Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofjon Sariev



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/146
Sana04.03.2022
Hajmi2,09 Mb.
#482639
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146
Bog'liq
Она тили укитиш мет лотинда

Otlarda son bilan tanishtirish
. 3-sinfda “Otlarda son”, ya’ni otlarning birlik va 
ko’plikda qo’llanishi ustida ishlash jarayonida o’quvchilarda: 1) birlik va ko’plikda 
qo’llangan otlarning ma’nosi va qo’shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan 
ko’plik shaklidagi va, aksincha, ko’plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) 
gapda so’zlarning bog’lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to’g’ri 
foydalana olish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi taqqoslash usulidan foydalanib 
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan 
otlar taqqoslanadi: 
daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar 
kabi. Suhbat 
asosida 
daftar 
so’zi nechta (bitta) predmetni va 
daftarlar 
so’zi nechta (ikki va undan 
ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so’zlar bilan ham shunday ishlanadi. 
Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: 
agar otlar bir predmetni 
bildirsa, birlikda qo’llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, 
ko’plikda qo’llanadi. Ko’plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga –lar 


138 
qo’shimchasi qo’shiladi. Birlikdagi otlar 
kim?
yoki 
nima?
so’rog’iga, ko’plikdagi 
otlar esa 
kimlar?
 yoki 
nimalar?
 so’rog’iga javob bo’ladi.
Bu sinf o’quvchilariga faqat birlikda qo’llanadigan otlar, birlik shaklida 
qo’llangan 
armiya, qo’shin, xalq 
kabi otlar ko’plik ma’nosini bildirishi, bunday 
otlarga ko’plik 
qo’shimchasi qo’shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus 
tushuntirilmaydi. Agar o’quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda 
tushuntirish mumkin. 
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishini kuzatish aslida so’z shakli ustida 
ishlashning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar otlarni ko’plik 
qo’shimchasi bilan o’zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan 
so’zning leksik ma’nosi o’zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish