157
VERBAL NUTQ
NOVERBAL NUTQ
TOVUSHSIZ
TOVUSHLI
NUTQ –
kishilarning til vositasida
o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayonidir
AKTIV NUTQ
Ichki
Monolog
Tashqi
Dialog
Og‘zaki
Yozma
REJALASHTIRISH
INTERAKTIV
PASSIV NUTQ
NUTQ VAZIFALARI
KOMMUNIKATIV
EKSPRESSIV
SIGNIFIKATIV
PERSEPTIV
Affektiv
epik
lakonik
impressiv
ekspressiv
ichki
tashqi
poliologik
dialogik
monologik
yozma
og‘zaki
Signifikatsiya
exologik (aks-sado)
Signifikatsiya
exologik (aks-sado)
verbal
noverbal
intonatsiya
pauza
temp
tembr
ish faoliyati
xulq-atvor
verbal ta’sir
noverbal ta’sit
paralingvistik ta’sir
identefikatsiya
refleksiya
stereotiplashtirish
158
Affеktiv nutq
turli omillar ta’sirida birdaniga vujudga kеluvchi,
jahlning mahsuli bo‘lib, bunda u to‘satdan suhbatdosh, raqib to-
monga
uzatiluvchi, o‘ta ta’sirchan, xavfli, ruhiy nishon vazi-
fasini bajarib, zarbasi jihatidan altеrnativi yo‘qligi bilan boshqa
nutq turlaridan kеskin ajralib turadi. Jahl, qasos, alam, tajovuz
kеchinmalarini o‘zida
aks ettirib, o‘ta tanglik, zo‘riqish (strеss)
mahsuli bo‘lib hisoblanadi («Jahl kеlganda aql kеtadi»; «Hissiyot
bilan emas, balki aql bilan ish tut»).
Yozma nutq insoniyat tarixining taraqqiyot bosqichida pay-
do bo‘lib, hozirgacha u o‘z rivojlanishida davom etmoqda.
E.G‘. G‘oziеv ta’rificha, tilning barcha qoidalariga (orfografik,
morfologik, sintaksik, lеksik,
orfoepik, lingvistik, fonеmatik,
flеksiv va h.k.), qonuniyatlariga, mеxanizmlariga (jonli ifodalar-
ni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli
alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilish, ma’no, mazmun
va
mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib
bеruvchi nutq turi yozma nutq dеyiladi.
Yozma nutq turlari:
– monologik (drama);
– dialogik (badiiy asar janrlarida);
– ichki;
– lakonik (yig‘iq, qatra);
– epik (yoyiq, yirik roman, qissa va boshqalar).
Yozma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda
o‘z ifodasini topgan bo‘lib, og‘zaki nutqdagidan farqli o‘laroq til boy-
liklariga bеvosita asoslanib, yangiliklar yaratish, ijod qilish so‘zlar
orqali mohiyat kasb etadi, u yoki bu shaklda tartibga kеltiriladi. La-
konik (yig‘iq, qatra) nutq ham og‘zaki nutqdagiday ma’no kasb etsa,
epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar mohiyatini to‘laqonli
aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqlanadi.
Nutq sifatlari va vazifalari
Nutq sifatlari ikki gruppaga ajratiladi. Nutqni leksika, fonetika
nuqtayi nazaridan to‘g‘ri qiladigan sifatlar, jumlalarning talaffuz
etilishi, tuzilishi, noaniq, noto‘g‘ri va keraksiz so‘zlarning yo‘qligi
birinchi guruhga kiradi. Ikkinchi guruhga nutqning shunday si-
fatlari kiradiki, ular tufayli so‘zlovchining fikrlari tinglovchi-
159
ning ongiga qadar yetib boradi va tinglovchiga kutilgan ta’sirni
ko‘rsatadi, unda ishonch hosil qiladi. Nutqning mazmundorligi,
aniqligi, tushunarliligi, bayon etishning to‘g‘ri shakli mantiqiylik,
obrazlilik, emotsionallik shunday sifatlar jumlasiga kiradi.
Tarbiyachining nutqiga ayniqsa katta talablar qo‘yiladi. Tar-
biyachining
nutqi tushunarliligi, aniqligi, jonliligi,
ishonarliligi,
to‘g‘riligi va hokazolar bilan ajralib turishi kerak, agar unda ham-
madan qolgan, bir qolipdagi fikrlar ko‘p bo‘lsa, bu nutq nati-
ja bermaydi. Nutqning ta’sirchan bo‘lishi, uning bolalarga ta’sir
etishida intonatsiya muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: