O’quv-uslubiy majmua. Amaliy mashg’ulotlar. Ambulator terapiya
xavf
xavf
xavf
xavf
3ta xavf omili va
metabolik
sindrom yoki
nishona’zolarnin
g
zararlanishi
yoxud QD
O‘rtacha
qo‘shimcha
xavf
YUqori
qo‘shimcha
xavf
YUqori
qo‘shimcha xavf
YUqori
qo‘shimcha
xavf
O‘ta yuqori
qo‘shimcha
xavf
Assotsiyalangan
klinik holatlar *
O‘ta yuqori
qo‘shimcha
xavf
O‘ta yuqori
qo‘shimcha
xavf
O‘ta yuqori
qo‘shimcha xavf
O‘ta yuqori
qo‘shimcha
xavf
O‘ta yuqori
qo‘shimcha
xavf
*Assotsiyalangan klinik holatlar deganda bemorda bosh miya va qon- tomir (miyaga qon quyilishi,
ishemik insult, tranzitor ishemik xuruj), yurak (MI, stenokardiya, koronar revaskulyarizatsiya,
SYUE), buyrak (diabetik nefropatiya, buyrak etishmovchiligi), periferik tomir kasalliklari
(aortaning qavatlanuvchi anevrizmasi, periferik arteriyalarning shikastlanish belgilari) va og‘ir
retinopatiyalar (ko‘z tubida qon quyilishi yoki ekssudatlar, ko‘ruv nervi so‘rg‘ichi shishi)
tushuniladi.
YUqoridagilar orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlaridan biri nasliy moyillikdir.
CHunonchi, ota-onalaridan birida AG mavjud bo‘lsa, ushbu xastalikning kelajakda bolada paydo
bo‘lish ehtimoli 25%, ikkalasi ham kasal bo‘lgan holda esa bu ko‘rsatkich 50% gacha etadi. AGga
chalingan bemorlarda Evropa kardiologiya va Evropa gipertoniya
jamiyatlarining ekspertlari
tomonidan tavsiya etilgan (2007) yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishida xavf omillari darajasi
4-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadval yordamida bemorda yaqin 10 yil ichida kuzatilishi mumkin
bo‘lgan o‘limga olib keluvchi yoki olib kelmaydigan asoratlarni bashorat (prognoz) qilish mumkin.
Xavf omillari to‘rtta darajaga bo‘lingan bo‘lib, (past qo‘shimcha, o‘rtacha qo‘shimcha, yuqori
qo‘shimcha va o‘ta yuqori qo‘shimcha) ular oshgan sari AG bilan kasallangan bemorlarda yomon
oqibatlarga olib keluvchi asoratlar ko‘proq uchraydi. Tegishli ravishda past, o‘rtacha, yuqori va o‘ta
yuqori qo‘shimcha xavf omillari mavjud bo‘lgan bemorlar doimo UAV nazoratida bo‘lishlari va ehtiyoj
tug‘ilganda shifoxonada davolanishga hamda kardiolog maslahatiga yuborilishlari lozim. UAV bemorda
AB ning oshganligini ishonchli dalillar bilan tasdiqlagandan so‘ng qanday tamoyilga amal qilishi
lozim degan savol tug‘iladi. Mantiq jihatdan eng ma’quli SAG ni imkon boricha tezroq istisno
qilishdir. Buni ko‘p sonli laboratoriya asbobiy tekshirishlarni talab etmaydigan, xos klinik belgilarni
aniqlash, buni iloji bo‘lmagan taqdirda esa (ko‘pincha shunday bo‘lib chiqadi)
qiyosiy tashxislash
yo‘li bilan amalga oshirish lozim. Demak ”GK” tashxisi simptomatik AG ni istisno qilish yo‘li
bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: