O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika fakulteti Fizika yo’nalishi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.03.2022
Hajmi0,7 Mb.
#485032
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi 02072 Bekjon Jurayev

PV = υRT ( 6 ) | m = μυ ( 7 )
( 8 )
R = kN
A
( 9 ) 
Formulani yana boshqa ko'rinishlarga o'zgartirish 
mumkun :
Klapеyron-Mеndеlееv qonunining holat tеnglamasi, gaz
holatini aniqlovchi bеshta - P , V , T , m , µ fizik
kattaliklarni o’zaro bog’laydi va ulardan to’rttasi
bеrilgan bo’lsa, bеshinchisini aniqlashga imkon bеradi 
Avogadro qonuni – teng hajmli ideal gazlarda bir xil bosim 


va bir xil temperaturada zarralar (atomlar, molekulalar) 
soni bir xil boʻladi. Avogadro qonuni ga koʻra nore-al 
sharoitda (1,01105 Pa, 0°C) istagan ideal gazning 
gramm-moleku-lasi bir xil hajmni egallaydi. A. Avogadro 
1811-yilda kashf qilgan 
Dalton qonuni: ideal gazlar aralashmasining bosimi unga 
kiritilgan gazlarning qisman bosimlari yig'indisiga teng, 
ya'ni. qayerda - qisman bosim - agar ularning har biri bir 
xil haroratdagi aralashmaning hajmiga teng hajmni 
egallagan bo'lsa, aralashmaning tarkibiy qismlari 
ko'rsatadigan bosim.
Dalton qonuni Dalton qonuni : Balondagi bir nechta 
gazlarning umumiy bosimi ularning alohida bosimlari
yig'indisiga teng : P = P
1
 + P
2
 + P
3
 + ... + P
n
Gaz Qonunlari ( Izotermik , Izobarik va Izoxorik 
jarayonlar )
Izojarayonlar. Gazning makroskopik parametrlari 


o`zgarayotgan paytda m= const holida bitta parametrning 
o`zgarmasidan kechadigan jarayonlar izojarayonlar 
deyiladi. 
Berilgan ideal gazning massasi va temperaturasi
o’zgarmas bo’lganda gaz holatining o’zgarish jarayoni 
izotermik jarayon deyiladi. Muayyan massali (m=const)
gazning bosimi o’zgarmas bulganda (P=const) sodir
bo’ladigan jarayon izobarik jarayon deyiladi. Gaz bir 
holatdan ikkinchi holatga o’tishi o’zgarmas hajmda
sodir bo’lsa, bunday jarayon izoxorik jarayon deyiladi. 
Boyl-Marriot qonuni
Boyl-mariott qonuni — gaz bosimi bilan hajmi orasidagi 
bogʻlanishni ifodalaydigan qonun; ideal gazning muayyan 
massasi uchun oʻzgarmas trada gaz bosimining u egallagan 
hajmga koʻpaytmasi oʻzgarmasligini ifodalaydi. B. — 
Boyl-mariott qonuni ideal gazlarga tatbiq qilinadi, real 
gazlar bu qonunga qisman boʻysunadi. Biroq uy 
temperaturasi va normal bosimga yaqin sharoitda 
koʻpchilik gazlar B. — Boyl-mariott qonuni ga boʻysunadi, 
yuqori bosimda esa bu qonundan chetga chiqadi. B. — 
Boyl-mariott qonuni ni 1662-yilda R. Boyya va undan 
mustaqil ravishda 1676-yilda E. Mariott topgan.
Boyl-Marriot qonuniga izoh : bu Izotermik jaroyon bo'lib 
Tempratura o'zgarmas bo'lganda Bosim va hajmning 
chiziqli o'zgarishi nazarda tutiladi.
T = const | PV = const | P
1
V
1
 = P
2
V
2
Izotermik jarayon (izo... va yun. therme — issiqlik) — 
oʻzgarmas tempraturada fizik sistemada roʻy beradigan 
fizik yoki kimyoviy jarayon. Massasi oʻzgarmas bosimda 
suyuqlikning qaynashi, kattik, jismning erishi va b. Qaytar 
va kaytmas Iztermik jarayonlar bor Izotermik jarayonda 
ideal gaz bosimi bilan hajmi oʻzaro teskari proporsional 
holda oʻzgaradi. Izotermik jarayonda issiqlik 


mashinalarida ham roʻy beradi. Uning grafigi izoterma 
deyiladi. Izotermik jarayonda tarkibiy qism sifatida Karno 
sikli kiradi.
Grafikdagi Izotermik jarayon chiziqlari izotermalar 
deyiladi 
Geey-Lyussak qonuni 
Agar biron m massali gazning bosimi o'zgarmas bo'lsa gaz 
hajmining tempraturaga nisbati o'zgarmas bo'ladi 
Geey-Lyussak qonuniga izoh : bu Izobarik jaroyon bo'lib 
bosim o'zgarmas bo'lganda tempratura va hajmga chiziqli 
o'zgarishi nazarda tutiladi.
GEY-LYUSSAK QONUNLARI — 1) gazlarning issiqlikdan 
kengayish qonuni: asosiy gaz qonunlaridan biri; unga 
koʻra oʻzgarmas bosimda gaz massasining hajmi t-ra 
oʻzgarishi bilan chiziqli oʻzgara bo-radi. 1802-y. da J. L. 
Gey-Lyussak aniqlagan;
2) hajmiy nisbatlar qonuni: t-ra va bosim bir xil boʻlganda 
kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan gazlarning hajmi 
bir-biriga nisbatan ham va bu reaksiyada hosil boʻlgan 


gazsimon moddaning hajmiga nisbatan ham oddiy 
nisbatda boʻladi ( Faqdt ideal gazlar uchungina toʻgʻri. J. L. 
Gey-Lyussak 1808-y. da aniqlagan. Bu qonun Avogadro 
konunityug ochilishida katta rol oʻynagan.
Grafikdagi Izobarik jarayon chiziqlari izobaralar deyiladi
Sharl Qonuni 
Agar biron m massali gazning hajmi o'zgarmas bo'lganda 
uning bosimi va temperaturasi nisbati o'zgarmas bo'ladi
Sharl qonuniga izoh : bu Izobarik jaroyon bo'lib hajmda 
o'zgarmas bo'lganda bosimning va temperaturaga chiziqli 
o'zgarishi nazarda tutiladi.
Grafikdagi Izoxorik jarayon chiziqlari izoxoralar deyiladi


IZOJARAYONLAR 



4. Ideal Gaz qonunlarini o’qitishda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalardan 
foydalanishning ahamiyati 
Darsda faqat bo’r va latta ishlatiladigan vaqti o’tdi.
O’quvchilarni samarali o’qitish uchun komp’yuterlar,
proyektorlar va AKT dasturlari bilan jihozlangan
auditoriyalardan foydalanishlari kerak. AKT kundalik
hayot talabi va j amiyatning globallashuvida muhim
ahamiyat kasb etadi. Agar fizika darsi davomida 3D
ekranda elektromagnetizm mavzusini bosqichma
bosqich tushuntiradigan virtual taqdimot paydo bo’lsa,
bunday taqdimotni o’quvchi hech qachon esdan chiqara
olmaydi va chuqur o’zlashtira oladi. Fizika bu har xil
hodisa va voqealarni atrofdamizdagi olam bilan bog’lab 
ilmiy yondashib diagrammalar va suratlar orqali ko’rib
chiqish bo’lib hisoblanadi. to’g’risida faqat kitobdan
o’qib, aniq tushunchalariga ega bo’la olish oson narsa
emas. Mazmun tushunarli va qiziqarli bo’ladi faqat
amaliy, hayot bilan bog’langan bo’lsa. Boshqa o’quv
fanlarida ifodali va mul’timediyali taqdimotlar bir
birini yaxshi tushunishlikka yordam bersa, ulardan
farqli ravishda, fizika fanida e sa foydalaniladi. AKTdan
asosiy g’oyani ravshanlashtirishda O’quvchilar ushbu
fan haqida nazariyani egallashlaridan ko’ra yangi 
konsepsiya (g’oya) ni tushunishlari lozim.
O’qituvchilarning AKTdan foydalanishi, fizika fani
bo’yicha darslar sam aksariyati arali bo’lishi kerak.
O’qituvchilar turli xil dasturlarni: Ms-Word, Ms-Excel, 
Ms-PowerPoint, Photoshop, Flash, Movie Maker va web 2.0 
dasturlarini ishlatishi mumkin. Ms-Word yordamida 
savolnomalar, matnlar, tasvirlar va boshqa elektron 
hujjatlar tayyorlanishi mumkin. Ms-Excel dasturi 
yordamida grafiklar, diagrammalarni gistogramma va 


sektorli diagramma shaklida diagrammalar orqali 
ma’lumotlarni tasvirlash va taqdimot qilish mumkin. 
Tasvirning sifatini Photoshop dasturida yaxshilash 
mumkin. Taqdimotni PowerPoint dasturida yaratish va 
ular yordamida turli konsepsiyalarni o’rgatish mumkin. 
Ushbu taqdimotlarda Photoshop dasturida tayyorlangan 
tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar 
ishlatilishi mumkin. Bunday vositalarni ishlatish orqali
o’quvchilar konsepsiya (g’oyani) yaxshi o’zlashtirishlari
mumkin. Ushbu vositalar nafaqat o’qitish jarayonini 
qiziqarli qiladi, balki o’quvchilarga davomli ta’sir
ko’rsatadi. O’qituvchilarning e’tiborini olish uchun
fotokameraga olingan video, o’qituvchilarga o’rgatilgan.
Animatsiya va kliplar quyida sanab o’tilgan dasturlarda
tayyorlanga ushbu taqdimotlarda Photoshop dast urida
tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan
animatsiyalar ishlatilishi mumkin. Tasvirning sifatini
Photoshop dasturida yaxshilash mumkin. Taqdimotni 
PowerPoint dasturida yaratish va ular yordamida turli
konsepsiyalarni o’rgatish mumkin, dars jarayonida dars
ishlanmalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Deyarli barcha komp ’ yuterlarda OFFICE dasturlari
o’rnatiladi. Shu dasturlardan elementar foydalanishni
biladigan deyarli barcha o’qituvchilar darslard a o’zlari
tayyorlag an ele k tron ishlanmalardan foydalanishlari
mumkin. 


4. Ideal Gaz qonunlarini o’qitishda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish namunalari
Innovatsion texnologiyalar o’qituvchilarning ta’lim 
berishida kasbiy rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar 
yaratadi: 
1. Ko’p marotaba foydalanishga mo’ljallangan o’quv 
materiallarini yaratish (Vaqtni tejash);
2. Internet orqali o’qituvchilarning o’zaro almashinuvi;
3. O’quvchilarning o’quv materiallari xoxlagan paytda 
murojaat qilishi; 
4. Mazmunni tushunarli qiluvchi mul’timediyali 
materiallarni tayyorlash; 
5. O’quvchilarning davomatini va o’sishini qayd qilish; 
6. Zo’riqishsiz o’quv tizimini ta’minlash.
O’qituvchilar uchun asosiy afzalliklari o’quvchilar ishini 
samarali boshqarish, saqlash va olib borish hamda vaqtni 
tejashdan iborat. Vaqtni tejash mashg’ulotlarga yaxshi 
tayyorlanish imkoniyatini beradi. O’qituvchilar AKT 
resurslaridan foydalangan holda nafaqat o’z bilimlarini 
yangilaydi, balki nazariy bilimlarni ham ortirish 
imkoniyatiga ega. Masalan, fizika darsi davomida 
prezentatsiya (taqdimot) lardan foydalanish mumkin. Har 
bir prezentatsiya bir necha slayddan tashkil topgan bo’lishi 
mumkin. Prezentatsiya-universal, imkoniyatlari keng 
bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga 
kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya 
effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan 
slaydlarni yaratish imkonini beradi. 


Xulosa
Ideal gaz bu Real gazning moduli hisoblanib bunda 
gazlarning o'zaro tasiri tortishish kuchlari hisobga 
olinmaydi. Ideal gazlarni o'rganar ekanmiz bunda gaz 
qonunlari judayam katta ahamiyatga ega bunda 
molekulalar kinetik nazariyaning asosiy tenglamalari , 
Boyl-Marriot qonuni Izotermik jarayonlar , Geey-lyussak 
qonuni Izborik jarayonlar , Sharl qonuni Izohorik 
jarayonlar , Klapeyron tenglamasi va Mendiliyev 
Klapeyron tenglamasi bizga gaz xususiyatlarini 
tushunishda katta rol o'ynaydi.
IDEAL GAZ : Gaz molekulalari orasidagi o'zaro tortishish 
kuchlari e'tiborga olmaslik darajasida kuchsiz va 
molekulalarining xususiy hajmi gaz egallagan hajmdan 
juda kichik bo'lgan gazlar ideal gazlar deyiladi. Demak, 
ideal gaz molekulalarini moddiy nuqta deb faraz qilish 
mumkin.
Nafaqat Ideal gaz qonunlarini bayon qilishda balki 
Molekulalar Fizika fanini tushuntirishda
axborot-kommunikatsion texnologiyalardan 
foydalanishning ahamiyati va o’qitishda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish benihoya o'z ahamiyatiga 
ega va bu fizik hodisalarni tushuntirishda bizga chizib 
tasavvur qilib tushuntirishdan ko'ra ularni vediorolik , 
slayd va foto jarayonlar orqali bayon etishda kattaroq 
natijaga erishish mumkinligi maʼlum yani talabalarning 
o'zlashtirishiga yana yordam beradi va o'rganish 
jarayonida o'z natijasini beradi.


Foydalanilgan Adabiyotlar
1. Jo’rayev M. “Fizika o’qitish metodikasi”
Toshkent:TDPU 2013yil. 
2. Xabibullayev P, Boydadayev A., Bahromov A.,
Yo`ldasheva M, “Fizika” Umumiy o`rta ta’lim
maktablarining 9-sinflari uchun darslik”,
Toshkent-2010-yil 
3. Bahromov A, Yuldasheva M, “Fizika o`qituvchilari
uchun metodik qo`llanma” Toshkent, 2010yil. 
4. G`aniyev A. G, Avliyoqulov A.K, Alimardonova G.A,
“Fizika”1-qism, Akademik litsey va kasb hunar kollejlari
uchun darslik, Toshkent-2008-yil.
5. O`lmasova M.X. “Mexanika va molekulyar fizika”
AL. lar uchun o`quv qo`llanma, professor
Mirzahmedov B.M. tahriri ostida Toshkent: “O`qituvchi” 
2003-yil. 
6. No`manxo`jayev A. Xudayberganov A., Tursunmetov
K., Xusanov A., Suyarov Q, Zoitova B, Xudoyberdiyev L.
“Fizika” 1-qism, AL. va KHKlari uchun o`quv qo`llanma 
sifatida tafsiya etilgan. Toshkent: “O`qituvchi” 2002-yil. 
7. Wikipedia.com sayti maʼlumotlaridan 
8. ZiyoUz.com sayti kutubxonasidan.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish