69
MILLIY KURASH BO‘YICHA SPORT
MASHG‘ULOTLARINING ASOSIY USULLARI
Kurashchining sport trenirovkasini jismoniy tarbiya forma-
laridan biri deb qarash kerak. Ularning ko‘p yillik sport treni-
rovkasida quyidagi vazifalar hal etiladi. Sog‘liqni mustahkam-
lash, sportchining mehnat va
Vatan himoyasiga tayyorlash
uchun uni jismoniy jihatdan har tomonlama umumiy va maxsus
rivojlantirish, sport natijalariga erishish va kurashning olimpiyada
turlariga tayyorlash, jamiyat quruvchilarni tarbiyalash.
Yakkama-yakka olishish turlaridagi sport trenirovkasi – bu
shug‘ullanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni kamol top-
tirishning ko‘p yillik, sistemali ixtisoslashtirilgan pedagogik
protsessi bo‘lib, u jismoniy kamolotga
va yuqori sport natijala-
riga erishishga qaratilgandir. Shu boisdan ham biz sport treni-
rovkasiga shug‘ullanuvchilarni tarbiyalash, ta’lim berish va ri-
vojlantirishga qaratilgan pedagogik protsess deb qaraymiz.
Tarbiya oiladan boshlanadi. Tarbiya ongni, xulq-atvorni,
shaxsni har tomonlama rivojlantirishni
biror maqsadga qarab
shakllantirishga qaratilgan protsessdan iborat bo‘ladi. Chunki
oilada beriladigan bu tarbiya jarayonida faqat bilimlar o‘zlash-
tirilib, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinmaydi, o‘zbek kishisining
axloqiy e’tiqodi, his-tuyg‘usi, axloqiy, irodaviy va jismoniy si-
fatlari, xarakter xususiyatlari tarkib toptiriladi.
Ta’lim bu yangi bilim, ko‘nikma
va malakalarni egallash
hamda bularni jismoniy sifatlarini rivojlantirish axloqni tarbi-
yalash bilan qo‘shib olib borgan holda takomillashtirishdan ibo-
rat bo‘lgan ko‘p qirrali protsessdir.
Rivojlanish – sportchining sport trenirovkaning har bir bos-
qichida bir xildagi jismoniy, texnik-taktik,
funksional, ax-
loqiy va irodaviy tayyorgarlik holatidan boshqa ancha mu-
kammallashgan holatga o‘tish protsessi. Insonning rivojlani-
shiga tashqi muhit, hayot ikir-chikirlari, oilaviy sharoitlar, mak-
tab, o‘quv
yurtlari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va
hokazolar ta’sir etadi. Sport trenirovkasida rivojlanish-biror
maqsadga qaratilgan, pedagog trener tomonidan,
muhit va
sharoitlar bilan boshqariladigan protsessdir. Bu rivojlanish turli
vositalar, metodlar va mashg‘ulot formalari ta’sirida sodir bo‘-
ladi. Bular organizmning holati yaxshi tomonga qarab o‘zga-
70
rishiga, sport natijalarining va umuman, shaxsning takomilla-
shuviga yordam beradi.
Kurashchilarning sport trenirovkasi protsessidagi tarbiya,
ta’lim, va rivojlanishning vazifalari trener hamda sportchining
hamkorligida hal etiladi. Bunda trener
rahbarlik rolini bajaradi,
sportchilar o‘zlarining ongli, faol, mustaqil faoliyatlarini o‘z-
o‘zlarini takomillashtiruvchilari bilan bu vazifalarning tezroq
hal etishga yordam beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: