Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Shaxsning tuzilishi. 
Psixologiyada ikkita omil – biologik va 
ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan ikki asosiy kichik struk-
tura borligi ta’kidlanadi. Inson shaxsining o‘zi «endopsixik va 
ekzo psixik» tuzilishga bo‘linadi. Endopsixika ichki psixik holat-
dir. Biologik jihat bilan bog‘liq bo‘lib, kishining nerv psixik tuzi-
lishiga o‘xshash inson shaxsining ichki mexanizmlari kabi psixik 
qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifodalaydi. 
Endopsixika moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari, iro-
daviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xis-
latlarni o‘z ichiga oladi.
Ekzopsixika tashqi psixik holat bo‘lib, ijtimoiy omil bi-
lan belgilanadi, kishi munosabatlarining tashqi sistemasini va
uning tajribasini, ya’ni qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini, 
ustun darajadagi his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari va boshqa 
belgilarini o‘z ichiga oladi. Biologik xususiyat kishi shaxsining 
tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijti-
moiy shaklda mavjud bo‘ladi.
Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi. 
Odam shaxs sifatida 
doim qandaydir faoliyatda bo‘ladi va ana shu turli-tuman faoli-
yatlarda shaxsning faolligi namoyon bo‘ladi. Shaxsning faol-
ligi deganda biz odamning tevarak-atrofidagi tashqi muhit-
ga ko‘rsatadigan ta’sirini tushunamiz. Tashqi muhit bilan faqat 
odamlargina emas, balki hayvonlar ham o‘zaro munosabatda 
bo‘ladilar. Lekin bu munosabatlar o‘rtasida keskin farq mavjud. 
Hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muhitga passiv ravishda mos-
lashib yashaydilar. Ular o‘z hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya’ni 
tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foydalanadilar. Odam esa, 
tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta’sir qilib, uni o‘z irodasi-
ga bo‘ysundiradi hamda o‘zgartirib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga 
xizmat qildiradi.
Odam shaxsining faolligi uning turli-tuman ehtiyojlarida, qizi-
qishlarida, yo‘nalishida, dunyoqarash va ishonch-e’tiqodlarida 
namoyon bo‘ladi.
Inson ehtiyojlarining qondirilishi
Jonli mavjudod hayot kechirishning yaqqol shart-sharoitlariga 
qaramligini ifoda etuvchi va mazkur sharoitlarga nisbatan faol-


63
ligini namoyon qiluvchi holat 
ehtiyoj 
deb ataladi. Odamning ehti-
yoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni 
insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma, mala-
ka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni 
o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Odam boshqa mavjudod-
lardan farqli o‘laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy 
ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zarurat talabiga 
binoan qayta o‘zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zot-
dir. Shu bois odamning o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijti-
moiy-tarixiy taraqqiyot darajasi bilan o‘lchanadigan faoliyat shakli 
va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yo‘naltirilganligi, 
ma’lum rejaga asoslangan ijodiy ko‘rinishi sifatida alohida ahami-
yat kasb etadi.
Ehtiyojlar ijtimoiy va shaxsiy xarakterga ega:
1. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy mehnat mah-
sulidan foydalaniladi (mas. non yeyish uchun mehnat qilish ke-
rak).
2. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy muhitda tarkib 
topgan vosita va usullardan foydalaniladi (mas. ovqat pishirish 
uchun qozon, gaz va hokazolar kerak).
3. Shaxsiy ehtiyojlar o‘ziga mansub guruhning ehtiyojlaridan 
kelib chiqadi (mas. ma’ruzachi guruhga kerak ma’ruzani tayyor-
lab keladi).
Har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni 2 guruhga bo‘lish 
mumkin:

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish