2-Maruza Biosfera. Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera muhofazasi. Suv va Tuproq resurslari va uni muhofazasi. O‘simlik, hayvonot dunyosi va ularni muhofaza qilish



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/49
Sana03.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#481021
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
1-к 2-маруза узб

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1.Peter Rellero, Dinah Zike. Ecology. USA, Glencoe. 2005.126-127; 129- bet 
2.
O‘, Xo‘janazarov, M.Mirsovurov, T.Norbobayeva. Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta‘limi. 
T.: Navro‘z. 2014. 80-83-betlar 
3.Ergashev A. ―Umumiy ekologiya‖ T, ―O‘zbekiston‖ 2003 y. 215-219-betlar. 
4.To‘xtaevA.S. ―Ekologiya‖. T, ―O‘qituvchi‖, 1998 y. 74-76, 121-123-betlar. 
 
Hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish. 
 
Reja: 
1. Xayvonlarning xilma-xilligi. Tabiatda modda aylanishida xayvonlarning roli.
2. O`zbekistonda yer sharida xayvonot olamining hozirgi holati. 
3. Hayvonlarni muhofaza qilish va sonini qayta tiklash yuzasidan O`zbekistonda olib borilayotgan 
ishlar.
 
Tayanch tushunchalar:
oziq zanjirlari, noyob va yo'qolib borayotgan turlar, bioxilma-xillik, Qizil 
kitob, qo'riqxonalar,buyurtmaxonalar. 
6.1 Xayvonlarning xilma-xilligi. Tabiatda modda aylanishida xayvonlarning roli. 
Hayvonlar 
biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim 
rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik qobiqda kimyoviy 
elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomnidan quyosh nuri ta'sirida hosil 
qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning 


almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi – bu energiyaning 
bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir.
 
Yer sharida yashil o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o'zlashtirib, yiliga 150-
200 mlrd. t organik modda hosil qiladi. 
O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini
o'simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda 
to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o'tadi. 
O'txo'r va etxo'r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo'yidagicha bo'ladi: yutilgan 
ozuqa energiyasi to'la o'zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi
so'ngra uni boshqa organizm o'zlashtiradi. Hayvonlar organizm o'zlashtirib olgan ozuqa va zapas 
energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas 
olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o'lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga 
keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug'lar, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga 
aylantiradi. 
Ba'zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o'simlik 
hosildorligini oshiradi yoki ba'zi foydali hasharotlar o'simliklarni zararkunanda hasharotlardan va 
kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo'q qilib, 0,5 t donni saqlab 
qolsa, chumolilar o'rmonlarni kasallikdan saqlaydi. 
Bir xujayrali dengiz hayvonlarining qoldiqlaridan cho'kindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga 
kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga 
keladi. 
Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar 
insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan 
talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t 
oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha 
taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, 
jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib 
etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va 
baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar 
biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu juda katta oziq-ovqat manbai bo'lib, bir ga dengizdan 
olinadigan baliq miqdori bir ga yaylovdan etishtiriladigan go'shtdan 2 marta ortiqdir. Bularnig 
hammasi hayvonlarning oziq-ovqat etishtirishdagi roli juda katta ekanligidan darak beradi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish