2-bob. Davlat organlari va boshqa organlarning
yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki.
Tashkilotlar hamda fuqarolarning yong‘in
xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining yong‘in xavfsizligi sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yong‘in xavfsizligi sohasida yagona davlat
siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;
528
yong‘in xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini
tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat
qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in
xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yong‘in xavfsizligi sohasida moliyaviy, moddiy-
texnika ta’minotini va resurslar bilan ta’minlashni
amalga oshiradi;
davlat
ehtiyojlari
uchun
yong‘in-texnik
mahsulotining nomenklaturasini, uni etkazib berish
hajmlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
6-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi
maxsus vakolatli organning vakolatlari
YOng‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli
organ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidir
529
(bundan buyon matnda Davlat yong‘in xavfsizligi
xizmati deb yuritiladi).
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati:
yong‘in
xavfsizligi
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini
ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil
etadi;
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini
yong‘inni o‘chirish texnikasi va boshqa texnika
vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika
siyosatini amalga oshiradi;
yong‘inlarni o‘chirishni, yong‘in zonasida
qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy
shaxslarning
mol-mulkini
qutqarishni
amalga
oshiradi;
barcha turdagi yong‘indan saqlash xizmati
bo‘linmalarining yong‘inlarni o‘chirishga shayligi
holati va yong‘inlar profilaktikasiga doir ishlarning
bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
530
yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy
hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok
etadi;
yong‘in
xavfsizligi
sohasidagi
texnik
reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va
boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok
etadi;
davlat yong‘in nazoratini amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda
chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud
bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa
ob’ektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya
qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta
jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong‘in
xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli
qismini ko‘rib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash
(ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi
(rekonstruksiyasi)
tugallangan
ob’ektlarni
531
foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining
ishida ishtirok etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasida yong‘inga qarshi
targ‘ibotni, o‘qitishni va axborot bilan ta’minlashni
amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan
ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;
yong‘in xavfsizligi sohasida litsenziyalash va
sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga
oshiradi;
yong‘inlar va ularning oqibatlari hisobini
yuritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va
fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf
etish hamda yong‘inlarning oldini olishga doir
tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar
beradi.
532
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |