24
strategik erkin bo’lganligi tufayli turdosh yoki noturdosh tarmoqlarga
kirib borishi, qo’shma korxonalar tuzishi, alyanslar va yangi tashkilotlar
yaratishi mumkin.
Atrofdagilar uchun kompaniya strategiyasining bir qismi ko’rinib
turadi, boshqa qismi esa begonalar uchun yashirindir.
Kompaniya
strategiyasini
aniqlovchi
harakatlar
(ketma-ketligi)
sxemasi va unga
yondashuvlar
Qisqa muddatli
foyda olish
yo’nalishidagi
harakatlar
Asosiy biznes
yo’nalishlarini
boshqarishni
takomillashtirish
harakatlar
Himoya
harakatlari,
raqobatchilar
hujumini
qaytarish, tashqi
xavf-xatardan
himoyalanish
harakatlari
Yangi
imkoniyatlardan
foydalanish (yangi
texnologiyalar,
yangi mahsulotlar,
raqobatchilarning
kompaniyalarini
sotib olish yoki ular
bilan kelishish,
xorijiy bozorlarga
chiqish harakatlari)
Foyda bazasini
diversifikasilash
harakatlari va
kompaniyani yangi
tarmoqlarga,
bizneslarga kirish.
Tarmoq muhitida yuz
beradigan o’zgarishlar (talabni
o’zgarishi, davlat siyosatini
o’zgarishi, raqobatning
globallashuvi, valyuta kursining
beqarorligi, yangi
raqobatchilarning paydo
bo’lishi, eskilarining yo’qolishi)
Raqobatchilarga qarshi
harakatlar,
raqobatbardoshlikni va uzoq
muddatli raqobat mavqeini
saqlash uchun hujumkor
harakatlar
Tovar assortimentini
kengaytirish yoki qisqartirish
va xizmat sifatini yaxshilash
harakatlariи
Integrasiyallashuv
harakatlari
Tovar va xizmatlar taklifini
geografik kengaytirish
harakatlati
Rasm 1.3. Kompaniya strategiyalari
25
1.1.4. Strategiyani amalga oshirish
quyidagilardan iborat:
Strategiyadan unumli foydalanuvchi tashkilotni yaratish.
Resurslarni muhim yo’nalishlarga sarflanishini ta’minlovchi
moliyaviy rejani yaratish.
Strategiyani qo’llab-quvvatlovchi siyosatni yuritish.
Strategiyani amalga oshirish motivini yaratish.
Natijalar bilan mukofotlash tizimsini bir-biriga bog’lash.
Kompaniyaning shunday madaniyatini yaratish lozimki, u
strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qilsin.
Muntazam takomillashtirish tizimsini yaratish.
Strategiyani amalga oshirish uchun tashkilotning ichki sardorlar
tizimsini yaratish.
Strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma’muriy ish bo’lib,
tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish,
motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini
yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini
amalga oshirishga xizmat
qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat.
Strategik rejani amalga oshirishda hamma rahbarlar qatnashadi.
Difersifikasiyalashgan kompaniyalarda strategiyani boshqarishning 4
pog’onasi mavjud:
Ijrochi – direktor va kompaniya darajasidagi boshqa oliy
rahbarlar.
Muayyan biznes yo’nalishida foyda va zararlar uchun javobgar
va strategiyani shakllantirish xuquqiga ega rahbarlar.
Biznes ichida funksional zonalar uchun javobgar (ishlab
chiqarish, marketing, moliya, ilmiy izlanishlar va kadrlar)
rahbarlar.
Asosiy ishlab chiqarish bo’limlarining rahbarlari javobgarligi.
Strategiyani shakllantirish va tadbiq
etish oliy rahbariyat
zimmasida bo’lganligi uchun direktorlar kengashining strategik roli
strategik muammolarni to’g’ri hal etishni nazorat qilishdan iboratdir.
Direktorlar kengashi muhim strategik harakatlarni nazorat qiladi va
26
strategik rejalarni rasmiy qœllab-quvvatlaydi. Kamdan-kam vaziyatlarda
direktorlar kengashi strategiyani yaratishda yetakchi rol o’ynaydi.
Strategik boshqaruv jarayonida direktorlar kengashining roli
strategik harakatlarni tanqidiy baholash va kelajak strategiyasini amalga
oshishini ta’minlashdan iborat. Direktorlar
kengashining asosiy
vazifalaridan yana biri oliy rahbariyatning strategiyani yaratish va
amalga oshirish sohasidagi malakasini nazorat qilish ya’ni, direktorlar
kengashi ijrochi-direktori va boshqa rahbarlar o’z vazifasini qanday
bajarayotganini baholashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: