183
kombinezonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlari va
ba'zi bir changga qarshi ishlatiladigan respiratorlar
kiradi. Qisqa muddatli shaxsiy muhofaza aslahalariga
izolatsiya
qilingan
kostyumlar
kiradi.
Bu
kostyumlarning shlang bilan havo beriladigan qilib
ishlanadigan yoki avtonom
ravishda ishlatiladigan
turlari bo'ladi.
Shaxsiy muhofaza aslahalarining tuzilishi va
ishlatish xususiyatlarini hisobga olib quyidagilaiga
izolatsiyalovchi kostyumlar,
nafas olish organlarini
muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq
kiyimlari, qo'shimcha muhofaza vositalariga bo'lish
mumkin.
Radioaktiv
moddalar
bilan
ishlaganda,
muhofazalovchi kostyumlar ishchini radioaktiv
nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak.
Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont
ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo'yiladigan
asosiy talab ishlash davrida ishchiga qo'shimcha
og'irlik tushmasligini ta'minlashdir. Uning tuzilishi
tashqi muhit bilan izolatsiya qilingan holda, kostyum
184
ichida ish sharoitini
yaxshilovchi mikroiqlim
ta'minlanishi kerak. Mavjud zamonaviy izolatsiya
kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi.
Nafas olish organlarini muhofaza qilishda
respiratorlardan
va
shlangali
protivogazlardan
foydalaniladi.
Maxsus kiyim-bosh va maxsus oyoq kiyimi.
Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilar
xalatlardan, qalpoqlardan, rezina qo'lqoplardan,
aktivligi 10 m dan ortiq bo'lgan ba'zi
bir izotoplar
bilan ishlaganda - kombinizonlar, maxsus ichki
kiyimlar, xlorvinil fartuklari va yenglari,
plyonka
xalatlar, botinkalardan foydalaniladilar.
Binolarni tozalayotgan ishchilarga qo'shimcha
rezina qo'lqoplar, fartuklar, yenglar, kalishlar va
rezina etiklar beriladi.
Qo'shimcha
muhofaza
vositalari.
Qo'lni
muhofaza
qilish
uchun
neyron
lentasidan
tayyorlangan va oson dezaktivatsiya qilinadigan uzun
(600 mm) va qisqa (290 mm) qo'lqoplar beriladi.
Matodan va charmdan tayyorlangan qo'lqoplardan
185
foydalaniladi, chunki ular suyuqliklarni shimishi va
chang yutishi mumkin. Katta tig'izlikka ega bo'lgan
nurlanishlarda
qorg'oshinlashtirilgan
rezinadan
qilingan va egiluvchan yenglarga ega bo'lgan
qo'lqoplardan foydalaniladi.
Ko'zni va nurlaridan saqlash uchun oddiy shisha
ko’zoynaklar kifoya qiladi. Ba'zi
bir kuchliroq -
nurlariga qarshi silikat va pleksiglaz ishlatiladi.
Nurlariga qarshi ko'zoynaklarda qo'rg'oshinli
oyna yoki volfram fosfati qo'shilgah oyna qo’yiladi.
Agar havo muhitida radioaktiv changlar mavjud
bo'lsa, unda ko'zoynaklar rezina maskalar bilan
jihozlangan bo'lishi kerak.
α
va
β
nurlari bilan
ishlayotganlar yuz va ko'zlarini
organik shishadan
yasalgan shit bilan berkitishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: