100.Bimetallizm, monometallizm pul tizimlarining mazmun
mohiyati
Bimetallizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall
(ko’pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala
metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va
ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. Parallel valyuta
tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor bahosiga
munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar
orasidagi mutanosiblikni o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush
tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul
qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki
kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo`lib
xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari
qimmatbaxo metallar almashiniladi. Kumush monometalizmi
Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-1875 yy. da
mavjud bulgan.
101.Natural pullarning paydo bo'lishi va ulardan
foydalanish tarihi
Natural pullar. Jamiyatning dastlabki davrlarida tolov vositasi
sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural koVinishida
bolgan. Natural pullar - bu real ko'rinishga ega bolgan
tovarlardir, ushbu pullaming qiymati tovaming o‘zida aks
ettirilgan bolib, ulaming sotib olish qobiliyati tovarlar qiymati
bilan ifodalangan. Malum bir tovaming pul o'mida
foydalanishda uning iste’mol qiymati muhim ahamiyat kasb
etgan. Natural shakldagi pullami uchta guruhga ajratgan holda
tasniflash mumkin:
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va
ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo*y, buqa,
jun, suyak va boshqalar.
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali
qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat
qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va
metallar, tuz va boshqalar.
3. O'simlik shaklida. Bulaming tarkibiga turli o'simliklar va
ulaming mevalari kiradi. Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va
boshqalar. Natural pullaming paydo bolishi va ulardan
foydalanish tarixi juda chuqur va qiziqarlidir. Odamlar dastlab
yowoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o'rtada
bolgan, birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik bir urug‘ga
mansub kishilar qabila-qabila bolib yashay boshlagan. Qabila
ichida odamlar bir-biriga yordam berishi, oziq-ovqatlami
baham ko'rishi kerak bolgan. Bu beg'araz tartibda amalga
oshirilib, buning o'miga ular bir-biridan hech narsa umid
qilmagan, hamma narsa o'rtada bolgan. Keyinchalik ibtidoiy
urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari
vujudga kelgan. Vaqti- vaqti bilan ular o'rtasida dahshatli qonli
to'qnashuvlar bolib turgan. Ushbu to‘qnashuvlar natijasida bir
qabila ikkinchisi ustidan g‘alaba qozongandan key in, ulaming
barcha narsalarini talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar
tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, asosan
iste’mol qilinadigan narsalami bergan. Aynan shu jarayon ham
kishilar o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini
vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Tosh
asri davrida kishilar yerlami o'zlashtirib ekin eka boshlagan,
keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan.
Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yola iste’mol qilingan
bolsa, endi malum miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira
qilindimi, u yerda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar
esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf
qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana
boshlagan. Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga
kelgan, bulaming barchasi kishilar oYtasidagi bir tomonlama
ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini
keltirib chiqargan. Odamlar o'rtasida dastlab ayirboshlash
vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat qurollari
hisoblanadi, 1- rasmga qarang. Mehnat qurollariga dehqonda,
chorvadorda yoki hunarmandda juda katta ehtiyoj mavjud bolib,
ular o‘z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga
ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar-
pullar hisoblanadi. Masalan, tosh asrida Yevropada eng ko‘p
tarqalgan ayirboshlash vositasi kremnivie boltalar hisoblangan.
Manbalarga ko‘ra ular juda yirik bolib, ayrimlarini og'irligi 40
kgni tashkil etgan. Yevropada kremnivie boltalar juda keng
tarqalgan bolib, unga ega bolgan kishilar juda boy va mavqei
yuqori hisoblangan28. Agar Yevropada bolta juda keng
tarqalgan tolov vositasi hisoblansa, Rossiyada iste’mol mollari
ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan. Masalan,
iste’mol tovarlari ichida buqalar asosiy tolov vositasi sifatida
tan olingan. Barcha narsaning qiymati, hatto yerlar ham
buqalar bilan olchangan. Manbalarga ko‘ra, Xitoyning Xuanxe
provinsiyasida odamlar chorvachilik bilan shug'ullangani bois,
bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida buqalar,
mayda tolov vositasi sifatida qo'ylar xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |