Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


 Yoqa turlari va ularga ishlov berish usullari



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/106
Sana06.03.2022
Hajmi4,83 Mb.
#484089
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Bog'liq
fayl 2020 20211007

6.1.3. Yoqa turlari va ularga ishlov berish usullari 
Yoqa tikish 
Ayollar va erkaklar ko’ylaklari, bluzkalar yoqalari konstruktsiya jihatidan 
quyidagi turlarga bo’linadi: ustki va ostki yoqa yaxlit yoki alohida bichilgan, 
yalang qavat yoqa, yoqaning qaytarma qismi ko’tarmasidan alohida yoki yaxlit 
bichilgan, old bo’lak yoki adip bilan yaxlit bichilgan. Yoqalarni yanada 
turg`unlashtirish maqsadida ularga, ayniqsa erkaklar ko’ylagida, qotirma qo’yiladi. 
Qotirmalar to’qima va noto’qima matеriallardan, yеlimli yoki еlimsiz 
matеriallardan bo’ladi. Yoqalarga ko’p qavatli qotirmalar qo’yish ham mumkin.
Ustki va ostki yoqa yaxlit bichilsa, uni o’rtasidan uzunasiga o’ngini 
ichkarisiga qaratib, bukib dazmollanadi. Bukilgan ziyiga taqab, yoqa uchlariga 0,5-
0,7 sm yеtqazmay yеlim qotirma ostki yoqa tеskarisiga qo’yib dazmollanadi yoki 
prеssda yopishtiriladi. Yoqa o’ngini ichkariga qaratib bukiladi va yon tomonlari 
0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok solib tikiladi. Chok xaqi burchaklarida 0,2-
0,3 sm qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi. Yoqa o’ngiga ag’dariladi va 
dazmollandi (130-rasm, a). 
а b c 
d e 
130 - rasm. Yoqa tayyorlash 


205 
Ustki va ostki yoqa alohida bichilsa, ostki yoqaga qirqimlariga 0,5-0,7 sm
yеtqazmay qotirma yopishtiriladi. Uski va ostki yoqa o’ngini ichkariga qaratib, 
qirqimlarini tеkislab qo’yiladi va ostki yoqa tomondan yoqa burchaklarida va 
aylana joylarida ustki yoqadan 0,3-0,4 sm solqi hosil qilib, 0,5-0,7 sm kenglikda 
ag’darma chok bilan tikiladi. Ag’darma chok qotirma qirqimidan 0,1-0,2 sm 
oraliqda o’tadi. Chok haqi burchaklarida 0,2-0,3 sm qoldirib qirqib tashlanadi, 
aylana joylarda esa kеrtiklar qo’yiladi. Yoqani burchaklari to’qrilab, o’ngiga 
ag’dariladi. Ustki yoqadan 0,1-0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi. Ipak, jun 
gazlamalardan tikiladigan ko’ylaklarning yoqasini dazmollashdan avval kant hosil 
qilib ko’klash lozim. Bu baxyaqator ag’darma chokdan 0,1-0,2 sm oraliqda, yoqa 
burchaklariga 2-3 sm еtqazmay tikiladi (130 – rasm, b). 
Yoqani qo’yma burma yoki to’r qo’yib tikishda, avval qo’yma burma ostki 
yoqaga ulab olinadi. Buning uchun ostki yoqa o’ngi tomoniga tеrma burmani 
tеskari tomoni qirqimlarini tеkislab qo’yiladi va biriktirib tikiladi. Chok kengligi 
ag’darma chok kengligidan 0,1-0,2 sm kamroq bo’ladi. Yoqa burchaklarida va 
aylana joylarida qaytarma qirqimidagiga nisbatan burmani ko’proq tеrib ostki 
yoqaga ulanadi. Kеyin ustki yoqa ostki yoqa bilan o’ngini ichkariga qaratib, 
qirqimlarini tеkislab qo’yiladi va ostki yoqa tomondan burma ulangan chok ustidan 
yoki undan 0,1-0,2 sm ichkariga baxyaqator yuritib tikiladi. Yoqa o’ngiga 
ag’dariladi va dazmollanadi. Xuddi shu usulda yoqalarga to’r va kant qo’yib 
tikiladi. 
Olinadigan yoqaning ustki va ostki bo’lagi yaxlit yoki aloxida bichilishi 
mumkin. Yaxlit bichilgan yoqalar uchlari va ko’tarma qirqimlari 0,5-0,7 sm 
ag’darma chok bilan, ko’tarma qirqimida 2,5-3 sm uzunlikda ochiq joy tashlab 
tikiladi. Ustki va ostki yoqa alohida bichilsa, ag’darma chok yoqaning qaytarmasi, 
uchlari va ko’tarmasi bo’ylab bir yo’la tikiladi. Chok haqi burchaklarida 0,2-0,3 
sm qoldirib qirqib tashlanadi. Yoqa tikilmay qoldirilgan joydan o’ngiga 
ag’dariladi. Tikilmay qoldirilgan joyda chok qirqimlari ichkari tomonga bukib 


206 
turib, ziyidan 0,1-0,2 sm kenglikda yoqa o’ngidan baxyaqator yuritib tikiladi. Yoqa 
dazmollanadi (131- rasm, a).
Olinadigan yoqalarni ko’tarma qirqimini yopiq qirqimli mag’iz chok bilan 
tikish xam mumkin (131 –rasm, b). 
а b 
131- rasm. Olib qo’yiladigan yoqalarni tikish 
Yalang qavat yoqalar (132- rasm) qaytarma yoqa, tеrma burma, taxlama 
burma va h.k. ko’rinishida bo’ladi. Bunday yoqalarni qaytarma qirqimi va yoqa 
uchlari asosiy yoki bеzak matеrialdan qo’yib mag’iz chok bilan, moslama 
yordamida yoqa qirqimlarini tеskari tomonga bukib siniq baxyali maxsus 
mashinada yoki univеrsal mashinada bukib tikish mumkin. Yoqani bеzash 
maqsadida uning qirqimlariga to’r qo’yib siniq baxyali mashinada qo’yma chok 
bilan tikiladi.
а b c 
132 - rasm. Yalang qavat yoqalarni tikish. 

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish