Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali



Download 467,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana04.03.2022
Hajmi467,43 Kb.
#482881
1   2   3   4   5
Bog'liq
T.T.A.T.F MUSTAQIL ISHI ANATOMIYA

Tayanch xarakat apparatining gigienasi
. Bolalarning o‘quv va mexnat faoliyatini tashkil etishda 
o‘quv va mexnat sharoitlarining gigienaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga 
muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish 
o‘rnining gigienik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – ko‘rpaning xaddan tashqari yumshoq va 


notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik 
tayanch – xarakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – xarakat 
apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni 
qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat 
deyiladi. 
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, 
ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi. 
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga 
keladi. 
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga 
chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi 
kuzatiladi. 
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, 
ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni 
botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki 
organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va 
funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal 
qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq 
pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog‘ida 
uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq 
vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, 
doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi 
kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta 
suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, 
ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak. 
Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. 
Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi 
gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi. Yassioyoqlik natijasida oyog‘ining 
tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va xayotda orttirilgan 
bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: 
bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga 
poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida 
yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga 
olib, 
yassioyoqlikni 
oldini 
olishga 
e’tibor 
berish 
kerak. 

Download 467,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish