TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI
DAVOLASH ISHI YO`NALISHI 109-B GURUH O`QUVCHISI
TO`RAMURODOV RASULBEKNING ANATOMIYA LEKSIYA
FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari
Muskul sistemasi.
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi
vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish
harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat
qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga
ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib,
analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi
tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining
funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul
to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida
ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda
to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir.
Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan
noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi,
ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan
tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar
tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon
va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan
tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir
qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib,
yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon
muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli,
funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo.
Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka
muskullari va xokazo; shakliga kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va
xokazo.
Muskullar fiziologiyasi.
Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va
silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida
organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari)
odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq
muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning
faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining
kengayib-torayishi
va
hokazo.
Muskullarning tuzilishi.
Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan muskul tolalaridan
tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va qisqaruvchi talaygina ipsimon
elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi pardasining ustida yadrolari joylashgan.
Miofibrillalar muskulning asosiy funksional elementlaridir. Ko‘ndalang-targ‘il muskul
miofibrillalari mikroskop ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga
bo‘lingandek bo‘lib ko‘rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop
disk) kuchli darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki
yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari uchun
mikroskop ostida qaralganda ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi.
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop disklari ularga
elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizil rangli tolalar
sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo‘ladi, oqish rangli tolalarning sarkoplazmasi oz,
miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi. Silliq muskullar ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq
qiladiki, ular mikroskop ostiga qo‘yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz
disklari ko‘rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv tolalari
bilan ta’minlangan.
Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Muskulning har
bir santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv sistemasiniig
qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog‘liq, muntazam ravishda mashq qilib
turgan odamning muskullari baquvvat bo‘ladi, kon tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi,
organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi.
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida cho‘ziladi yoki qisqaradi.
Qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar bo‘g‘imdan o‘tishiga qarab, bir
bo‘g‘imli (masalan, deltasimon muskul) va ko‘p bo‘g‘imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi
chuqur muskul) bo‘ladi. Muskullar bo‘g‘imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va
antago
nist
muskullarga bo‘linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga
keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda, tirsak bo‘g‘imida
bukish harakati sodir bo‘ladi. Antagonist muskullar qisqarganda qarama-qarshi harakatlar
vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning ikki boshli muskullariga yelkaning uch
boshli muskuli antagonistdir. U qisqarsa, tirsak bo‘g‘imida yozish harakati sodir bo‘ladi.
Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta’sir etadi. Masalan, birinchi
tartib, ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada, muskulning tortish va og‘irlik kuchi ikki
chetda, ulariing yelkasi va yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Masalan, ensa-atlant bo‘g‘imida kalla
muvozanatining saqlanishi. Bu richagda tayanch nuqta o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining vazni
oldingi yelkada, ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga
teng bo‘ladn. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og‘irlik kuchi. Bunday
richagda normal muvozanat saqlanadi.
Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og‘irlik kuchi o‘rtada
bo‘ladi. Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi uzun. Bu richagda
qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo‘lgani uchun kuchli ish bajariladi.
Uchinchi tartib richagda
Do'stlaringiz bilan baham: |