NAZORAT SAVOLLARI
1.
Urushdan keyingi yillarda «neorealizm», — voqelikni haqqoniy aks ettirish uslubi orqali
italyan san'ati, xususan, kinosi-ning jahon miqyosiga chiqishi. Eduardo De Filippo yirik aktyor,
rejissyor va dramaturg sifatida. De Filippo asarlarining zamonaviy dolzarbligi ularning
xalqchilligida ekanligi.
2.
«Pikkolo Teatro di Milano* doimiy ishlovchi drama teatrining paydo bo'lishi. J.
Strelerning yirik drama rejissori va teatr asoschisi sifatida ko'rinishi. Strelerning ijodiy
izlanishlari tufayli italyan sahnasi milliy va jahon dramaturgiyasi asarlarining haqiqiy
talqinchisiga aylanishi.
NEMIS TEATRI
Urushdan keyingi dastlabki yillarda nemis teatri fashizm hukmronligi davrida o'zga
yurtlarda muhojirlikda bo'lgan atoqli adib va dramaturglarning asarlari asosida o'z repertuarini
shakllan-tirib bordi. Bular Fridrix Volf, Bertolt Brext, Karl Gryunberg kabi-lar asarlari edi.
Teatr dramaturglarning yangi avlodini kutardi. Ular 50-yillar-ning boshlarida yetishib
chiqa boshladilar. Sharqiy Germaniyada Xayner Myuller, Peter Xaks, G'arbiy Germaniyada
Rolf Xoxxut va Peter Vays shunday dramaturglardan edi.
Xayner Myuller (1929-y. tug'ilgan) o'z faoliyatini jurnalist sifatida boshlab, dramaturgiyaga
1957-yili «Yulg'ich» pyesasi bilan kirib keldi.
Myuller pyesalari zamonaviy yoki o'tmish mavzesida bo'lishidan qati nazar, dolzarb
muammolarni olg'a surishi bilan ajralib turadi. Uning «Jang» (1975) pyesasida fashizmning
davlat tepasiga kelishi va uning so'nggi talvasali kunlari bo'rtma usulda ifoda etildi. Asardagi
ba'zi lavhalar tasawurga sig'mas darajada uqubatli, mash'umona holatlarni ko'z oldimizga
keltiradi, undan inson zotining hadsiz alam-iztirob, ingroqlari eshitilib turadi. Myuller asarlari
timsoliy ohanglarga boy bo'lib, ular o'z mohiyatiga ko'ra musibatli va iztiroblidir.
Myullerning «Germaniyaning Berlinda mahv bo'lishi (1975), «Gundlingning hayoti» (1981)
kabi pyesalari nemis tarixining fojiali kechmishini aks ettirishga qaratilgan. Ularning
barchasida murak-kab timsoliy tasvir va tasawurlarga duch kelish mumkin. Ger-maniya vatan
timsoli yanglig', xalqning shon-shavkati va sharman-dali o'tmishi ifodasi tarzida, ogohlikka
chaqiruvchi qadriyat tarzida namoyon topgan.
Myuller uzoq vaqt davomida Brextning «Berliner Ansambb teatrida adabiy emakdosh bo'lib
ishlagan va barcha pyesalari dast-lab shu teatrda qo'yilgan.
Peter Xaks
(1929) ham ilk pyesalarini shu teatrda ishlagan chog'ida yozgan va shu yerda
qo'yishga erishgan. Xaksning bir qa-tor asarlari qadimgi sujetlar asosida yaratilgan. Bu borada
u Berxt tajribalaridan foydalandi va goho ustoz bilan munozaraga ham kirdi. Dramaturg ijodida
103
san'atkorning jamiyatdagi o'rni masalasi ayniqsa keng falsafiy teranlik bilan ko'zdan
kechirilgan. Uning masharaomuz tarzda yozilgan «Amfitrion» (1985) kinoyaviy pyesasi aynan
shu mavzuga bag'ishlangan.
Xaks pyesalarida qadimgi sujet, rivoyat qahramonlari qatori tarixiy shaxslar ham ko'plab
uchraydi. «Senekaning o'limi*, (1978) qadimgi rim faylasufi Senekaning o'limga tik borishi,
mardonavor shaxs ekani ifodalanadi. Xaksning «Ilhom» (1981) pyesasida ham chin insoniy
qadriyatlar haqida so'z boradi.
G'arbiy Germaniyada «hujjatli drama* deb ataluvchi yangi dramaturgning paydo bo'lishi
bilan nemis dramaturgiyasi jahon sahnasiga chiqadi.
«Nemis hujjatli dramasi»da fashizmning tub ildizi, insonning in-sondan bezishi, mutelik kabi
muammolar falsafiy nuqtayi nazardan tadqiq etildi. Bu dramaning kuchi shundaki, unda o'tmish
voqealari shunchaki izohlanmay, balki tahlil etib beriladi. Bu dramaning asosiy maqsadi fashizm
tufayli xalqning boshiga tushgan fojialarning takror-lanishiga yo'l qo'ymaslik muddaosi bilan
izohlanadi.
Rolf Xoxxut (1931-y. tug'ilgan) «Noib» dramasida voqea Rim, Berlin va Osvensimda ro'y
beradi. Pyesa ikkinchi jahon urushi dav-rida Rim cherkovi tarixiga oid hujjatlar asosida 1963-
yilda yozilgan. Xoxxut o'z asarida yahudiy aholisini yo'q qilishda fashistlar qanday «tadbir»larni
sobitlik bilan amalga oshirganliklari haqida so'z och-gan edi. Bu «tadbir»lardan hamma qatori
Rim Papasi Piyem XII boshliq cherkov doirasi voqif, lekin biron-bir zot bu qatli omning oldini
olish haqida lom-mim demagan. Ular yovuzlikka qarshi qar-shilik ko'rsata olar edi; lekin fashist
hukmdorlar bilan orani buzi-shni istashmaydi. Rim Papasining yaqinlaridan Rikardo Fontan
Vatikanga ta'sir ko'rsatishga harakat qilib ko'radi, biroq hech kim aql-idrok va vijdon ovozini
eshitishni istamaydi. Rikardo Fontan norozilik ramzi tarzida ko'kragiga olti qirrali yulduz taqib,
o'limga mahkum etilgan yahudiylar taqdiriga sherik ekanini e'lon qiladi. «Noib» dramasida
shaxs jamiyat va davlat orasida o'zaro munosa-bat, har bir kishining olamda kechmish voqealar
oldida mas'ulligi kabi masalalar realistik tarzda talqin etildi.
Peter Vays
(1916—1982)ning ko'pgina asarlari «hujjatli drama* janrida yozilgan. Ko'p
yillar Shvetsariyada yashab, shu yerda ijod qilgan Vaysning keng tarqalgan pyesalaridan
«Taftish» (1965) dra-masi ham hujjatlar asosida yaratilgan; uning asosida Frankfurt-Maynda
Osvensim konslageri soqchilari ustidan o'tkazilgan sud jarayoni materiallari yotadi. «Taftish»
pyesasida asirlarning azobga solinishi, qotillarning shafqatsizligi, qarshilik ko'rsatishning
imkoni, aybdorlik va mas'ullik masalalari olg'a surilgan edi. Pyesaning ora-toriya, vaznga
solingan nasr shaklida ekanligi unda voqealarning shiddatkorlik bilan o'sib borishini ta'min
etgan. Vays, aktyorlar «rollarni o'ynamasin», taftish qanday kechgan bo'lsa, uni ghunday tasvir
etsinlar, deb ta'kidlagan edi. Asar 1974-yili «Osvensim jallod-lari» nomi bilan hozirgi A.
Hidoyatov nomli teatrda muallifning yuqorida olg'a surilgan tavsiyalari asosida rejissor E.
Masofayev tomonidan sahnaga qo'yildi.
«Hujjatli drama» urushdan keyingi davr nemis ijtimoiy hayoti va ma'naviy ehtiyojiga o'ta
monand va umri boqiy janr bo'lib chiqdi.
SAHNA SAN'ATI
Urush tugagach, Berlin nemis teatr hayotining markaziga ayla-nadi. 1945-yilning 7-
sentabrida «Nemis teatri* Lessingning «Do-nishmand Natan* pyesasi bilan o'z pardasini
ochadi. Natan rolini
Do'stlaringiz bilan baham: |