intiladi, lekin topolmaydi.
Uilyamsning 1957-yili rejissor Garold Klerman tomondan sah-naga qo'yilgan «Orfeyning
do'zahga tushishi* asari AQSH teatr hayotida muhim voqea bo'ldi. Pyesada Orfey, ya'ni Vel
Zever tu-shib qoladigan dahshatli do'zah AQSH janubidagi kichik bir sha-harcha tarzida qad
ko'taradi. «Bu dunyoda,- deydi Vel, — bozorda odamlarni to'ng'iz to'shi sotilgandek sotadilar va
sotib oladilar: odamlar bor-yo'g'i ikki turga bo'linadilar: birlari sotiladi, birlari sotib oladilar.
«Vel va Leydining рок va nurli muhabbati olish-sotish, yolg'on-yashiq, zo'rlik asosiga qurilgan
badkirdor kimsalar olamiga qarama-qarshi qo'yilgan. Ular bu olamda yasholmaydilar. «Qotil
shu yerda, — deydi Leydi Torrensni ta'riflab, — Otamning qotili — o'sha, otamning tokzoriga o't
qo'ygan murdor! Mening umrimga suv quydi, ikki tirik, yana bir tug'ilmagan uch jonni mahv
etdi.
Uilyamsning 60-yillari yozilgan «Eski daha» (1977), «Zamon saltanati» (1968), «Qiyqiriq»
(1971) kabi pyesalarida ham ezgulik ideallari tarannum etildi. U 30 dan ortiq pyesa yozdi.
Uning pye-salari jahonning turli teatrlarida qo'yilib kelinadi.
ARTUR MILLER (1915-y.)
Artur Miller hozirda ham AQSH dramaturgiyasida o'z ijodiy faoliyati bilan ko'zga ko'rinib
kelayotgan dramaturg hisoblanadi. Uning ilk asari 1944-yili yozilgan edi. «Omadli kishi* deb
atal-gan bu asarni o'sha yiliyoq rejissyor Elia Kazan Brodvey teatr-laridan birida sahnaga
qo'ygan. Kazan Millerning «barcha bola-lar — mening bolalarim* degan asarini ham 1947-yili
Brodveyda qo'yadi.
Artur Miller inson shaxsi va jamiyat muammolarini o'z ijodi-ning bosh mavzusi qilib olgan
realistik san'at namoyandasi sifatida maydonga chiqqan edi. Millerning fikricha, dramaturg
hay-otiy obrazlar yaratishi kerak. «U kim o'zi, kasb-kori nima, qanday kun ko'rmoqda, nima
hisobiga yashamoqda, boshqa personajlar bilan aloqadorligi qanday, boymi yoki kambag'almi,
uning o'zi o'zi haqida qanday fikrda, u haqda boshqalarning fikri qanday... bularning hammasi
aniq-ravshan bo'lishi lozim», deb ta'kidlaydi Miller.
Miller «Barcha bolalar — mening bolalarim*, «Gumashtaning o'limi*, «Baho», «Gunohga
botib», «Visha voqeasi» kabi asarlari bilan 30-yillar ijtimciy dramasi an'analarining davomchisi
sifatida ko'rindi.
Miller «Barcha bolalar — mening bolalarim* pyesasi bilan urushni ko'rmagan kishilarga
urush nimaligini ko'rsatib qo'ydi. U insonning insonligi faqat o'z farzandining tashvishini
chekishda emas, shu bilan birga o'zgalarning farzandlari haqida ham qayg'urish, demakki,
bashariyat oldidagi mas'ulligini ado etishda ko'rinadi, degan g'oyani olg'a surdi.
«Gumashtaning o'limi* (1949) dramasida Miller jonsarak raqobatchilar hamda oldi-sotdi
olamining qurboni bo'Imish gu-mashta Villi Lomen obrazi orqali ko'pdan ko'p amerikaliklarning
107
fojiali taqdirini umumlashtiradi. Muallif keksa gumashta xotirasini sahnada jonlantirish orqali
voqealarning tig'iz o'sib borishiga erish-gan edi. Unda Villi Lomenning marhum akasi Ben bilan
o'zaro muloqotlar orqali ikki xil olam tasviri: «vahshiyona yashash tarzi* bilan millionlarga ega
bo'lish va insoniylik, sahiylik tufayli fojiona o'lim topishdan iborat umr yo'llari namoyon bo'ladi.
Miller «Baho» (1968) pyesasida «Gumashtaning o'limi»da ko'tarilgan ma'naviy-ahloqiy
masalalar tahliliga qaytadi. Unda ko'p yillik ayriliqdan so'ng uchragan Viktor va Uoltor degan
ikki aka-ukaning eski uyda otasidan qolgan jihozlarni sotish bila)i bog'liq voqealar ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |