Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/402
Sana03.03.2022
Hajmi20,94 Mb.
#481069
TuriСборник
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   402
Bog'liq
a62191 d9da4dd4d7a94a5fb747db07c9ca292b

ФИО автора:
Burxonov Lazizjon Salimjon o‘g‘li
Jizzax Davlat pedagogika instituti,
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) yo‘nalishi 2-bosqich 
magistranti 
Название публикации:
«ABDULLAXON II NING MARKAZLASHGAN 
DAVLATGA ASOS SOLISHI» 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Abdulaxon II ning markazlashgan davlat barpo qilish yo‘lidagi 
kurash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikning ta’minlanishi, mamlakat 
iqtisodiyotini ko‘tarish uchun kurashlari, davlatchiligimiz tarixidagi tutgan o‘rnini 
yoritishga harakat qilingan. 
Kalit so‘zlar

Shayboniyxon, Abdullaxon II, Dashti Qipchoq, rabot , sardoba, V.V.Bartold, 
Hofiz Tanish Buxoriy, “Sharafnomayi shohiy”, “Abdullaxon jangnomasi”, pul 
islohoti, misqol. 
O‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan 
chiqqan eng yirik hukumdori, davlat arbobi, sarkarda, ilm – fan, ma’rifat, madaniyat 
homiysi.
70
Abdullaxon II so‘nggi yigirma yil davomida siyosiy boshboshdoqlik 
natijasida natijasida parchalangan mamlakat va mintaqani birlashtirishni bosh maqsad 
qilib, bu yo‘lda ko‘p va muvafaqqiyatli, shu bilan birga mashaqqatli harakatlarni 
amalga oshirgan buyuk davlat arbobidir. Abdullaxon II Amir Temurdan so‘ng Dashti 
Qipchoqqa nisbatan qat’iy siyosat yurgiza olgan yagona va so‘nggi davlat arbobi 
sanaladi.
Abdullaxon II Shayboniyxon vafotigan so‘ng parchalanib ketgan hududni qayta 
tiklagan, markaziy davlat hokimyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq 
kurash olib borgan. Abdullaxon davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy 
70
B. Ahmedov “O‘zbek ulusi” Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nash. T. 1992. 65 b.


796 
dengizi sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismgacha 
bo’lgan yerlardan iborat edi.
Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi davlat boshqaruv tizimini 
mustahkamlash ayniqsa pul islohati o’tkazish yo’lidagi faoliyati natijalari, keyingi 
davrlarda ham saqlanib qolgan. U ko’plab turli inshoatlar quddirgan. Hozirgacha u xalq 
orasida u yoki bu inshoat qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxonga nisbatan beriladi.
71
Abdullaxon II hokimiyatni to‘la qo‘liga olib markazlashgan davlat tuzganidan 
keyin, 1584-yilda Badaxshonni va 1588-yilda Hirotni 1593-1594yillarda uch bor 
yurish qilib Xorazmni, 1595-1596-yillarda Xazoraspni bo‘ysundirib o‘z davlatiga 
qo‘shib oldi. Shu bnlan qudratli markazlashgan davlat vujudga keldi. Bu davr 
O‘zbekiston tarixida iqtisod, siyosat va siyosiy aloqalar rivojlangan bir davrni tashkil 
qiladi. 
Abdullaxon II ning shaxsiga kelsak, eng avvalo shuni ta’kidlash lozimki, o‘rta 
asr sharq hukmdorlariga qanday xislatlar xos bo‘lsa, unga ham ana shularning barchasi 
xos edi. Abdullaxon II so‘nggi yigirma yil davomida siyosiy boshboshdoqlik natijasida 
parchalangan mamlakat va mintaqani birlashtirishni bosh maqsad qilib bu yo‘lda ko‘p 
va muvaffaqiyatli, shu bilan birga mashaqqatli harakatlarni amalga oshirgan buyuk 
davlat arbobi edi. U mohir siyosatchi, jasur askarboshi, o‘zining shaxsiy mablag‘iga 
juda ko‘plab ijtimoiy qurilishlar, 1001 ta rabot va sardobalar (usti berk suv ombori) 
qurdirgan davlat boshlig‘i edi. Shu bilan birga poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan 
markazlashgan davlat barpo etgan, qahri qattiq hukmdor edi. Uning 40 yillik 
hukmronligi davri, akademik V.V.Bartold ta’kidlaganidek, O‘rta Osiyo tarixida tartib 
va intizom ta’minlangan davr bo‘lib, o‘zbek xalqi tarixiga esa u turli qabila va 
urug‘larni birlashtirish ramzi sifatida kirdi. Uning butun umri ana shu markazlashgan 
davlatni tuzish uchun bo‘lgan jang maydonlarida o‘tdiki, Hofiz Tanish Buxoriyning 
“Sharafnomayi shohiy” kitobini haqli ravishda “Abdullaxon jangnomasi” deb atash 
71
Maradjabova F. E. «К историй Ташкентского Восстачния 1558 года» Markaziy Osiyo tarixi: 
manbashunoslik va tarixshunoslik izlanishlar. I ilmiy to’plam T. 2009. 179. b. 


797 
ham mumkin. Markazlashgan davlat tuzish g‘oyasi umuminsoniy qadriyatlarga kirib, 
siyosiy tarixda qadrlanib keladi. 
Abdullaxon II davlat ishlarini yo‘lga qo‘yish, shariat qoidalarining bajarilishi, 
huquq-tartibotni mustahkamlash bo‘yicha bir necha islohotlar o‘tkazib keng faoliyat 
olib borgan. Manbalarda ularning ba’zilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchraydi. 
Jumladan 1581-yilda u «Tangri tomonidan omonat berilgan raiyatga xayri-xoh 
bo‘lganidan» pul islohoti o‘tkazgan hamda «Tillaga boshqa narsani aralashtirmasdan 
tozalasinlar va pulni bir misqol
72
vaznda zarb qilib, qalloblik asosini tub tomiri bilan 
qo‘porsinlar» deb farmon bergan.
73
Oltin o‘lchaydigan tarozi egalarini shaxsan o‘zi 
chaqirib taftish qilib o‘lchamda tafovutga yo‘l qo‘yganlarni jazolagan. 
U Samarqand, Shahrisabz, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Termiz kabi 
viloyatlarni poytaxt Buxoro atrofida birlashtirish yo‘lida ko‘plab harbiy-siyosiy 
tadbirlarni ro‘yobga chiqaradi. Bu siyosatning murakkabligi nechog‘lik bo‘lganini 
shundan ham ko‘rsa bo‘ladiki, 1578-yili, ya’ni faol siyosat yurgiza boshlaganidan 
yigirma yil o‘tgandan keyin ham, Samarqand, Xorazmni poytaxt ixtiyorida saqlab 
qolishdek yumushlarni bajarishga majbur bo‘lgan. Xorazmni markaziy hokimiyat 
doirasiga kiritish uchun uch marotaba uringani va axiyri maqsadiga 1596-yili, 
o‘limidan ikki yil burungina erishganini olaylik. Xullas, mamlakat siyosiy yaxlitligiga 
erishish oson kechmagan.
74
Muxtasar qilib aytaganimizda, shayboniyzoda Abdullaxon II siyosiy tarqoqlikka 
qarshi kurash olib borib, mamlakatda nisbatan tinchlik va osoyishtalik o‘rnatib, Buxoro 
xonligini markazlashgan davlatga aylantirdi. Abdullaxon II o‘zbek davlatchiligi 
tarixida munosib o‘rin egalladi. 
72
Misqol – og‘irlik o‘lchovi 1,37 dirhamga teng oltin pul. 1 misqol XVI-XIX asrlarda Buxoro 
xonligida 4,8 ba’zan 5 gram bo‘lib, 6 tangaga teng bo‘lgan. 
73
Abdullanoma, 2-jild. 52-bet. 
74
Abdullanoma, 2-jild, 201-207; Shajarayi turk, 143,147,150-157-betlar


798 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish