Mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlikni xorijiy kredit liniyalari orqali kreditlash tartibini xorijiy tajribaga asoslanib takomillashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH Mamlakatimizning turli mintaqalarini rivojlantirishda xorijiy bank kreditlaridan foydalanish, ular uchun qulay shartlarda bo‘lgan xorijiy mablag‘lardan samarali foydalanish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlash ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaydi.
Xalqaro kredit O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni katta.. Jahon tajribasidan ma'lumki, tadbirkorlikni mikrokreditlash uchun asosan, xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari orqali moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi. 1992-yildan boshlab, O'zbekiston Respublikasi xalqaro moliya institutlari (ETTB, XMK, OTB va boshqalar) bilan xamkorlikni boshlagan. Bu xalqaro moliya institutlari respublikamizning yirik tijorat banklarida kredit liniyalarini ochdi. Hozirda bunday kreditlar hajmi oshib bormoqda. Asosan kichik biznes subyektlariga xalqaro kreditlarni olishda keng imkoniyat berilayotganligi mamlakatning kelajakdagi taraqqiyoti, iqtisodiy korsatkichlarning oshishi, ish o'rinlarining yaratilishi va albatta aholi turmush farovonligini oshirishga hissa qo'shishi tabiiy.
Mustaqil O‘zbekiston o‘zi tanlagan va o‘ziga xos erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli demokratik-huquqiy davlat qurish yo‘lida bosqichma-bosqich olg‘a bormoqda. Barpo etilayotagan davlat avvalo umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida taraqqiy etgan boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, o‘ziga xos milliy an’analarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmoqda. Tanlangan yo‘lda iqtisodiyot, shubhasiz, rivojlanishning muhim bo‘g‘ini va manbasi hisoblanadi.1 Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon o‘z taraqqiyotining 31 yilligiga qadam qo‘ymoqda. Qisqa fursat ichida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, ko‘p ishlar qilindi. Oxirgi yillarda tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish masalasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Respublika ishlab chiqarish kuchlarini zamonaviylashtirish va qayta qurish uchun ulkan sarmoya va qo‘yilmalarga muhtoj. Ichki investisiyalarni moliyalashtirish manbalari esa yetarli emas. Shuning uchun hukumatimiz keng miqyosda xorijiy investisiyalarni jalb qilishni strategik maqsadlarga qaratgan bo‘lib, u davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarilgan bir sharoitda hech bir alohida davlat o‘z rivojlanish istiqbollarini tanholikka tayangan holda belgilay olmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari va ularning samaradorligi milliy iqtisodiyot barqarorligini hamda uning rivojlanish harakatini aniqlab beradi. Binobarin, zamonaviy mamlakatlar xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e’tibor bermoqdalar.
Hozirgi vaqtda xalqaro moliyaviy institutlar, dunyoning yirik banklari faoliyatini va ularning asosiy funksiyalarini tahlil qilish nihoyatda dolzarbdir. Buning respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida ularning faoliyatini hamda respublikamiz bilan hamkorlik istiqbollarini yoritish muhim ahamiyatga ega.
Bizga ma’lumki, xalqaro moliyaviy institutlar butun jahon hamjamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarini rivojlantirishga qaratilgan tashkilotlar bo‘lib, ular asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish va hamkorlik qilishni o‘zida mujassamlashtiradi.