Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

tavakkalchilik
deyila-


187
di. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi, 
yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy va 
ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, inson-
lar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavakkalchilik 
harakatining ikki sababi farqlanadi:
1) yutuqqa umidvorlik hissi, yani ehtimol tutilgan mag‘lubiyat 
oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;
2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish, yoki, «tavakkal- 
chining tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr 
degan asbobda o‘lchash mumkin.
Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tursin kun-
dalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham uddasidan chiqa 
olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, boshqalarning 
yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xususiyatlarni yen-
gish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuchsizligining pata-
logiyasi mavjud bo‘lib u 
abuliya
(yunon. abuliya – qat’iyatsizlik) 
miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilish-
ning mavjud emasligi, harakat qilish, amalga oshirish uchun 
qaror qabul qilish zarurligini anglagan holda shunday qila ol-
maslikdan iborat inson ojizligidir. 
Apraksiya
– (yunon. apraxiya 
– hara katsizlik) miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga 
keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzi-
lishidir. Abu liya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos, no-
yob fenomenal psixopatologik hodisadir.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xatti-
harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyin-
chalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita 
hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarzda amalga oshiri-
ladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli 
ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqidagi 
yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqulay oqi-
batlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi.
Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avval-
gi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ikkinchi 
signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat paytiga kelib 


188
qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga oshirishga 
imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televizordagi ko‘rsatuv 
qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki ishlashga majbur 
qiladi.
Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida o‘rin 
egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal bo‘lishi 
mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ichki talabi, 
mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda ular javob 
tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi bo‘ladilar. 
Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan kishi o‘z oldiga 
qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatlarimizni boshqa-
rib turadigan miya hujayralari katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi 
boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan bo‘ladi. Har qanday 
boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish kiritmasdan amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini va ishlarini boshqarishga qodir 
bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara oladi. Bunga sabab: miya 
hujayralari bir tomondan gavda muskullariga impulslar yuborib 
turadi, ikkinchi tomondan harakat a’zolaridan amalga oshirilgan 
ish to‘grisida qaytish signallarini olib turadi. Miya po‘stlog‘ida 
shu axborotlar qayta ishlanadi va u yerdan harakatga kiritili-
shi lozim tuzatishlar haqida yana signallar keladi. Katta yarim-
sharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlari ortiqcha ixtiyor-
siz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu jarayonlar haddan tashqari 
qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holatdagi) bostirib turadi va vazmin-
lik o‘zini tuta bilish, chidam harakatlar izchilligi va hokazolar-
ning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Iroda katta yarimsharlar 
po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i osti ishini boshqarib turish qobili-
yatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti 
kishi organizmidagi ko‘pgina qo‘zgatuvchi jarayonlarning (ins-
tinktlar, mayllar, affektlar va h.k.) manbai hisoblanadi.
Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini
Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amalga 
oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va hayo-
ti hamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifatlar-
ni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu 
hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarining ustunlik 


189
qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqimsiz psixik 
jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni to‘xtatib qo-
lishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.
1. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik, 
sabot-matonat, mustaqillik kiradi: 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish