Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Xarakterni tarbiyalash.
O‘z xatolarini sezmaydigan yoki se-
zishni istamaydigan kishi hech mahal o‘z ustida muvaffaqiyat-
li ish olib bora olmaydi. Ko‘pincha kishining o‘zi o‘z sifatlariga 
xolis baho berishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham boshqalar-
ning fikriga quloq solish, to‘g‘ri tanqiddan xafa bo‘lmaslik, ko‘p 
narsaning chetdan yaxshiroq ko‘rinishini esda tutish lozim. 
Boshqalarda mavjud salbiy sifatlarni sezgach, hamisha o‘zingga 
ham qarashing, o‘zingda shunday kamchiliklar bor-yo‘qligini bi-
lishing kerak. Ba’zan bu sifatlar o‘zingga yomon bo‘lib tuyilmay-
di, bu sifatlarni boshqalarda ko‘rganingda esa, ular kamchiliklar 
ekanligi, ulardan qutulish lozimligi aniq bo‘ladi.
O‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib borishning asosiy shartlaridan 
biri yaxshi tomonga o‘zgarishga ahd qilishdangina iborat bo‘lmasdan, 
balki ana shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan konkret ish-
larni ham bajarishdir. O‘zida zarur xulq-atvorni tarbiyalash uchun 
ko‘p marta mashq qilish zarur, toki ana shu takrorlashlar natijasida 
miya po‘stlog‘idagi tegishli bog‘lanishlar mustahkamlansin va kishi 
hamisha lozim harakatlarni qilish ehtiyojiga ega bo‘lsin.
Xarakter ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasidir. Xa-
rakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter xususiyatlari 
o‘zgaruvchan bo‘lishiga qaramay, har bir shaxs va millatning o‘ziga 
xosligini ifodalovchi shunday barqaror sifatlar ham bo‘ladiki, ular 


214
yillar, hatto asrlarga ham dosh beradi. Masalan, bu milliy xarak-
terga taalluqlidir. O‘zbeklar xarakterida asrlar davomida saqlanib 
kelayotgan samimiylik, mehmonnavozlik, ibo, sharm-hayo, takal-
luf, mehnatsevarlik kabi sifatlar avloddan avlodga o‘tib, ma’naviy 
qadriyatlarga aylanib qolgan, o‘zbekning o‘zligini namoyon qiluv-
chi barqaror xususiyatlardir. Xarakter odamlar faoliyatida namo-
yon bo‘ladi, ammo shu faoliyatida shakllanadi. Shaxsning iro-
daviy sifatlarini tarbiyalashda intizom, kun tartibiga rioya qilish 
katta ahamiyatga egadir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik yoshida ayniqsa samara-
li bo‘lishini ta’kidlab o‘tish zarur. Xuddi ana shu vaqtda kishida 
o‘zini anglash rivojlanadi. Yigit va qiz hayotdan ko‘zlagan maqsad-
lari to‘g‘risida bosh qotiradilar, o‘zlariga va boshqalarga tanqidiy 
tomondan yondasha oladilar, ularda o‘z ustilarida ishlash, jami-
yat uchun foydali kishilar bo‘lib yetishish istagi tug‘iladi.
Lekin bu narsa kishi katta bo‘lgach, o‘zini yaxshi tomonga 
qarab o‘zgartira olmaydi, degan gap emas. Kishi o‘zining odat 
bo‘lib qolgan xatti-harakatlari, ishlari bilan o‘z xarakterini butun 
hayoti davomida tarkib toptirib boradi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish