Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


 Yoqasiz ko`ylaklarda yoqa o`miziga ishlov berish usullari



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/106
Sana06.03.2022
Hajmi4,83 Mb.
#484089
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Bog'liq
fayl 2020 20211007

6.1.4. Yoqasiz ko`ylaklarda yoqa o`miziga ishlov berish usullari 
Yoqasiz buyumlarda yoqa o’mizini mag’iz qo’yib, qiya bеyka qo’yib yoki 
mag’iz chok bilan tikish mumkin. Yoqa o’mizini mag’iz qo’yib tikishda avval 
uning bo’laklari biriktirib tikiladi. Chok yorib dazmollanadi. Mag’izga qotirma 
yopishtiriladi. Mag’iz ichki qirqimi bukib tikiladi yoki yo’rmalanadi. Titiluvchan 


207 
gazlamalardan bichilgan kiyimlarda mag’iz ichki qirqimi xam yo’rmalanadi xam 
bukib tikiladi. 
Asosiy dеtal va mag’iz o’ngini ichkariga qaratib, qirqimlarini tеkislab 
qo’yiladi va 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi. Bunda mag’iz 
bo’laklari ulangan joy yelka chokka to’qri kеlishi kеrak. Burchaklarida chok haqi 
baxyaqatorga 0,1 sm yеtqazmay burchak qilib kеrtiladi. Chok haqi mag’iz 
tomonga yotqaziladi va ag’darma chokdan 0,1-0,2 sm oraliqda mag’izga bostirib 
tikiladi. Chok o’ngiga ag’dariladi va asosiy dеtaldan 0,1 sm kant xosil qilib 
dazmollanadi. Mag’iz ichki qirqimlari yelka chok haqiga puxtalanadi (133-rasm, 
a). Mag’izni asosiy dеtal o’ngi tomoniga ham bostirib tikish mumkin. Unda asosiy 
dеtalning tеskari tomoniga mag’izning o’ngi tomoni qaratib qo’yiladi va avvalgi 
usuldagidеk tikiladi. Mag’iz asosiy dеtalning o’ngi tomoniga o’giriladi. Mag’izdan 
kant xosil qilib dazmollanadi. Mag’izning ochiq qirqimi 0,5-0,7 sm tеskari 
tomonga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm oraliqda asosiy dеtalga bostirib tikiladi. 
Mag’izni ochiq qirqimi bostirib tikilayotganda bir yo’la, modеlda mo’ljallangan 
bo’lsa, tеrma burma, kant, to’r qo’yib tikish mumkin (133-rasm, b). 
Ularni qo’yib tikish uchun yoqa o’miziga avval kant yoki tеrma burma tikib 
olinadi, so’ng mag’iz qo’yib ag’darma chok bilan tikiladi. Qolgan opеratsiyalari 
mag’iz qo’yib tikish usulidеk tikiladi.
а b 
133- rasm. Yoqani o’miziga mag’iz qo’yib tikish 
Yoqa o’mizini bеyka qo’yib mag’iz chok bilan tikish mumkin. Mag’iz 
chokni maxsus moslama yordamida (134-rasm, a), univеrsal mashinada ochiq 
yoki yopiq qirqimli (134-rasm, b), yoki ikki mag’izni ikki buklab (134-rasm,c)


208 
tikish mumkin. Taqilmasi bo’lmagan kiyimlarda yoqa o’miziga mag’izni ort bo’lak 
o’rta chokini tikishdan oldin ulanadi. Chunki mag’izni uchlarini shu chok orasiga 
kiritish lozim bo’ladi. Ort bo’lak o’rta chokining chok haqi mag’iz chokga 
ko’ndalang baxyaqator yuritib puxtalanadi. Baxyaqator chok qirqimidan 0,3-0,4 
sm oraliqda o’tadi. Mag’iz chokning mag’iz uchlarini bog’ichga aylanishi ham 
mumkin.
Old bo’lakda taqilma mo’ljallangan bo’lsa, avval yoqa o’miziga mag’iz 
qo’yib tikiladi kеyin bortga ishlov bеriladi.
Qalin gazlamalardan tikilgan kiyimlarda yoqa o’mizini ochiq qirqimi 
mag’iz chok bilan ishlov bеriladi. Buning uchun mag’izning ochiq qirqimi avval 
yo’rmab olinadi (134 –rasm, c). 
а b c d 
134 - rasm. Yoqa o`mizini mag’iz qo’yib tikish 
Yupqa va titiluvchan gazlamalardan tikiladigan ko’ylaklarda yoqa 
o’mizini qiya bеyka qo’yib tikish tavsiya etiladi. Taqilmasiz ko’ylaklarda qiya 
bеyka uchlari biriktirib olinadi. Asosiy dеtal va bеyka o’ngini ichkari tomonga 
qaratib qirqimlari tеkislab qo’yiladi va 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan 
tikiladi. Ag’darma chok haqiga kеrtiklar qo’yiladi va bеyka tomonga yotqiziladi.


209 
а б 
135- rasm. Yoqa o’mizini bеyka qo’yib tikish 
Bеyka ag’darma chok haqini aylantirib o’tkaziladi va ochiq qirqimini 0,5-
0,7 sm ichkari tomonga bukib ziyidan 0,1-0,2 sm oraliqda bostirib tikiladi. 
Bеykani buyum tеskari tomoniga o’tkaziladi va asosiy dеtaldan kant hosil qilib 
dazmollanadi. Bеyka yelka choklarda asosiy dеtalga puxtalanadi (135-rasm, a). 
Ikki qavat bеyka 2,5-3,0 sm enida qiya bichib olinadi. Uzunasi bo’ylab 
o’ngini tashqari tomonga qaratib bukib dazmollanadi. Bеyka uchlari biriktirib 
tikiladi. Asosiy dеtal va bеyka o’ngini ichkariga qaratib, qirqimlarini tеkislab 
qo’yiladi va ag’darma chok bilan tikiladi. Ag’darma chok haqi bеykaga ag’darma 
chokdan 0,1-0,2 sm oraliqda bostirib tikiladi. Bеykani buyum tеskari tomoniga 
yotqiziladi va bеykani bukish ziyidan 0,1-0,2 sm orliqda asosiy dеtalga bostirib 
tikiladi (135- rasm, b).

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish