10.1.2-jadval.
Jahon xo‘jaligi institutlarining “egizaklari”
191
Qonuniy jahon xo‘jaligi
institutlari
Jinoiy jahon xo‘jaligi
institutlari
jahon xo‘jaligining asosiy
sub’ekti bo‘lib transmilliy
korporatsiyalar va mamlakat
hukumatlari hisoblanadi
asosiy sub’ekt kelib chiqishi
milliy, lekin faoliyat miqyosi
bo‘yicha transmilliy xalqaro
jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi,
kolumbiya narkokartellari, xitoy
triadalari va boshq.) hisoblanadi
internatsiyalashuv
hududiy
bloklarni (G‘arbiy Yevropada
YeI,
Shimoliy
Amerikada
milliy
jinoiy
guruhlarni
kooperatsiyasi natijasi Janubi-
Sharqiy
Osiyodagi
“Oltin
189
kokain - koka bargidan olinadigan, og‘riqni qoldiradigan modda, alkoloid
190
geroin - kuchli narkotik modda, dori
191
Mualliflar tomonidan tuzilgan.
NAFTA) shakllanishiga olib keldi uchburchak”
yoki
Lotin
Amerikasidagi
“And
uchburchagi” kabi uyushmalar
vujudga keladi
Transmilliy jinoiy faoliyatni ikki blokka ajratish mumkin. “Boy
Shimol” (rivojlangan mamlakatlar) va “kambag‘al Janub”
(rivojlanayotgan mamlakatlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta
ahamiyatga egadir. Ammo shunday transmilliy jinoiy faoliyatlar
mavjudki, ular asosan faqatgina rivojlangan mamlakatlar bilan
bog‘liqdir.
10.2. Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy
global muammolar
Xalqaro jinoiy faoliyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
dunyoni “boy Shimol” va “kambag‘al Janub”ga bo‘linishining
qo‘shimcha oqibatidir. Bir tomondan G‘arbning rivojlangan
mamlakatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya)ning
yetarli darajada boy aholisi “to‘qlikka – sho‘xlik” qilib, odob-ahloqqa
to‘g‘ri kelmasa ham, eng nozik iste’mol ehtiyojlarini qondirishadi.
Xippi va san’at ahli uchun narkotiklarga, burjua oliftalari uchun
san’at buyumlariga, farzandsiz oilalar uchun yosh bolalarga talab shu
mamlakatlardan chetdagi kapitalizmning jinoiy guruhlari tomonidan
qondirilib kelinmoqda. Ikkinchi tomondan, chet (pereferiya)dagi
kapitalizm
mamlakatlari
g‘arb sivilizatsiyasining ko‘pgina
mahsulotlariga (nufuzli iste’mol tovarlari, zamonaviy qurollar)
ehtiyoj sezadilar, lekin ularni qonuniy bozorlarda sotib olish uchun
yetarli mablag‘ga ega emaslar. Ushbu tovarlarni endi rivojlangan
mamlakatlardagi jinoiy tashkilotlar taklif etadilar.
Natijada rasmiy jahon bozoriga parallel ravishda, asosan chet
(pereferiya)dagi kapitalizm mamlakatlari tomonidan nazorat
qilinadigan, noqonuniy jahon bozori shakllanib boradi. Noqonuniy
jahon bozoriga taqiqlangan tovarlar (narkotiklar, qurol-yarog‘)
kontrabandasi, va umuman qonuniy (olmos, sigareta, avtomobil),
hamda qalbaki tovarlarning qonuniy savdosi va noqonuniy migratsiya
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |