Shoyusupova nargiza turgunovna xolmurodov salimbek eshbekovich mehnat sotsiologiya



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/142
Sana04.03.2022
Hajmi1,51 Mb.
#482897
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142
Bog'liq
MEHNAT SOTSIOLOGIYASI

ish bilan bandlik 
— fuqarolarning qonun hujjatlariga 
zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan 
faoliyatdir.
Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir 
rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli 
(kontseptsiyasi) mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat 
faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamiyat muammolari ichida insonning 
shaxsini, talab-ehtiyojlarini hisobga olmasdan hal qilishga urinish 
omadsizlikka mahkum etadi. Shuning uchun avvallari olimlar ish bilan 
bandlik muammolarini ko‘rib chiqayotganlarida asosan, uning iqtisodiy 
jihatlariga e’tibor bergan bo‘lsalar, keyingi paytda ish bilan bandlikning 
ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida tobora ko‘proq gapirilayotganligi bejiz emas.
Aholining ish bilan bandlik kontseptsiyasi — jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy 
rivojlanishning 
muayyan 
bosqichidagi 
ish 
bilan 
ta’minlanishning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar 
tizimidir. 
Bunday nazariy tushunchalar markaziga uni rivojlantirishning 
ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos bo‘lgan obyektiv jarayonlarini 
hisobga oluvchi ish bilan ta’minlanishning shakllanishi qo‘yiladi. Bu


80 
o‘z navbatida muayyan davr mobaynidagi qo‘yilgan maqsadlarga 
erishishning real imkoniyatlari bilan cheklanmaydi.
Ish bilan bandlik 
ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichiga xos b
o‘lgan turli ko‘rinishlar va shakllarda namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos 
hodisadir. Ibtidoiy jamoa tuzumi jamiyat a’zolarining to‘liq ish bilan 
bandligiga asoslangan edi, uning boisi ishlab chiqaruvchi kuchlarning past 
darajada rivojlanganligida edi. Quldorlik va feodal formatsiyalar asosan 
qullar va krepostnoylarning majburiy ish bilan bandligiga asoslangan 
bo‘lib, quldorlar va krepostnoylar ishlamasdan hayot kechirar edilar. 
Doirasida inson huquqiy jihatdan erkin bo‘lgan va yollanma xodim sifatida 
namoyon bo‘ladigan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan kapitalistik 
formatsiyada ish bilan band bo‘lmagan aholi mavjud bo‘ladi. Bunday ish 
bilan band bo‘lmaslik tabiiy va noiloj ishsizlik shaklida bo‘ladi. Sotsializm 
sharoitida to‘liq («yalpisiga») ish bilan bandlik e’lon qilingan bo‘lib, bu 
esa odamning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga majburligi bilan 
mustahkamlangan edi.
Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan 
xodimlar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o‘zini o‘zi 
mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan fuqarolar va tadbirkorlik 
faoliyati bilan shu g‘ullanadigan fuqarolar kiritilgan.
Ish bilan bandlar: a) pul bilan to‘lanadigan yoki natura holidagi haq 
evaziga yollanib, shuningdek, o‘z faoliyati evaziga qancha muddat haq 
yoki daromad olishidan qat’i nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish 
uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat ish bajarganlar; b) kasalligi 
yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turuvchilar; yillik mehnat 
ta’tili yoki dam olish kunlarida, o‘z ish joyidan tashqarida ta’lim olganlar; 
ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlanmagan 
holda mehnat ta’tilida bo‘lgan va boshqa shunga o‘xshash sabablar bilan 
vaqtincha ishda bo‘lmaganlar; v) oilaviy korxonada haq olmasdan ish 
bajargan shaxslardan tashkil topadi. Ish bilan band bo‘lgan aholiga ikki 
guruh fuqarolar kiradi:
1. Ko‘ngilli ravishda ish bilan band bo‘lmagan, er-xotindan birining, 
ota-onasi va boshqalarning mabla g‘lari hisobiga yashaydigan fuqarolar;
2. Noilojdan ish bilan band bo‘lmagan xodimlar kiradi, ular, o‘z 
navbatida, quyidagilarga: a) mustaqil ravishda ish qidirayotganlar; b) ish 
bilan band etish xizmati yordamida ish qidirayotgan; rasmiy maqomga ega 
bo‘lgan ishsizlik yuzasidan nafaqa oladigan ishsiz fuqarolarni o‘z ichiga 
oladi. 


81 
«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonun 1992- yil 13- 
yanvarda qabul qilingan bo‘lib, unga 1998- yil 1- mayda ba’zi
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Qonunda aholining ish bilan 
bandligining asosiy printsiplari ifodalab berilgan, bu tamoyillar ish bilan 
bandlik munosabatlariga bozor xususiyatidan kelib chiqadi va u bir necha 
tamoyillar bilan ifodalanadi. Birinchi tamoyil fuqarolarning unumli va 
ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlaridan foydalanishdan iborat 
favqulodda huquqidir. Mehnat qilishga majbur etishga (qanday shaklda 
bo‘lmasin) yo‘l qo‘yilmaydi. Faqat qonunda alohida belgilangan hollar 
bundan mustasnodir.
Shunday qilib, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida 
umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash uchun muayyan qadam q
o‘yilgan bo‘lib, bu qadriyatlar orasida eng muhimi 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish