Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
teatr tarixi

kelgan. Urushdan keyingi davrda bu mamlakatda iqtisodiyot qatori teatr san'ati ham tez ta-
raqqiy etdi. Fashistlar Germaniyasi mavjudligida ko'pgina g'arbiy ovro'polik adiblar shu 
mamlakatda qo'nim topdilar. Brext, Uaylder kabi dramaturglarning bir qator asarlari Syurix va 
Jeneva teatrlarida ilk bor sahna yuzini ko'rdi. Bular urushdan so'nggi Shvetsariya teatri va 
dramaturgiyasi rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. 
Urushdan so'nggi yillarda Shvetsariyada ikki yirik dramaturg yetishib chiqdi. Bular Maks 
Frish va Fridrix Dyurrenmattlar edi. Har ikkala dramaturg ham Brextning epik teatr uslubi 
ta'siri ostida Mod qilganlar. 
Frish va Dyurrenmatt asarlarida «tafakkur dramasi* shakllari rivojlantirildi. Ular o'z ijodida B. 
Brext dramaturgiyasiga xos «ba-diiy bo'rtma» ifoda usulidan keng foydalandilar. Ularning 
asarlarida ham, Brext asarlarida bo'lganidek, voqealar badiiy to'qima vosita-sida yaratilgan 
yurt va shaharlarda ro'y beradi. Frish va Dyurrenmattlar ijodini fashizmga qarshi da'vatkorlik 
ohanglari bir-biriga yaqinlashtirib turadi. To'g'ri, Frish ko'proq drama janrida ijod qil-gan 
bo'lsa, Dyurrenmatt asosan komediyalar yozgan. 
Fridrix Dyurrenmatt 
(1928) dramaturgiyasining asosiy xususiyati Brextcha «uqdirish» 
estetik tamoyili bilan bog'liq. «Ulug' Romul»» (1948) Dyurrenmattning ilk komediyalaridan biri 
bo'lib, unda mual-lif tarixiy shaxsni bosh qahramon qilib olgan bo'lsa-da, tarixiy faktlarni 
o'zicha, erkin tarzda talqin etgan: bu, bir jihatdan, mumtoz pyesalar va hukmdorlarga 


105 
qaratilgan pyesa — parodiya bo'lsa, ik-kinchi jihatdan, siyosiy parodiya hamdir; Romul Rim 
imperiyasining tez orada qulashini biladi va buni o'zi ham juda-juda xohlaydi, qizig'i shundaki, 
bu hukmdor davlat ishlarini chetga surib qo'yib, parrandachilik bilan shug'ullanadi. Uning 
fikricha, bu ish davlatni boshqarishga qaraganda ezguroq va foydaliroqdir. Pyesaning oxiri 
g'alati: Romulning siyosiy raqibi Odoakr ham tovuqboqar va sahiy odam ekan. Lekin Odoakr 
yonida har qanday yovuzlikka yo'l ochuv-chi hukm chiqarishga ustasi farang Teodorix turardi. 
Dyurrenmatt jiddiy muammolarni olg'a surgan: beozor, rahmdil Romul davlatni halokat 
yoqasiga keltirdi, negaki, uning yonida o'z Teodorixi yo'q edi. Aynan shu shaxs mustabidlik 
tartibotini o'rnatib, oxiri o'sha tovuqlarning boshini olishga qodir edi-da. 
Dyurrenmattning «Keksa xonimning tashrifi* (1955) tragiko-mediyasida mutoyiba va 
bo'rtma usullar keng qo'llanilgan. Asar shu jihati bilan jahon teatri doirasida e'tirof etildi. 
Dyurrenmattning «Fiziklar» (1960) pyesasida mashhur olim Febius bu telba olamni 
sog'lomlashtirib bo'lmaydi, deya jin-nixonada jon saqlashga ahd qiladi; ugina emas, boshqa 
sohaning kazo-kazo vakillari ham o'zlariga shu qismatni tanlaganlar. Dyurrenmatt o'z ijodida 
ijobiy qahramon qiyofasini yaratish vazifasini qo'ymagan. Zero, u noxush voqealarni ifodalash 
kishilarni oxiri ijobiy xulosalar chiqarishga olib keladi, deb hisoblaydi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
 
K.Chapek chexoslovak dramaturgiyasini jahon sahnasiga olib chiqqan dramaturg 
sifatida; chapek pyesalarida alohida bir inson timsoli orqali umumbashariy muammolarning 
tadqiq etilishi. Chapekning pyesalaridan biri nega «Oq o'lat» deb atalgan? Chapekning «Ona» 
pyesasini jahon teatrlarida shuhrat topganligin-ing tub asoslari nimada? O'zbek sahnasida 
Chapekning qaysi pyesalari qo'yilgan? 
2.
 
Dyurrenmatt urushdan keyingi Shvetsariya dramaturgi-yasining yirik namoyandasi 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish