O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

Tissen-Bornemis muzeyi
Madriddagi Tissen-Bornemis muzeyi “San’atning oltin uchbur- 
chagiga” kiradi. Qirolicha Sofiya san’at markazi va Prado muzeyi 
bilan birga hozirda u Davlat kartina galereyasi, 1993-yilgacha 
xususiy kolleksiya edi. 2004-yilda qo‘shimcha bino qurildi. Ushbu 
muzey jahon madaniyatida katta ahamiyatga ega. U Yevropa 
rangtasviri paydo bo‘lgan XIII asrdan XX asr oxirigacha b o ig a n
davrdagi ekskursiyaga taklif etadi. Muzeyda 50 ta jahon madani­
yati durdonalari joylashgan: Karpachcho, Dyurer, Karavadjo, Ru­
bens, Frans Xals, Van Gog, Kiel, Xopez — bularning hammasi 
jahon tasviriy san’atining mashhur kishilaridir.
Jahonning mashhur xususiy kolleksiyalaridan birini Ispaniya 
poytaxtida joylashtirish to ‘g ‘risidagi qarorida M adrid san’atga 
b o ig a n e ’tiborini k o isa td i. Tissen muzeyi shaharning eng go‘zal 
rayonlaridan birida joylashgan, ajoyib uchburchak cho‘qqisi, 
y a ’ni san’at hiyobonida jahon san’ati xazinasi joylashgan42.
Muzey ochilish tarixi. 
Avgust Tissen Germaniyada yashab 
ijod etgan (1846-1926), nafis san’at shaydosi b o ig a n , aynan u 
xususiy kolleksiya y ig ish n i boshlagan, avlodlari esa davom ettir­
gan. Baron Genrix Tissen-Bornemis kolleksiyaning asosiy qismini 
yig‘gan, u Yevropadagi eng boy kishilardan biri b o ig a n . Otasidan 
ko‘plab san’at asarlari va biznes ishi unga meros b o iib qol­
gan. Avgust Tissenning kichik o ‘g i i 1920 — 1947-yillar o raligida 
500 dan ko‘p kartina yig‘gan. Ulaming oilasi Shvetsariyaga ko‘chib 
o ‘tadi va u yerda xususiy galereyada o ‘z buyumlarini qo‘yadi. 
Shu tariqa kolleksiya jahonga taniladi. Oilaviy biznes va karti­
nalar Genrix vafotidan so‘ng merosxo‘rlar o ‘rtasida taqsimlandi. 
Katta o ‘g i i baron Gans Tissen-Bornemis otasining merosini ken- 
gaytirdi, u italyan rangtasviri bilan qiziqdi, faqat kartinalarni emas, 
gabilenlami, zargarlik buyumlarini, keramikani, billurlami, qadi-


miy mebellami yig‘di. 1985-yilda Gans uylandi. Uning rafiqasi 
go‘zallik tanlovi g ‘olibasi edi (Karmen Tissen- Bomemis baro-nes- 
sa). Baron to ‘plamning asosiy qismini Madridga yubordi, u yerda 
kolleksiyalar Vilyarmos saroyiga qo‘yildi. Bornemis kolleksiyasi 
uchun bir qancha mamlakatlar kurashdi.
Hukumat uning asosiy qismini 350 mln. AQSH dollariga sotib 
oldi. Ammo bu summa real narxidan uch barobar oz edi. Hozirgi 
ekspertlar u yerdagi kolleksiyalami taxminan 700 mln AQSH dol­
lariga baholashmoqda. Baronessa Tissen-Bomemis erining vafotidan 
so‘ng kolleksiyalami ko‘paytirdi, ispan hukumati bilan kelishib, 
to‘plamdan o ‘ziga tegishli qismini davlatga ijaraga berdi. Shart- 
noma muddati har yili uzaytirildi. Hozirda unga tegishli asarlar 
alohida korpusda ekspozitsiyaga qo‘yilgan, ushbu bino 2004-yilda 
qurilgan.
Tissen-Bomemis fondini namoyish etish, qayta ta’mirlash, san’at 
asarlarini saqlash va o ‘rganish maqsadida tuzilgan, muzeyda turli 
mavzulardagi konferensiyalar va hattoki konsertlar ham uyushtirilib 
turiladi. Fond maktab o ‘quvchilari va sayyohlami san’at asarlari 
bilan yaqindan tanishishlari uchun maksimal darajada sharoitlar 
yaratadi. Ushbu muzey Prado muzeyi ro‘parasida joylashgan, un­
ing asosiy kolleksiyasi merosdan olingan. Tissenlar oilasi kolleksiyani 
1920-yillardan boshlab to‘play boshlaganlar. Unda G ‘arbiy Yevropa 
san’atining ilk italyan va flamand ustalarining asarlaridan ekspre- 
onistlari va pop-art asarlarigacha boiishi ko‘zda tutilgan. Kollek- 
siyadan barcha Yevropa malakatlari rassomlari asarlari joy olgan. 
Shuningdek, muzeyda zamonaviy san’at asarlari ham mavjud.
Impressionistlar asarlaridan Vinsent VanGogning “Yomg‘irdan ke­
yin Ovyor ko‘chasi” (1988), TuluzLotrek — “Gaston Bonfua”( 1891), 
Sezann — “Dehqonlar portreti” (1900), Gogen “Matte Mia”, Pikasso 
“Ko‘zguli arlekin” (1923) kabi asarlar bor. Haligacha muzey karti- 
nalar sotib oladi va ular zalda namoyishga q o ‘yiladi. M uzeyning 
yangi binosi juda ajoyib qurilgan.


Shimoliy Amerika XIX asr rangtasviri o ‘ziga xos b o iib , kollek- 
siyadan joy olgan. 2004-yilda yangi zallar ochilib, ekspozitsiyalar 
yanada kengaydi. Ularga shaxsiy kolleksiya ham qo‘shildi, ya’ni 
Karmen to ‘plagan kartinalar, u 200 ta asami o ‘z ichiga oladi. 
Ko‘rgazmalar muzey hayotida muhim o ‘rin tutadi. K o‘rgazma das- 
turi yiliga 3 ta an ’anaviy ko‘rgazmani o ‘z ichiga oladi.
Bu yerdagi kolleksiyalar soni 800 taga yetadi, unga yana 200 
ta kartina qo‘shilgan, y a’ni Karmen Tissen-Bomemis kolleksi­
yasi. Bu muzey Pradoga ajoyib qo‘shimcha hamda qirolicha So­
fiya markazlariga ham Tissen muzeyini boshqa muzeylardan ajratib 
ko‘rsatadigan tomoni: boshqa ispan muzeylarida qo‘yilmagan uslub 
namunalarining kolleksiyasi mavjudligi: italyan primitivizmi, ne- 
mis uyg‘onish davri, XVII asr golland rangtasviri, XIX asr Amerika 
rangtasviri, nemis ekspressionizmi, rus konstruktivizmi, geometrik 
abstraksiya va pop-art.
Ispaniya hukumati tomonidan 1993-yilda sotib olingan kollek­
siya Baron Xals Genrix Tissen-Bomemis va uning otasi baron Genrix 
tomonidan to ‘plangan. Baron G enrixo‘z kolleksiyasini o ‘tgan asming 
20-yillarida yaratgan, 525 ta polotno yig‘gan. Uning oiim idan so‘ng 
1947-yilda kartinalar merosxo‘rlar o ‘rtasida taqsimlandi. Ammo 
uning o ‘g ‘li baron Xals otasini kolleksiyasini ko‘paytirish maqsadida 
qarindoshlaridan qolgan asaralami ham sotib oldi. Otasining Shvetsar- 
iyadagi Lugano shahridagi uyida kolleksiyalar saqlangan, biroq bu 
yer barcha kartinalar uchun torlik qilgan. Baron boshqa joy qidira 
boshladi. Prado muzeyi yaqinida Ispaniya hukumati tomonidan 
taklif etilgan bino baronni o ‘z kolleksiyasini Madriddagi Viyaermost 
saroyiga ko‘chirishga undadi. Bu bino XVIII asr oxirida qurilgan.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish