Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

intellektual
shakli paydo bo‘ldi. Bu yuksak 
taraqqiyotga erishgan maymunlar, itlar va delfinlardagi odam 
ongiga o‘xshash farosat bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakat shakl-
laridir. Harakatning intellektual shakli ham hayvonlarning tash-
qi olamga muvofiqlashuvidan iboratdir. Harakatning intellektual 
shakliga ega bo‘lgan hayvonlar ma’lum vaziyatda bir qadar faro-
sat bilan bog‘liq muammolarni, masalalarni hal qila oladilar. Le-
kin yuksak taraqqiyotga erishgan hayvonlarning intellektual ha-
ra katlari odamning ongli harakatlaridan keskin farq qiladi.
Odamsimon maymunlar ustida o‘tkazilgan tajribalardan 
E.G. Vatsuroning «Rafael» ismli shimpanze maymuni bilan 
o‘tkazgan tajribalari juda ibratlidir. E.G. Vatsuro maymunlarda 
ong, tafakkur yo‘qligini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni anglay 
olmasligini isbotlab bergan. Ularda farosat uchqunlari bor xolos.
E.G. Vatsuro maymunlarda ong, tafakkur yo‘qligini, ular narsa-
lar o‘rtasidagi munosabatlarni anglay olmasliklarini isbotlab ber-
gan. U Rafael ismli shimpanze maymuni bilan shun day tajriba 
o‘tkazgan. Unchalik katta bo‘lmagan bir ko‘lga ikkita sol yasatgan. 
Sollardan biriga suv to‘ldirilgan bak va bakning ustiga bitta bo‘sh 
shisha banka qo‘yib qo‘yilgan. Bakdan nariroqda maxsus apparat-
da olov yonib turgan va olovning tagida apelsin ko‘rinib turgan. 
Shimpanze maymuni qayiqda solga olib kelingan. Maymunning 
qorni och bo‘lgan. Uning ko‘zi oldida bakdan bankaga suv olib 
olovga sepib o‘chirilgan va maymun darhol apelsinni olib yegan.
Ana shu tajriba ikkinchi marta takrorlanganda, maymunning 
o‘zi bakdan bankaga suv olib, olovni o‘chirgan va apelsinni olib 
yegan. Bundan keyingi tajriba birmuncha murakkablashtirilgan. 
Endi bak bilan banka qo‘yilgan solga olov yoqilgan apparat 
qo‘yilmay, balki apparat boshqa solga qo‘yilgan. Sollarning bir-
biridan uzoqligi 3–4 metrlar chamasida bo‘lgan. Bak qo‘yilgan 
solga bitta uzun bam buk yog‘och tashlab qo‘yilgan. Maymun 
odatdagidek kelib, bakdan bankaga suv quyib olgan, ammo olov 
narigi solda ancha uzoqda yonib turganini ko‘rgan. Qo‘lida suv 


51
quyilgan bankani ushlab, bambukni ikkinchi solga ko‘prik qilib 
qo‘ymoqchi bo‘lgan. Bankani qo‘lidan oyog‘iga, oyog‘idan qo‘liga 
olib, bir amallab bambukni ikkinchi solga ko‘prik qilib qo‘ygan. 
Undan so‘ng bambukdan darboz bo‘lib, ikkinchi solga o‘ta bosh-
lagan. Bambuk qimirlab ketib, qo‘lidagi suv to‘kilib ketgan. U 
bak qo‘yilgan solga qaytib kelib, bakdan bankaga suv olib, yana 
bambukdan ikkinchi solga o‘tib, bir amallab olovni o‘chirgan va 
apelsinni olib yegan.
8-rasm.
Maymunlarning intellektual harakatlari.


52
Bu tajribada shu narsa xarakterliki, maymun bakdan banka-
ga suv olib, soldan solga o‘tib (suv to‘kilib ketib) qiynalib olgan. 
Ammo soldagi olovni ko‘ldan qo‘li bilan suv olib o‘chirishi ham 
mumkinligiga uning «aqli» yetmagan. Demak, odamsimon shim-
panze maymunlarida ham odamdagiga o‘xshagan ong, aql yo‘q. 
Shimpanze maymunining soldan solga bambukni ko‘prik qilib 
o‘tishga «aqli» yetdi, lekin hamma suv ham bir xil xususiyatga ega 
ekanligiga aqli yetmadi. 
G.Z. Roginskiy shimpanze maymuni ustida shunday tajriba 
o‘tkazgan: maymun oldiga turli tomonga qaratib bir necha uzun 
arqonlar tashlab qo‘yilgan. Ana shu bir xildagi arqonlardan 
ba’zilarining uchiga apelsin yoki banan bog‘lab qo‘yilgan. May-
mun o‘z oldiga tashlab qo‘yilgan bir xildagi arqonlarni ushlab 
ko‘rgandan so‘ng, hech bir yanglishmay uchiga apelsin yoki ba-
nan bog‘lab qo‘yilgan arqonlarni ajratib tortib olgan.
N.N. Ladigina-Kotsning tekshirishlari shimpanzeda boshlan-
g‘ich abstraksiya qobiliyatlari borligini ko‘rsatadi. Maymun o‘zi 
idrok qiladigan narsaning rangi, shakli va hajmidan ajrata ola-
di, unda murakkab tanlash qobiliyati bor. Tajribalarda shimpanze 
maymuni geometrik shakllarni rangi va turiga qarab ajrata olga-
ni isbotlangan. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish