Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/402
Sana03.03.2022
Hajmi20,94 Mb.
#481069
TuriСборник
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   402
Bog'liq
a62191 d9da4dd4d7a94a5fb747db07c9ca292b

Ключевые слова: 
школа, здоровый образ жизни, физическая культура, 
затвердеть, здоровое поколение. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin demokratik va erkin 
huquqiy jamiyat barpo etish yo’lida mustaqil fikrlovchi, aqliy, ma’naviy-axloqiy va 
jismoniy jihatdan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyati kun tartibidagi muhim 
masalalardan biri etib tayinlandi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 


674 
qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod” Davlat dasturi 
mazmunida insonni intellektual va ma’naviy–axloqiy jihatdan tarbiyalash, 
o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Sog’lom turmush kechirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya 
va sportning ahamiyati katta. Bu borada A.K.Atayev, G.I.Bagdanov, V.I.Gluxov, 
N.I.Muhammedov, M.T.Toirova, H.Q.Yo’ldoshev, T.Haydarov, F.Xo’jayev va boshqa 
olimlarning tadqiqotlarida tavsiyalar berilgan. Masalan: ”Chunonchi, taraqqiy etgan 
mamlakatlarda sog’lomlashtirishga asosan jismoniy tarbiya va sport omillari bilan 
erishayotgani hech kimga sir emas. Demak, biz ham o’sib kelayotgan yosh avlodni 
jismonan har tomonlama uyg’un kamol toptirish muqaddas burchimizdir”. [ 
F.Xo’jayev, T.Usmonxo’jayev ”Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari ” 
T.’’O’qituvchi” 1996-yil.] 
I.P.Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini, insonni tashqi 
muhit bilan chambarchas bog’langan deb tavsiflaydi. ”Jismoniy mashg’ulot faqat u 
yoki bu muskullar guruhiga ta’sir qilmay, balki butun organizmga ta’sirini ko’rsatadi. 
Modda almashinuvi yaxshilanadi, to’qimalar oziq moddalarni yaxshi o’zlashtiradi, 
parchalangan moddalarni organizmdan tezroq chiqarib tashlaydi. Yurak chiniqadi va 
yanada chidamli bo’ladi. Shu sababli jismoniy harakat bilan shug’ullanuvchilar tetik, 
ruhan yengil, quvvatga to’lgan, kayfiyati baland, dili ravshan bo’ladi. Bolalik davridan 
boshlangan chiniqish mashg’ulotlari ayniqsa foydalidir” deb ta’rif bergan edi.[Gluxov 
B.I.Fizicheskaya kultura ifomirovaniye zdarovogo obraza jizni. Kiyev.1989.79-b]
Respublikada ’’Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida’’ qonunning qabul 
qilinishi, ”Sog’lom avlod uchun” ordenining ta’sis etilishi sportni takomillashtirishda 
ilk poydevor bo’ldi. 
Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O’zbekiston jug’rofiya–
iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlarni amalga oshirishdir. Agarda muntazam ravishda o’tkazilib turilsa, kutilgan 
natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya 
mashg’ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy 
me’yorlarga aylanadi. 


675 
O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport 
haqidagi qonunida O’zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash 
va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari 
shart, degan fikr ta’kidlanadi. 
Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy mavzu sifatida shaklanishiga tor 
ma’nodaqaramaslik lozim. Chunki u turmush-tarzining asosiy qismi, millat salomatligi 
ta’minlovchi tizimdir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so’glomlashtirish faoliyatining yana bir 
jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha 
shaxslarning o’zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir. 
Bu sohada ”Sog’lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar” o’yini 
”O’quvchilar spartakiadasi”ga keng o’rin berilgan. 
Tarixiy manbalarga qaraganda, o’zbek xalqining milliy sport va milliy o’yinlari 
aholini yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo’lgan va kishilarni faol, sermahsul 
ishlashga tayyorlagan. 
Bunday milliy o’zbek o’yinlarining umumiy miqdori mingdan kam emas. Bu 
o’yinlarni izlab topish, o’rganish va xalq orasida o’quvchilarga mashg’ulot davomida 
yangidan targ’ib qilish ma’naviyatimizni yangi bosqichga ko’tarishga, sog’lom 
turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi, tarbiyaviy ish mazmunini 
chuqurlashtiradi. Zero milliy harakatli o’yinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga 
dahldor bo’lib, ularni yig’ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog’lom avlodni 
tarbiyalashning muhim vazifalardan biridir. Xalq harakatli o’yinlari, milliy sport turlari 
asrlar davomida davrlarga mos ravishda takomillashib kelgan. 
Xuddi shuningdek ”Oq terakmi ko’k terak”, ”Mushuk va sichqon”, ”Chillak”, ”Tosh 
o’yini”, ”Ot o’yini”, ”O’ningni top”, ”Quvnoq g’ozlar” kabi milliy o’yinlar 
o’quvchilarni chaqqon, epchil, dovyurak bo’lib yetishishiga xizmat qiladi. Shuni ham 
aytish kerakki, o’yinning boshqa tarbiya usullaridan ustunligi bolalarning hamkorligini 
oshiradi. 


676 
O’quvchilarni chiniqtirishda har bir mashg’ulotning o’z oldiga qo’ygan maqsad 
vazifalari belgilab olinadi va o’quvchilarni unga yetishish uchun harakat ko’nikmalari 
shakllantirib boriladi. Masalan, ”Arqon tortish”o’yini. Bu o’yinda bolalar o’zlarining 
kuchini sinab ko’rib, naqadar sog’lomligini sinab ko’rishadi, shuningdek, ularning 
g’alaba qilish uchun qat’iy harakat qilishga rag’bati oshadi. Tortishuv jarayonida sabr-
chidamli bo’lish ko’nikmalari ortadi. Qolaversa o’yin vaqtida bolalar fikrlashadi. 
Yengilayotgan guruh a’zolari oyoqlarini tirab, kuchlarini to’plab olish va birdamlik 
bilan harakat qilishga o’rganadilar. Bunda o’quvchilarni: 
__sabr chidamga o’rgatish; 
__o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish; 
__bolalarni fikrlashga o’rgatish; 
__hozirjavob bo’lishga tayyorlash; 
__o’yin davomida birdamlik va hamdardlikka o’rgatish; 
__jamoa bo’lib harakat qilishga o’rgatish va shu kabi ko’nikmalar tarkib toptidiriladi. 
Buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sino o’z davrida badantarbiya bilan tana salomatligini 
yaxshilash va mustahkamlash, kasallikning oldini olish va undan forig’ bo’lish va 
boshqa hollarda keng foydalanish masalasini ko’p marta uqtirgan hamda asarlarida 
ifodalangan. Shuning uchun Abu Ali ibn Sino ” Kishi salomatligida yugurmasa, 
kasalligida albatta yuguradi” yoki ’’Mashqlar bilan mo’tadil shug’ullangan kishi hech 
qachon dori – darmon ichishiga hojat qolmaydi”– deb bejiz aytmagan. Yoki ”Men 
qoldirib ketayotgan zo’r tabiblardan biri -tozalik, ikkinchisi –parxez, uchinchisi–
badantarbiya, qolganlari–mijoz bilan kayfiyatdir”-deb yozib qoldirganlar. Olima 
Kuindji N.N darslarida jismoniy tarbiya daqiqalarini albatta o’tkazish zarurligini 
uqtiradi, chunki bunda o’quvchilarning markaziy nerv tizimin hamda partada uzoq 
o’tirishi sababli statik taranglashgan skelet mushaklar dam olishi ta’minlanadi. [ Kunji 
N.N ]
Xulosa qilib aytganda ta’lim–tarbiya muassasalarida o’quvchilarning kasalliklarga 
chalinishining oldini olish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagi asosiy 
omillarni ko’rsatib o’tamiz: 


677 
___ o’quvchilarni sog’ligini ekologik va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 
chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish; 
__ kasallikka qarshi va sog’lomlashtirish tadbirlarini uzviy va izchil holda o’tkazish; 
__ sog’lomlashtirishga muxtoj o’quvchilarni sog’lomlashtirish muassasalariga 
yuborish; 
__ o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda pedagog va 
tarbiyachilarning tibbiy–gigiyenik bilimlarini yetarli bo’lishini ta’minlash; 
__ sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishda tibbiyot xodimlari, ota–onalar bilan 
hamkorlikda ish olib borish; 
__ ota–onalar va pedagoglar tomonidan o’quvchilarning kun tartibini to’g’ri tashkil 
etishni nazorat qilish. 
__ o’quvchilarning sog’lom ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor berish 
Zotan kelajak, yosh avlod qo’lida ekan, ularning salomatligiga raxna soluvchi har 
qanday muammolar kechiktirilmay o’z vaqtida hal etilishi kerak. 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish