109
- Tadbirkorlikning ayrim shakllarini tutgan o’rni va ahamiyatini aniqlashning
mushkulligi;
- Tadbirkorlik sub’ektlarining turlari, miqdorini, respublika iqtisodiyotidagi
salmog’ini aniq hisobotini yo’qligi; ular haqidagi axborotlarni nomutanosibligi
iqtisodiyotni to’g’ri baholash imkoniyatini yo’qotadi;
- Respublikada hozir xususiy korxonalarni yaratishdan ko’ra
ularni tugatilishining
ko’pligi va mushkulligi;
- Iqtisodiyotni tadbirkorlik sektorida investitsiyalar jarayoni to’liq amalga
oshirishga imkon bermayotgan muammolar orasida – reklama, axborotlar bilan
ta’minlashning etishmasligini ko’rsatish zarur (j. «Bozor, pul va kredit» fevral
2000 y.).
- Tashqi bozorga chiqimning murakkabligi.
- Investitsiya loyixalarini tayyorlash qiymatini yuqoriligi
va boshqa yana bir
qancha muammolar mavjud.
110
6.8. O’zbekistonda Kichik va o’rta tadbirkorlik uchun kasbiy ta’lim tizimini
rivojlantirish muammolari.
- Ko’pgina tadbirkorlar etarli darajada va bilimga ega bo’lmaganlari uchun o’z
mehnatlarini samarali tashkil eta olmayotirlar.
«TASIS» Dasturi doirasida Evropa ittfoqi tashabbusi bilan 1995 y. boshida Kichik va
o’rta biznes uchun kadrlarni tayyorlash va malakasini oshiradigan «Bozor
ko’rikmalarini rivojlantirish Markazi» tashkil etilgan va 1998-2002 yillarda
tanlashib bo’lgan7
- Bu tizim 300 xil ta’lim turi va markazlarni o’z ichiga oladi. Ular qatorida
tadbirkorlar Palatasi Qoshidagi Respubliak biznes maktabi
va uni viloyatlardagi
filiallari, biznes inkutatorlar shoxobchalari, kichik va o’rta tadbirkorlikni axborot
va maslaxat berish ishlari bilan qo’llab-quvvatlovchi 205 markazlar, «Biznes-
fond»ning axborot-konsalting Markazlarini o’z ichiga oladigan maxsus
tashkilotlar. Biznesni rivojiga ko’maklashuvchi Markaz; Bozor,
qimmatbaho
qog’ozlar va ishiga o’xshashlar sohasida mutaxassislar tayyorlovchi Milliy
Markazlarni o’z ichiga oladi.
- Bunday markazlar hisobiga har yili 32 ming kishi o’z bilim va tajribalarini
oshirishlari mumkin.
- Mehnat va ijtimoiy himoyalash Vazirligi, tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar Palatasi hamda Bozor ko’nikmalarini
rivojlantirish Markazlari
o’rtasidagi o’zaro shartnoma doirasida 1999-2002 yillarda o’z biznesini ochmoqchi
bo’lgan 2 ming ishsiz bo’lganlar o’qitib chiqarildi. Ishlardan 70 % o’z ishlarini
boshlab yubordilar va bozor tizimida ishga joylashib ketdilar.
- Trener-o’qituvchilarni tayyorlovchi maxsus kurslarni muttasil ishlab turishiga
qaramay yuqorida ko’rsatilgan o’qitish tizimlarida maxoratini,
bilimini pedogog
kadrlarni etishmasligi muammolardan biridir.
- 2002 yilda o’qituv kompleksi tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar TASIS,
YuSAID, Evropa ta’lim fondi mablag’lari hisobiga 1400 kishi ta’lim olib chiqdi.
111
- Yana muhim muammolardan biri tadbirkor kadrlar tayyorlash va malaka oshirish
tizimiga maxsus o’quv adabiyotlarini etishmasligi, ularning moddiy bazasini talab
darajasida emasligi «Biznes-fond», RTP-ning biznes maktabi filiallarida.
- Biznes-maktablari, tadbirkorlarni tayyorlash va
malakasini oshirish bilan
shug’ullanuvchi ta’lim muassasalarini huquqiy asoslarini yo’qligi. Qabul qilingan
ayrim qonuniy va me’yoriy hujjatlar xali ishlayotgan yo’q. masalan, «Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunning 37-moddasida ko’rsatilgan ishlarni amalga oshirish uchun bironta ham
me’yoriy-huquqiy hujjat yo’q. kadrlarni o’qitish bilan bog’liq bir qancha Hukumat
Qarorlari bajarilmay qolmoqda. Masalan, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 28 yanvar 1998 yildagi 48-sonli «Kadrlar tayyorlash sohasida
ta’lim xizmati va marketing bozorini shakllantirishni jadallashtirish choralari
to’g’risida»gi qarori.
- O’quv jarayonini tashkil etish va o’qitish sifati monitoringini amalga oshirish
Kichik va o’rta biznes korxonalari uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish
uchun davlat talablarini yo’qligi.