O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Xorijiy bank kreditlarini jalb etishning nazariy-huquqiy asoslari



Download 269,38 Kb.
bet2/11
Sana11.07.2022
Hajmi269,38 Kb.
#776599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi (Xalqaro KM) Ulug\'bek (копия)

1. Xorijiy bank kreditlarini jalb etishning nazariy-huquqiy asoslari
Dunyo rivojlanishining asosiy omili bo‘lib XX asr oxirlarida tizimli va barqaror xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy resurslarning globallashuv jarayoni hisoblanadi. Dunyo xo‘jaligi doirasida ko‘plab xalqaro tovar, xizmatlar va kapital oqimi yuz berayotgan jarayonda xalqaro kreditning roli o‘rni beqiyos sanaladi. Ayniqsa oxirgi 100 yillikda xalqaro kredit dunyo xo‘jaligi aloqalari va ishlab chiqarish kuchlarini global rivojlanishini kengayishi hamda chuqurlashishida katta rol o‘ynaydi.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy kredit liniyalari va ular orqali kirib kelayotgan investisiyalarning o‘rni beqiyos sanaladi. Bunda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Xalqaro kredit hajmining o‘sishi dunyo xo‘jaligi aloqalari internatsionnalashuvi, xalqaro mehnat taqsimoti va fan – texnika taraqqiyoti yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Xalqaro kredit – iqtisodiy kategoriya hisoblangan kreditning bir turi bo‘lib, maqsadlilik, qaytarishlilik, muddatlilik, to‘lovga qobillik hamda foizlilik shartlarini o‘z ichiga olgan holda valyuta va tovar resurslari taqdim etish bilan bog‘liq xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi ssuda kapitalining harakati hisoblanadi. Xalqaro kreditning subyektlari sifatida banklar, korxonalar, transmilliy korporatsiyalar, davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari ishtirok etishlari mumkin.
Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag‘lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bo‘ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga keladi;
2. Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda kreditni qaytarilishini ta’minlash;
3. Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni to‘lashni
kafolatlanganligi;
4. Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq obyektlarga yo‘naltirishni ko‘zlash.
5. Foiz to‘lashlilik.
Xalqaro kreditning shartlari bozorning iqtisodiy qonunlarida o‘z aksini topadi hamda bozorning iqtisodiy agentlari va davlatning ba’zi vazifalarini hal etish uchun ishlatiladi.2
Xalqaro kreditning funksiyalari o‘zida xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi ssuda kapitali harakatining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Ular:
1. Takror ishlab chiqarish talablarini ta’minlash maqsadida davlatlar o‘rtasida ssuda kapitalining qayta taqsimlanishi. Ssuda kapitali xalqaro kredit mexanizmi orqali daromadliroq va ko‘proq foyda keltiradigan bo‘lgan tarmoqlarni rivojlantirishga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadni o‘rtacha daromadga tenglashishiga sabab bo‘ladi va uning massasini oshishiga olib keladi;
2. To‘lov vositalarini (tratta, veksellar, cheklar, bank o‘tkazmalari, elektron pullar, depozit sertifikatlar, SDR va hk.) ishlatish yordamida xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida xarajatlar muomalasini kamaytirish, naqd pulsiz to‘lovlarni tezlashtirish va rivojlantirish. Bu funksiya orqali xalqaro kredit operasiyalari orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlar iqtisod qilinadi.
3. Xorijiy kredit yordamida kapitalni markazlashtirish va konsentrasiyalashni tezlashtirish. Bu funksiya birinchi navbatda foydani kapitallashtirish jarayonini tezlashtiradi va xorijiy kapital jalb qilinishi natijasida qo‘shimcha foyda olish imkoiyatini yaratdi, chet el kreditlarini jalb kilish tufayli qo‘shimcha qiymatni kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamg‘armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallariga boshqa davlatning mablag‘lari qo‘shilishi oqibatida ko‘payadi, ikkinchidan trans milliy korporasiyalar va trans milliy banklarning paydo bo‘lishga yordam beradi, uchinchidan yirik korxonalarga imtiyozli xorijiy kreditlarni jalb qilinishiga sharoit yaratadi.
4. Iqtisodiyotni tartibga solish. Bu funksiya birinchi navbatda xalqaro valyuta – kredit va hududiy tashkilotlarning kapitalini hamda xorijiy investisiyalarni jalb qiladi va bu esa YAIMning o‘sishiga, uning to‘g‘ri taqsimlanishiga yordam beradi.
Bir – biriga bog‘liq bo‘lgan bu funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda xalqaro kredit mamlakat iqtisodiyoti va ishlab chiqarishini rivojlantirishda ikki xil, ya’ni : ijobiy va salbiy rol o‘ynaydi. Bir tomondan xalqaro kredit takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz ishlashini hamda uning kengayishini ta’minlaydi, ishlab chiqarish va ayirboshlashni internasionallashtiradi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi, davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytiradi, xorijiy investisiyalar uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratib beradi hamda xalqaro to‘lovlarning to‘xtovsiz amalga oshirilishini ta’minlab beradi hamda raqobat kurashida pozisiyalarni mustahkamda ham ishlatiladi. Ikkinchi tomondan esa xalqaro kredit yuqori foyda keltiruvchi tarmoqlarni juda tez rivojlanishini rag‘batlantiradi, bu esa ijtimoiy takror ishlab chiqarishda nomutanosibliklarni keltirib chiqaradi hamda ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro kreditning ikki yoqlama roli o‘zaro foydali hamkorlik va raqobat kurashida ishlatilishida namoyon bo‘ladi.
Xalqaro kredit rivojlanayotgan mamlakatlarning samarali soha va tarmoqlarining rivojlanishi uchun rag‘bat yaratadi va xalqaro moliyaviy – iqtisodiy munosabatlar tizimida haqaqatdan ham integratsiya kengayishiga imkoniyat yaratadi.
Xalqaro kreditga bo‘lgan talab davlatning xorijiy kredit va qarz vositalariga bo‘lgan extiyoji bilan aniqlanadi. Bu obyektiv talab chegarasining buzilishi qarzdor davlatning tashqi qarzlarni tartibga solish bilan bog‘liq bir qancha muammolarning paydo bo‘lishiga, shu bilan bir qatorda, davlatlarning iqtisodiy potensiali va xalqaro kreditni o‘zlashtirish samaradorligi imkoniyatlariga nisbatan juda katta miqdordagi tashqi qarzdorlik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Davlat tashqi qarzi – bu muayyan bir davlatning boshqa xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro moliya institutlari hamda dunyodagi yirik tijorat banklaridan kreditlar olinishi natijasida yuzaga kelgan qarzdorliklardir. Tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish (qaytarish) uning asosiy summasi hamda unga hisoblangan foiz summalariga ajratiladi.
Xalqaro amaliyot tajribasi shundan dalolat beradiki, hozir dunyoda xalqaro moliya institutlaridan, yirik tijorat banklaridan va boshqa mamlakat hukumatlaridan ma’lum miqdorda tashqi qarz olingan davlat uchramaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda yuzaga chiqqan Covid-19 pandemiya oqibatlarini bartaraf etish maqsadida iqtisodiyotni taraqqiy etgan davlatlar, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va hozirgi vaqtda Gretsiya, Portugaliya va Ispaniya kabi ko‘plab davlatlar o‘z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya - bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga katta mablag‘larni yo‘naltirish uchun ulkan tashqi qarzlarni olishga majbur bo‘ldi. Ushbu holat esa juda ko‘plab mamlakatlarda katta miqdordagi davlat byudjeti taqchilligi bilan birga davlat tashqi qarzlarini keltirib chiqardi. Yevropa Ittifoqiga a’zo va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining rivojlanish bosqichida davlat tashqi qarzi va davlat byudjeti taqchilligi o‘ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan, yevrohudud mamlakatlarida Maastrixt shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar – uchun “yevro zonasi” da ishtirok etishlari uchun 1993-yil 2‑maydan boshlab quyidagi qat’iy mezonlar o‘rnatilgan:
- davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 %dan ortmasligi lozim. Agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaniladi;
- davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki maxsulotga nisbatan 60,0 % dan ortmasligi lozim (yoki ushbu ko‘rsatkichga barqaror yaqinlashib borishlik mumkin);
- inflyatsiya darajasi Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan eng moʻtadil narx - navo mavjud bo‘lgan uchta mamlakatdagi ko‘rsatkichdan 1,5 % dan ortmasligi lozim;
Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida rivojlangan mamlakatlarning yalpi davlat qarzlari dinamikasini yillar kesimida ko‘rib chiqamiz.



Download 269,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish