Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)


XIX asr oxirlarida vujudga kelgan Turkistonda jadidchilik



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/402
Sana03.03.2022
Hajmi20,94 Mb.
#481069
TuriСборник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   402
Bog'liq
a62191 d9da4dd4d7a94a5fb747db07c9ca292b

XIX asr oxirlarida vujudga kelgan Turkistonda jadidchilik
harakati XX 
asrning boshlariga kelganda sifat jihatidan bir biridan farq qiluvchi rivojlanish 


108 
bosqichlarini bosib o‘tdi. Vatan va millat taraqqiyoti uchun jadidlar turli xil 
yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatdilar. Ushbu harakat vakillari jamiyatda ijtimoiy-siyosiy 
islohotlar o‘tkazish uchun kurashni muhim masala deb bilganlari holda ham, ma’rifat 
uchun kurash taraqqiyparvarlar faoliyatining asosiy diqqat markazida turdi. Ma’rifatni 
ular keng ma’noda tushindilar. Shu bois, milliy ma’rifatparvarlikning yangi 
tarmoqlarini o‘lkada qaror toptirdilar. Ijtimoiy turmushni, milliy urf-odatlarni isloh 
qilishni jadidlar dolzarb masalalardan biri deb hisobladilar. Jadidlar siyosiy 
faoliyatining yuksak cho‘qqisi ular tomonidan Turkiston Muxtoriyatining tashkil 
etilishi bo‘ldi. Garchand, bu hukumat qonga botirilgan bo‘lsada, biroq o‘lkada milliy 
asosdagi davlatchilikni tiklash uchun dadil qadamlar tashlandi. 
Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi, o‘lkani Rossiya 
imperiyasining agrar xom ashyo yetkazib beradigan mustamlakasiga aylantirdi. 
Mahalliy xalq turmush sharoitining yomonlashib borishi, milliy-diniy qadriyatlarning 
oyoq osti qilinishi, chet el sarmoyasining o‘lkaga shiddat bilan kirib kelishi, o‘lka 
boyliklarining bosqinchilar tomonidan shafqatsizlarcha talanishi ilg‘or fikrli ziyolilarni 
befarq qoldirmadi. Shu bois milliy vatanparvar ziyolilar tomonidan mustamlaka 
asoratidan qutilish va taraqqiyot uchun kurashning turli yo‘llari izlandi. Ushbu 
harakatlar natijasida vodiyda ham XIX asr oxirlariga kelib jadidchilik harakati kelib 
chiqdi.
Jadidlarning harakati tufayli XX asr boshlariga kelib o‘nlab yangi usul maktablari 
faoliyat ko‘rsatmoqda edi. Ayniqsa, Rus-Yapon urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng 
boshlangan ijtimoiy siyosiy harakatlardagi jonlanish Turkistonlik jadidlar faolligining 
oshuviga katta turtki bo‘ldi va jadidchilik harakati ushbu jarayonlar ta’sirida siyosiy 
tus ola boshladi.
Taraqqiyparvarlar omma orasida ma’rifatni keng yoyish, millatning siyosiy 
ongini yuksaltirish borasida ommaviy nashrlar, bosmaxonalar ochdilar, teatr 
tomosholari tashkil etdilar. Bu borada Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jaev, 
Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalarning xizmatlari beqiyos 
bo‘ldi[4]. 


109 
Turkistondagi dastlabki taraqqiyparvar jamiyatlar, tadqiq etilgan manbalar bergan 
ma’lumotlarga ko‘ra, 1905-1907 yilgi birinchi rus inqilobidan so‘ng, Eron va 
Turkiyadagi 
ijtimoiy-siyosiy 
harakatlar ta’sirida vujudga kelgan. Osiyo 
mamlakatlaridagi 
inqilobiy 
harakatlar, 
musulmon 
dunyosidagi, 
xususan, 
Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va diniy fikrlarning taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lib 
xizmat qildi.
1904-1905 
yillardagi 
Rus-yapon 
urushida Rossiyaning mag‘lubiyati 
imperiyadagi barcha ezilgan xalqlar oldida podsho mustabid tuzumi obro‘sini keskin 
tushishiga olib keldi. Bu esa siyosiy fikrlar rivojiga turtki berib, milliy ozodlikka 
erishish orzularini ushalishiga ishonch uyg‘otdi. Sharqdagi inqiloblar va o‘lkaga u 
yerlardan kirib kelgan turli xil g‘oyaviy oqimlar bu yerlardagi muxolif kuchlarning 
birlashishi, milliy-siyosiy tashkilotlar holiga kelishi va rivojlanishi uchun muhim omil 
bo‘lib xizmat qildi. 
Umumiy diniy va milliy maqsadlar yo‘lidagi mushtaraklik Rossiyaning ilg‘or 
musulmon ziyolilarini yagona g‘oya tevaragida jipslashishga chorladi. Va nihoyat, 
1905 yilning 15 avgustida Nijniy Novgorodda Rossiya musulmonlarining I s’ezdi 
chaqirildi. S’ezdga Rossiyaning turli mintaqalaridan 150 ga yaqin delegatlar tashrif 
buyurdilar. Birinchi musulmon s’ezdi Butunrossiya musulmonlari ittifoqi (“Ittifoqi 
muslimin”)ni tuzilganligini e’lon qildi. Ittifoq Nizomi esa, “Kaspiy” va “Hayot” 
gazetalarining muharriri bo‘lgan Alimardonbek To‘pchiboshev tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‘lib, 1906 yil yanvar oyida Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan 
musulmonlarning II s’ezdida tasdiqlandi[5]. 
“Ittifoq” dasturi esa, 1906 yil 16-21 avgust kunlari Nijniy Novgorodda bo‘lib 
o‘tgan Butunrossiya musulmonlarining III s’ezdida qabul qilindi. “Ittifoqi 
muslimin”ning tuzilishi Rossiya musulmonlari ijtimoiy-siyosiy harakatlari rivojida 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
XX asr boshlarida butun Rusiya imperiyasida talabalar harakati keng yoyilgani 
kabi, musulmon madrasalarida ham talabalarning siyosiy faolligi bir muncha ortgan 
edi. 1908 yilga kelib esa, jumladan Qo‘qon shahrining bir guruh ilg‘or fikrli madrasa 
talabalari tomonidan “Shamsinur” jamiyati tuziladi[6].


110 
Jamiyat a’zolari xalq ommasini ilmli, ma’rifatli qilishni, madrasalarda aniq Fanlar 
o‘qitilishini joriy qilinishini birinchi galdagi vazifalardan deb bildilar. 
Jamiyat yig‘ilishlarida o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalar ham 
muhokama qilingan. 
“Shamsinur” jamiyati faoliyatida jadidlarning sezilarli ta’siri bo‘lgan. 
Turkistonning atoqli jadidlaridan Hamza Hakimzoda Niyoziy ham o‘z siyosiy 
faoliyatini ilk bor shu jamiyatdan boshlagan[7]. 
Turkistonning uyg‘onishi podsho hukumatini, rasmiy doiralarni befarq 
qoldirmadi. O‘lkada tuzilgan har qanday jamiyat va tashkilotlar mustabid hukumat 
ma’muriyati tomonidan qo‘yilgan ayg‘oqchilarning kuzatuvi ostida bo‘lgan. 
1912 yil 20-iyulda Qo‘qon shahrida “Qo‘qon artistlar to‘garagi” tashkil etilgan 
bo‘lib, Hamza uning asoschilaridan biri edi[8]. To‘garakning maqsadi dramatik 
asarlarni o‘rganish va ularni sahnalashtirish hamda san’at havaskorlarini unga jalb 
etishdan iborat edi. Bu davrda Hamzaning faoliyati, asosan, yangi o‘zbek dramatik 
teatrini vujudga keltirishdan iborat bo‘lgan. 1914-1916 yillar mobaynida u 18 dan ortiq 
adabiy-publitsistik asarlar yaratdi. 
Birinchi jahon urushi yillarida o‘lka ziyolilari ijtimoiy-siyosiy hayotga faol 
aralasha boshladilar. Xuddi shu davrda Turkistonda ham milliy nashrlar va jamiyatlar 
soni ortib borib, jadidlar tomonidan qoloqlikdan qutulish va milliy taraqqiyot sari dadil 
qadamlar tashlana boshladi. 
1916 yil Qo‘qon shahrida taraqqiyparvarlar tomonidan “G‘ayrat” jamiyati 
tuziladi. Bu jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, birinchidan, yangi usul 
maktablarini darslik, daftar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash bo‘lsa, ikkinchidan, 
yerli xalq orasida kitob, gazeta va jurnallarni mahalliy tilda chop etib, tarqatishdan 
iborat bo‘lgan. Qo‘qonning eski shahar qismida joylashgan jamiyatga qarashli 
do‘konda, o‘sha davr mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan Orenburgda chop 
etiladigan tatar tilidagi “Vaqt”, Moskvadan chiquvchi tatarcha “So‘z” gazetasi, 
Bokudan chiqadigan “Ochiq so‘z” gazetalarininng savdosi qizg‘in bo‘lgan. Bundan 
tashqari jamiyat tomonidan rus tilidagi gazetalardan Andijonda nashr etiladigan 
“Turkestanskiy Golos” gazetasi ham tarqatilgan[9].


111 
Gazeta sahifalarida mahalliy aholi maktab-maorif tizimi haqida ham ko‘plab 
maqolalar e’lon qilingan: “...Madaniyatli yerli aholi hozirgi zamon sharoiti ularning 
bolalari oldiga qanday talablarni qo‘yayotganligini butunlay anglab yetdilar. Bugungi 
rus-tuzem maktablarining qoniqarsizligidan, ular o‘z farzandlarini bilimli qilish uchun 
boshqacha yo‘llarni qidira boshladilar. Buning natijasida yangi usul maktablari paydo 
bo‘ldi...”[10].
Qo‘qon shahridagi “G‘ayrat” musulmon ma’rifatparvarlik jamiyati a’zolari 
orasida “Turkestanskiy Golos” gazetasining ko‘p sonli paychilari mavjud edi. 
Yuqoridagi gazeta muharririyatining umumiy rahbarligi ostida 1916 yilning oktyabr 
oyi boshlaridan e’tiboran, Andijon shahrida mahalliy tildagi matbuotni tashkil etish 
uchun harakatlar bo‘lgan. Lekin “G‘ayrat” jamiyati tarkibida erkin jurnalistlar soni 
yetarli darajada emas edi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahrida tashkil etilgan 
“Turkestanskiy Kray” gazetasi “G‘ayrat” jamiyatiga mahalliy tilda chop etiladigan 
nashrni Andijonda emas, balki, Qo‘qonda “Turkestanskiy Kray” gazetasi 
tahririyatining umumiy rahbarligi ostida chop etishni taklif qildi. Shuningdek gazeta, 
o‘z paylarining ma’lum miqdordagisini sotib olish sharti bilan, “G‘ayrat” jamiyati 
uchun o‘z bosmaxonasidan foydalanishni ham taklif qildi[11].
Mustamlakachilar tomonidan Toshkentda chop etiladigan jadidlarning «Sadoyi 
Turkiston» gazetasi yopib qo‘yilgach, taniqli jadid Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev 
Toshkentdan Andijonga kelgan edi. Uning Andijonga kelishi ham hukmron mustabid 
hukumatning milliy taraqqiyparvarlarga qarshi olib borgan ta’qib va tazyiqlar o‘tkazish 
siyosatining natijasidir. Milliy matbuotimizning qaldirg‘ochlari “Taraqqiy”, 
“Hurshid”, “Shuhrat” va boshqa gazetalarning hech qancha soni chiqmasdan yopib 
qo‘yilishi, chor ma’murlarining o‘lka xalqlarini har jihatdan asoratda saqlashga intilib 
olib borgan siyosatining bir ko‘rinishi edi. Xuddi shunday ayanchli qismat “Sadoyi 
Turkiston” gazetasi boshiga ham tushdi. Shundan so‘ng muharrir Ubaydullaxo‘ja 
Asadullaxo‘jaev gazetani Andijonda chiqarishga harakat qildi. Biroq Farg‘ona viloyati 
harbiy gubernatori Asadullaxo‘jaevning gazeta chiqarishiga ruxsat bermaydi[12].
1916 yilga kelib jadidlar tomonidan Andijon shahrida «Taraqqiyparvar» jamiyati 
tuzildi. Bu davrda o‘lka jadidlarining siyosiy faolligi ancha oshgan bo‘lib, ular o‘z 


112 
yig‘ilishlarida, gazeta va jurnallardagi maqolalarida ma’rifiy mavzular bilan birga 
ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni ham ko‘tarib chiqa boshlaganlar. Andijondagi bu 
jamiyat taniqli jadid Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev rahbarligida tuzilgan bo‘lib, bu 
haqda chor ayg‘oqchilari ham tez orada xabar topadilar.
“Taraqqiyparvar” va “G‘ayrat” jamiyatlari vodiydagi boshqa jadid tashkilotlariga 
nisbatan mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga faol aralashgan, omma orasida o‘z obro‘si 
va sezilarli ta’siriga ega bo‘lgan tashkilot edi. 
Xulosa qilib aytganda, jadidlar yosh avlodninig manaviy ruhiy ongini usishi 
hamda ularning zamonaviy bilim olishlariga juda kata bemennat xizmat qilganlar. Shu 
bilan bir qatorda ular chet mamlakatlari bilan o‘zaro fikr almashishga muyassar 
bo‘lishgan. Jadidlar ilmiy merosining yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi roli beqiyos 
bo‘lganligi bugungi kunda ham o‘zinning dolzarbligini belgilab turibti. Chunki ular 
taxlikali bir vaziyatda o‘zlarining vatanga va xalqiga bo‘lgan muhabbati ila 
qo‘riqmasdan maqsadlari sari olg‘a borishgan.

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish