O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika fakulteti
Fizika yo’nalishi
II – kurs 020-72- guruh talabasi
Jurayev Bekjon
Fizika O'qitish Metodikasi fanidan
Akademik litseylar fizika kursida Ideal gaz qonunlarini bayon qilish uslubi
mavzusidagi
Bajardi: Jurayev B
(imzo)
Qabul qildi: Raxmonova M
imzo
Qarshi 2022
Mavzu : Akademik litseylar fizika kursida Ideal gaz
qonunlarini bayon qilish uslubi
Reja :
I. Kirish
1. Mavzuning dolzarbligi va maqsad va vazifalari
II. Asosiy Qism :
1. Ideal Gaz. Gaz MKN sining asosiy tenglamasi.
2. Ideal Gaz holatining tenglamalari , Gaz Qonunlari (
Izotermik , Izobarik va Izoxorik jarayonlar )
3. Ideal Gaz qonunlarini o’qitishda
axborot-kommunikatsion texnologiyalardan
foydalanishning ahamiyati
4. Ideal Gaz qonunlarini o’qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish namunalari
III. Xulosa
III. Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH
Zamonaviy darsga qo’yiladigan eng muhim talab
innovatsion texnologiyalarni dars jarayoniga olib kirib,
har bir darsdagi mavzuni ilmiy asoslash, o’quvchilar
imkoniyatlarini hisobga olg an holda material hajmini
belgilash hamda uning murakkabligini aniqlash; avvalgi
o’rganilgan materiallar bilan bog’lash; o’quvchilarga
beriladigan topshiriqlar va ularning mustaqil ishlari
tizimini aniqlash; darsning moddiytexnik jihozini
belgilash va shimcha ko’rgazmali qurollar bilan
boyitish; qo’shimcha axborot vositalaridan (komp’yuter)
foydalanish va darsda muammoli vaziyatni vujudga
keltirishdan iboratdir. Akademik litsey va kasb-hunar
kolleji darslariga qo’yiladigan eng muhim talablardan yana
biri Ideal gaz qonunlarini va innovatsion texnologiyalar
bir-biri bilan mustahkam bog’lab olib borishning
samaradorligini oshirishdir.
Barcha didaktik vazifalar (xarita, jadvallar, rasm, ranglar,
matnlar, ko’rg’azmali qurollar) darsning o’zida hal etilishi,
uyga beriladigan vazifalar o’quvchilarning darsda olgan
bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak. O’tilgan har
bir darsning tahlil qilib borilishi ham katta samara beradi.
Bunda darsning tahlil qilinishida ko’zlangan maqsadga
erishildimi, o’quvchilar qanchalik bilim oldilar, qanday
kamchiliklarga yo’l qo’yildi? Bunday tahlil darsning
kelgusida yanada sermazmun tashkil etishga yordam
beradi.
Ta’lim oluvchilarga bilim bеrishda zamonaviy ta’lim
tехnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z borganda
Prеzidеntimiz I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi
axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish,
bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik
ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni
yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini
sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish
diqqatimiz markazida bo’lishi darkor” dеgan so’zlarini
ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili”
Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida
e’tirof etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |