49
Kin dovrug' taratgan bir paytda 1814-yili «Druri — Leyn* teatriga taklif etiladi.
Kin Shekspir qahramonlari misolida buyuk aktyor sifatida tanildi. U Sheylok, Richar III,
Hamlet, Makbet, Otello, Yago, Lir, Romeo rollarini ijro etdi.
Kin eskicha talqin an'analariga zid ravishda Shekspir qah-ramonlarida yangi sajiya qirralarini
ochdi. O'sha davr ingliz munaqqidlari Kinning talqini va ijrosini Shekspir asarlarining eng
barkamol izohi deb e'tirof etdilar.
Kinning yangicha talqini uning Londonda o'ynalgan birinchi «Venetsiya savdogari*
spektaklidayoq namoyon bo'ladi. U Sheylok-ni darg'azab, yovuz kimsa qilib ko'rsatishdek
an'anadan voz kechgan edi. Aktyor Sheylokka xos xasislik
va xudbinlikni yashir-maydi, ayni
chog'da uning iztirobli qismatini ham ko'rsatadi, ya'ni uni quvg'in qilinib, yomon otliqqa
chiqarilgan mayda millatning xo'rlangan vakili sifatida ko'rsatadi.
U odamzodni ko'rishga ko'zi yo'q, g'aribu benavolikdan xo'jako'rsinga murosaga kelar,
insonlik sha'ni oyoq osti qilin-ganidan jini qo'zir va yana ich-ichidan inson zotiga la'nat o'qirdi.
Kin talqinida romantiklar ko'ngil qo'ygan yomonlikni oqlash ta-moyili shunda ko'rinardi.
Istehzoli qah-qahaning birdan alamli xo'ngrovga aylanishi, libosida qora-qizil ranglarning
qovushim-sizligi,
ilgarilari odatga, kirib qolgan malla soch (parik) o'rnida qora jingalak
socTining paydo bo'lishi — bulaming barchasi muzo-fotlik iste'dodni ko'rishga kelgan inglizlar
uchun favqulodda yangilik edi.
Edmund Kin o'z ijrosi bilan tomoshabinga shunday kuchli ru-hiy ta'sir ko'rsatgan ediki, u
birinchi spektakldan keyinoq Angli-yaning buyuk aktyori deb e'tirof etiladi.
Hamlet va Otello Kinning eng sevimli rollaridan edi. Olamni dahshatli yovuzlik olami
tarzida anglash Kin Hamletining muhim jihatiga aylandi. Bu yovuzlikka qarshi kurashmay turib
bo'lmas, lekin bu g'olib yovuzlikni yengib bo'larmikin? Kin Hamleti fikr-o'yini shu muammo
cho'lg'ab oladi. Shu bois uning harakat va so'z ohanglarida qat'iyat o'rnida
sokinlik, ma'yusona
o'ychanlik hukm suradi. U onasi bilan uchrashuv sahnasida ham ma'yuslik doirasidan
chiqolmaydi. Ofeliyaga nisbatan uning muhabbati balqib turadi. Hamlet Ofeliyaga: «Monastirga
bor!» degan so'zlarni aytar-kan, shu on iltifot bilan uning qo'lini o'padi. Uning Hamleti «falo-
katlar dengizioning har sarhadida sevgi-muhabbat zalvarini namoyon etadi.
Kin Otello obrazi talqinida uning Dezdemonaga bo'lgan mu-habbatini bosh mavzu qilib oldi.
Shu muhabbatning hayotbaxsh qudrati orqali Otelloning komil insonligi, uning odamlarga
nisbatan mehr-muhabbati, saxiyqalbligi kabi fazilatlari ochiladi.
Makbet rolini talqin etishda Kin uni yovuz kimsa tarzida ko'rsatish an'anasidan voz kechib,
butun diqqat-e'tiborini uning murakkab va ziddiyatli ichki his-kechinmalarini ochishga qaratgan
edi. Richardni «qabihona mayin iljayuvchan*, aqlli, jur'atkor, ayniqsa Anna bilan uchrashuvida
hatto maftunkor shaxs tarzida ko'rsatgan.
Kinning ijro uslubini romantiklarga xos haroratli his-hayajon ko'tarinkiligi
belgilab bergan
edi. U qudratli shaxsning qalb ingroq-lari eng keskin darajaga chiqqan holatlarda inson ruhiyati
tubidagi sirlarni ochish iqtidoriga ega edi.
Kin chiqishlarining hayajonli guvohi bo'lgan shoir G. Geyne bu aktyor shaxsi va uning
san'atiga ajoyib ta'rif bergan: «Kin kam-dan-kam uchrovchi zotki, u gavdasining birgina dafatan
tebranishi, ovozining tasawurga sig'mas darajada jilovdorligi, o'tli ko'z qarash-lari bilan inson
qismatiga oshno boiuvchi hayratomuz holat va ajib nuqtalarni ifoda eta olardi*. Geyne Kinni
xudoning nazari tushgan, ta'sir qudrati cheksiz «ilohiy salohiyat sohibi» deb atagan.
Kinning san'atida ham, odatda, romantik aktyorlarda uchrovchi noravonlik ko'zga
tashlanardi. Odatda, u roldagi eng yu-qori cho'qqiga diqqatini qaratar va shular orqali qahramon
bor-lig'ini ochib berar edi.
Kin kuchli ehtiros va boy tasawur egasi bo'lishiga qaramay, hech qachon ko'ngil
mayli va
ilhom kuchiga ishonib ish ko'rgan emas. U o'z ustida qunt bilan ishlar, ko'p o'qir, bilimini
oshirar, jismoniy tarbiya bilan astoydil shug'ullanar edi.
Tfodali, rango-rang raftoriy (plastik) tasvirlar, shiddat bilan keskin o'zgaruvchan imo-
ishoralar, behalovat sahnaviy depsinish-lar, hayqiriqning mash'umona
pasayib shivirlashga
aylanishi, so'zlashdagi past-balandliklar, sukut omillaridan foydalanish — bularning jami Kin
50
qahramonlarining bo'rtma, ko'tarinki ehtiros va hissiyot kechinmalari manzarasini yaratishga
qaratilar edi.
Kin 1833-yil 25-martda so'nggi bor sahnaga chiqadi. Shu kuni u sevimli Otello qiyofasida
ko'ringan edi. «Otelloning ishi tugadi* so'zlarini aytish chog'ida hushidan ketadi va oradan uch
hafta o'tgach, dunyodan ko'z yumadi.
Edmund Kinning Otellosi beixtiyor Abror Hidoyatov Otellosini xayolga keltiradi.
Atoqli
shekspirshunos olim M. Morozov A. Hidoyatov Otellosini ko'rib, g'oyat hayratlangan va bu
haqda shunday yozgan edi: «Ijrochilarni kuzatganingda ularni tasawu-ringdagi Shekspir
obrazlariga qiyoslaysan. Ammo, A. Hidoyatov ijrosi boshqacha, bundan ham chuqurroq tuyg'u
uyg'otadiki, uni hayrat deb atash mumkin. Bu hatto o'xshashlik ham emas, balki aynan o'sha
Shekspirning — Ottellosi*.
Yuksak his-kechinma, qudratli tafakkur sohiblarigagina daho dramaturg tragediyalarida jo'sh
urgan fikr va ehtiroslarni borlig'icha to'la ifoda etish nasib etgan. E. Kin shunday buyuk aktyorlar
av-lodining to'ng'ich namoyandalaridan biri edi.
Do'stlaringiz bilan baham: