miy mebellami yig‘di. 1985-yilda Gans uylandi.
Uning rafiqasi
go‘zallik tanlovi g ‘olibasi edi (Karmen Tissen- Bomemis baro-nes-
sa). Baron to ‘plamning asosiy qismini Madridga yubordi, u yerda
kolleksiyalar Vilyarmos saroyiga qo‘yildi. Bornemis kolleksiyasi
uchun bir qancha mamlakatlar kurashdi.
Hukumat uning asosiy qismini 350 mln. AQSH dollariga sotib
oldi. Ammo bu summa real narxidan uch barobar oz edi. Hozirgi
ekspertlar u yerdagi kolleksiyalami taxminan 700 mln AQSH dol
lariga baholashmoqda. Baronessa Tissen-Bomemis
erining vafotidan
so‘ng kolleksiyalami ko‘paytirdi, ispan hukumati bilan kelishib,
to‘plamdan o ‘ziga tegishli qismini davlatga ijaraga berdi. Shart-
noma muddati har yili uzaytirildi. Hozirda unga tegishli asarlar
alohida korpusda ekspozitsiyaga qo‘yilgan, ushbu bino 2004-yilda
qurilgan.
Tissen-Bomemis fondini namoyish etish, qayta ta’mirlash, san’at
asarlarini saqlash va o ‘rganish maqsadida tuzilgan, muzeyda turli
mavzulardagi konferensiyalar va hattoki
konsertlar ham uyushtirilib
turiladi. Fond maktab o ‘quvchilari va sayyohlami san’at asarlari
bilan yaqindan tanishishlari uchun maksimal darajada sharoitlar
yaratadi. Ushbu muzey Prado muzeyi ro‘parasida joylashgan, un
ing asosiy kolleksiyasi merosdan olingan. Tissenlar oilasi kolleksiyani
1920-yillardan boshlab to‘play boshlaganlar. Unda G ‘arbiy Yevropa
san’atining ilk italyan va flamand ustalarining asarlaridan ekspre-
onistlari va pop-art asarlarigacha boiishi ko‘zda tutilgan. Kollek-
siyadan barcha Yevropa malakatlari rassomlari asarlari joy olgan.
Shuningdek, muzeyda zamonaviy san’at asarlari ham mavjud.
Impressionistlar asarlaridan Vinsent VanGogning “Yomg‘irdan ke
yin Ovyor ko‘chasi” (1988), TuluzLotrek — “Gaston Bonfua”( 1891),
Sezann — “Dehqonlar portreti” (1900), Gogen “Matte Mia”,
Pikasso
“Ko‘zguli arlekin” (1923) kabi asarlar bor. Haligacha muzey karti-
nalar sotib oladi va ular zalda namoyishga q o ‘yiladi. M uzeyning
yangi binosi juda ajoyib qurilgan.
Shimoliy Amerika XIX asr rangtasviri o ‘ziga xos b o iib , kollek-
siyadan joy olgan. 2004-yilda yangi zallar ochilib, ekspozitsiyalar
yanada kengaydi. Ularga shaxsiy kolleksiya ham qo‘shildi, ya’ni
Karmen to ‘plagan kartinalar, u 200 ta asami o ‘z ichiga oladi.
Ko‘rgazmalar muzey hayotida muhim o ‘rin tutadi. K o‘rgazma das-
turi yiliga 3 ta an ’anaviy ko‘rgazmani o ‘z ichiga oladi.
Bu yerdagi kolleksiyalar soni 800
taga yetadi, unga yana 200
ta kartina qo‘shilgan, y a’ni Karmen Tissen-Bomemis kolleksi
yasi. Bu muzey Pradoga ajoyib qo‘shimcha hamda qirolicha So
fiya markazlariga ham Tissen muzeyini boshqa muzeylardan ajratib
ko‘rsatadigan tomoni: boshqa ispan muzeylarida qo‘yilmagan uslub
namunalarining kolleksiyasi mavjudligi: italyan primitivizmi, ne-
mis uyg‘onish davri, XVII asr golland rangtasviri, XIX asr Amerika
rangtasviri, nemis ekspressionizmi,
rus konstruktivizmi, geometrik
abstraksiya va pop-art.
Ispaniya hukumati tomonidan 1993-yilda sotib olingan kollek
siya Baron Xals Genrix Tissen-Bomemis va uning otasi baron Genrix
tomonidan to ‘plangan. Baron G enrixo‘z kolleksiyasini o ‘tgan asming
20-yillarida yaratgan, 525 ta polotno yig‘gan. Uning oiim idan so‘ng
1947-yilda kartinalar merosxo‘rlar o ‘rtasida taqsimlandi. Ammo
uning o ‘g ‘li baron Xals otasini kolleksiyasini ko‘paytirish maqsadida
qarindoshlaridan qolgan asaralami ham sotib oldi. Otasining Shvetsar-
iyadagi Lugano shahridagi uyida kolleksiyalar saqlangan, biroq bu
yer barcha kartinalar uchun torlik qilgan.
Baron boshqa joy qidira
boshladi. Prado muzeyi yaqinida Ispaniya hukumati tomonidan
taklif etilgan bino baronni o ‘z kolleksiyasini Madriddagi Viyaermost
saroyiga ko‘chirishga undadi. Bu bino XVIII asr oxirida qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: