LYUDVIG DEVRIYENT (1784-1832-y.)
Lyudvig Devriyent teatr tarixida E. Kin, P. Mochalov, F. Lemetr kabi daho aktyorlar
qatorida turadi. U davlatmand savdogar oilasida tug'ilgan. Devriyent ijodining eng gullagan davri
Bresiavl teatrida ishlagan (1809—1815) yillarga to'g'ri keldi. Aktyor bu yerda Lir, Sheylok,
Yago singari yirik fojeiy rollarni o'ynaydi. Keyin Berlin teatriga o'tadi va umrining oxirigacha
shu san'at mas-kanida ijod qiladi.
Atoqli dramaturg Laube: «Devriyent o'z uslubining ko'rkamligi bilan emas, balki his-
ehtiroslar ifodasining maftunkorligi, ayrim holatlarda hayratlanarli jo'sh urushi, dabdurustdan
zabt etuvchi qudratli insoniy kechinmasi bilan tomoshabinni o'ziga rom etadi, larzaga soladi, uni
zavq-shavqqa burkaydi*, deb yozgan edi. «U jozibador ko'rku salobat egasi emas,— deb yozdi
Devriyentning ji-yani,— nutqi ham ravonlikdan xoli edi. Har yoqlama to'kis, faso-xatli
qahramon qiyofasini chizish uning iqtidoridin tashqari edi. Uning sarkash ruhi qalbi tubidan
otilib chiqib, insoniy to'lqinlanish va hayajonlanishning oxirgi chekida portlash hosil qilar,
mayda-chuyda izohlarmi, yaxlit o'tli hissiyotlarmi — ularning jami qo'shilib, ham daxshatli, ham
g'aroyib va hangomavash manzara-larni yaratuvchi qudratli ifoda kuchiga aylanar edi. Devriyent
salo-hiyatining kuchi mana shunda ko'rinardi».
Devriyent uchun obrazga kirishda ko'ngil mayli (intuitsiya) asosiy vosita edi. Shoir Gofman
«u o'ynayotgan qahramoniga but-kul singib ketardi», deydi. U butun borlig'ini sarflab, jo'shib
o'ynardiki, qirol Lirni o'ynaganda, masalan, tanaffus chog'ida hushidan ketgan edi.
Devriyentning eng sevimli dramaturgi Shekspir bo'lib, uning qahramonlariga xos favqulodda
teran ruhiy ke-chinma va hissiyot jo'shqinligi aktyorni o'ziga rom etgan edi.
Sheylok aktyorning eng dovruqli rollaridan biri bo'ldi. Devriyent Sheylokni qabih kimsa
tarzida ko'rsatishdek an'anaga qarshi o'laroq uni qasoskor, kuchli shaxs tarzida talqin etdi.
Shillerning «Qaroqchilar» asaridagi Frans Moor obrazi ham Devriyent tomonidan yangicha
talqinda yaratildi. «Sochi tik ko'tarilgan, lunji va peshonasi bo'zargan, lablar qaltiraydi, so'rrayib
qolgan ko'zlari jovdiraydi, tizzalari qaltiraydi — Devriyent Fransi zohiran shu tarzda ko'rinar edi.
Mashhur tush sahnasida,— deb davom ettiradi Gofman o'z taassurotini,— zalda pashsha uchsa
bili-nar darajada jimlik cho'kar, tugagach, shivirlash, og'ir xo'rsinish, to'satdan qaibdan chiquvchi
«oh» xitoblari eshitilardi. «U dahshatli holatlarni jonlantirib xayolan fomoshabinlar ruxsorini
ko'z oldiga keltirar, ularning hayajonlari ta'siri ostida tomirdan oqayotgan qoni qotib
qolayotgandek his etardi. Shu jazava asnosida vujudidan ko'tarilgan ruh uning personajiga
aylanar, endi uning o'zi emas, balki ana shu personajning o'zi harakat qilayotgandek bo'lardi*.
Romantik shoir Gofman rotnantik aktyor Devriyent ijodi mohiyatini shu tarzda sharhlab bergan.
Frans Moor Devriyent talqinida o'ta dahshatli qiyofa kasb etib, yovuzlik timsoliga aylangan edi.
Otelloga munosib raqib Yago ham shunday ko'lamdorlikda yaratilgan.
Devriyent ijodida nemis voqeligining romantiklar olg'a surgan oliy ezguliklar ro'yobga
chiqishiga imkonsiz murakkab va beqaror bosqichi ifodalangan. Shu bois mudhishona holatlarga
urg'u berish aktyorning ijodiga xos xususiyat bo'lib qoldi.
Lekin, Devriyent obrazlari mubolag'ali, ko'tarinki ruhda bo'lishiga qaramay, ular hamisha
hayotiy haqqoniyligi bilan ko'zga tashlangan. Devriyent ma'lum ma'noda nemis sahnasida
56
romanti-zmdan realizmga o'tish yo'lini belgilab berdi. Karl Zeydelman esa, shu realistik
yo'nalishning markaziy siymosi sifatida ko'rindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |