan foydalanishi hamda taraqqiy topgan ilmiy jihozlar bilan
ta’minlanishi kabi. Bu uyushmalarning barchasi g‘arb terrorchilik
uyushmalari bo‘lib, ularning a’zolari Islom diniga mansub emasdir.
Hozirgi vaqtda terror faqat hokimiyatga taalluqli emas. Bu tinch
aholi orasida, kuch va aholining kayfiyatining nisbiy uyg‘unligi
sharoitida, geosiyosatda keng tarqalgan. Agar XX asr boshlarida.
Terrorizm hukumat va xalq o‘rtasidagi munosabatlar sohasiga tegishli
bo‘lganligi sababli, asrning oxiriga kelib, terrorizm geosiyosat va
jamiyatning turli qatlamlarining normal o‘zaro ta’siriga qarshi kurash
sohasi hisoblanadi.
Terrorizmga iqtisodiy yondoshishning vakili G. Bekker. U
jinoyatchilar psixopatologik tiplar emas va ijtimoiy zulmning
"qurbonlari" emas, balki imkoniyatlar va cheklovlarga oldindan aytib
beriladigan ta’sirchan agentlar degan taxmindan kelib chiqadi. Jinoiy
kasbni tanlash xavf va noaniqlik sharoitida oddiy investitsiya qarori
sifatida tushunilishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, jinoyatchilik
darajasi u bilan bog‘liq bo‘lgan foyda va xarajatlarning (pul va pul
bo‘lmagan) nisbati bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, bu qonuniy va
noqonuniy faoliyatdan olinadigan daromadlar farqi, qo‘lga olinishi va
sudlanganlik ehtimoli, jazoning og‘irligi va boshqalar bilan
belgilanadi. shuning uchun, masalan, retsidivizmning yuqori foizi
ajablanarli bo‘lmasligi kerak, chunki kutilgan "vaqt" davomiyligi
jinoyatchilar tomonidan oldindan kasb tanlashda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |