Amaliy mashg‘ulot:
Tanib esga tushirish.
140
Xotirani baholash testi.
Savollarga «ha» yoki «yo‘q» deb javob bering.
1. Beshta telefon raqamini eslay olasizmi?
2. Uchrashuvga borish esingizdan chiqib bormay qolgan-
misiz?
3. Uch kun oldin ertalabki nonushtaga nima eganingizni es-
lay olasizmi?
3. Birinchi uchrashuv esingizdami?
4. Birinchi sevgingizni unutganmisiz?
5. Maktabga borgan birinchi kunni eslay olasizmi?
6. Bolalikda yodlangan biror she’rni ayta olasizmi?
7. O‘n beshta kiyimingiz yodingizdami?
8. Qo‘ng‘iroq qilishdan oldin daftarga qaray olasizmi?
9. Birinchi uchrashuvga qanday kiyim bilan borganingizni es-
lay olasizmi?
10 Birinchi o‘rtog‘ingizni ismi esingizdami?
11. Ayrim hidlar sizga tanish joyni eslatadimi?
12. Maktabga borgan yo‘l esingizdami?
13. O‘rtoqlaringizni tug‘ilgan kunini yoddan bilasizmi?
Natija:
«ha» javoblar uchun o‘zingizga «1» balldan qo‘ying.
11 va undan yuqori – xotirangiz kuchli;
6 dan 10 gacha – xotirangiz yaxshi;
5 dan past – o‘rtacha.
Nazorat savollari:
1. Xotira nima? Odam hayotida xotiraning qanday ahami yati
bor?
2. Xotiraning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?
3. Xotira va xayoliy tasavvurlarning farqi nimada?
4. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning farqi nimada?
5. Xotira sifatiga ko‘ra odamlar qanday tiplarga ajratiladi?
3.4. Tafakkur.
Tafakkur haqida tushuncha
Tashqarida ob-havo qanday ekanligini bilish uchun men uy-
dan hovliga chiqishim va sovuq yoki issiqligini bevosita yuzim,
qo‘llarim terisi, butun tanam bilan sezishim mumkin. Bu tevarak-
141
atrof olamni sezgilar hamda idrok orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosi-
ta bilish yo‘lidir. Ammo biz ob-havo masalasini uydan tashqari-
ga chiqmay turib ham yecha olamiz. Chunonchi, hovli, tomda
osig‘liq turgan termometrga derazadan qarash orqali biz tashqari
ancha sovuq ekanligini, daraxt shoxlarining tebranayotganligini
ko‘rib, shamol esayotganligini bilamiz. Bu xildagi bilishni be-
vosita bilish yo‘li deb ataladi, chunki bu yerda bilim to‘g‘ridan
to‘g‘ri (bevosita) yo‘l bilan emas, balki vositali ravishda (bavosi-
ta), ayrim hodisalarni (termometr nayidagi simobning baland-
ligini, daraxt shoxlarining shamolda tebranishini) kuzatish ham-
da bu hodisalar bilan ob-havo o‘rtasidagi aloqani tushunish orqali
hosil bo‘ladi.
Astronom olim planetaning o‘zini hali ko‘rmasdan turib,
uning qayerda bo‘lishi lozimligini matematik hisoblashlar orqa-
li aniqlab bergan. Haqiqatdan ham oradan bir necha yillar
o‘tgach olimlar juda kuchli teleskop yordamida bu planetani
ko‘rganlar. Pluton planetasining kashf etilishi tarixi xuddi shun-
day bo‘lgan.
Yana bir misolni ko‘raylik: qaynoq suvni shisha stakanga so-
lishim zarur bo‘lib qoldi, deb faraz qilaylik. Bunda stakan yorilib
ketmasligi uchun men avvaliga suvni stakanga asta-sekin quya
boshlayman. Qaynoq suv solingan paytda stakan yorilib ketishi-
ni ilgari o‘zim ko‘p marta ko‘rganman va shu sababdan ham
hozir qilgan ishim nima bilan tugashini oldindan bila olmayman.
Bu sifatni (issiqqa chidamliligini) men hamisha shisha stakan-
larga xos deb umumlashtirdim. Ammo umumlashtirish uchun
«qaynoq lik», «mayda bo‘laklarga parchalanish» yoki «sovuqlik»,
«o‘z holatini saqlab qolish» kabi sifatlarni avvalo ajratib olish,
mavhumlashtirish zarur, bu xildagi ishlarni amalga oshirmasdan
turib umumlashtirib bo‘lmaydi. Ana shu yo‘sinda mavhumlash-
tirish (abstraktlashdan) keyingina biz predmetning ajratib olin-
gan xususiyatlarini ma’lum guruhdagi buyumlarga tatbiq etamiz,
ya’ni umumlashtiramiz.
Tafakkur bu atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan ba-
vosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon hamda ijti-
moiy-sababiy bog‘lanishlarni anglangan, yangilik ochishga va basho-
rat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
142
T
Do'stlaringiz bilan baham: |