Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий


JORJ GORDON BAYRON (1788-1824-y.)



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

JORJ GORDON BAYRON (1788-1824-y.) 
Jo'rj Gordon Bayronning ijodi insoniy erkinlik g'oyasi bilan sug'orilgan shoirona drama 
tarixida hal qiluvchi bosqichga aylandi. Bayron muqimlashib qolgan g'oyalarga shubha bilan 
qarab, ularni doimo o'z tafakkuri taftishidan o'tkazib kelgan shoirdir. Bu drama-turgiyada ham 
o'zini namoyon qilgan. 
Bayron zodagon avlodi oilasida dunyoga kelib, yoshligini Shot-landiya qishloqlarida 
o'tkazgan. 17 yoshida tog'asi vafotidan keyin uning merosi va lord unvonini oladi, Kembrij 
universitetida tahsil ko'radi. Bayron lordlik burchini el-yurt oldidagi, dunyo taqdiri oldidagi 
mas'ullik ma'nosida qabul qilgan edi. Lordlar palatasiga kirib nutq so'zlaydi, tirikchiligi xarob 
ahvolga tushib qolgan to'quvchilami himoya qilib chiqadi. U mehnatkashlarni «aholining eng 
foydali qismi* deb ataydi va davlat buzrukvorlarini tartib o'rnata olmaslikda ayblaydi. 
Bayron dastlabki ikki qo'shig'i «Chayld Garold* va boshqa asarlari bilan dovrug' taratgach, 
1816-yili bir umrga o'z yurtidan chiqib ketadi. U Shveysariya, Italiyada yashaydi, Yunonistonda 
va-fot etadi. 
Bayron qahramoni favqulodda ko'rinuvchi va shu favqulod-daligi bilan fahrlanuvchi 
qahramondir. U odamlanii sevadi, lekin ayni paytda ulardan jirkanadi. Ha, u boshqalarda 
ko'ringan bad-binlikni dahshat ichida o'zida ham topa boshlaydi. Shunday bay-ronnamo 
haybatlilik «Manfred» dramatik poemasida keng namoyon bo'lgan. Asar 1816-yili Shvetsariyada 
yozilgan. 
«Manfred» «Gyotening «Faust» asari ta'sirida yozilgan. Bayron nemis tilini bilmaganidan 
shvetsariyalik bir do'sti unga Gyote asarining bir qismini tarjima qilib bergan. Bayron Gyote 
asaridan, av-valo, undagi olam sirini ochish, to'siqlarni yengishga qodir ruhiy qudratlilik 
g'oyasini qabul qiladi. Lekin «Manfred» asari umidsizlik ruhidagi asar bo'lib chiqdi. Bayron 
qahramoni olam va insoniy qalb sirlarini ochib, xilqat qudratini o'z izmiga olgan holatda 


48 
ko'rinadi. Lekin bu bilan o'ziga ham, o'zgalarga ham naf keltirmaydi; sababi, Manfred nazdida 
dunyo qonuni — azob-uqubat chekish qonuni bo'lib chiqadi. Manfred jinoyat yo'li bilan odam va 
olamni anglaydi. Endi u shularning unutilishini o'ylaydi. Lekin buning aslo iloji yo'q. 
Bayron qahramoni vijdon azobida faryod chekadi. Shoir Manfred obrazi orqali 
ma'rifatparvarlar ezgu g'oyalari sarob bo'lib chiqqanligini ifodalaydi, odamlar sha'ni-nafsoniyati, 
deya kurash ochish lozimligini anglab, noaniq kelajak qarshisida hangu mang bo'lib qolgan 
avlodning umidsiz kayfiyati va his-xayajonini ifoda etgan. Shu bois Bayronning «Manfred» 
asarida olg'a surilgan nuq-tayi nazarni «mardonavor umidsizlik* ma'nosida tushunish mum-kin. 
Toleyiga yolg'izlik yozilgan Manfred yana ham qat'iylik bilan beshafqat xilqatning yovuzona 
kuchlariga qarshi yakka o'zi ro'baro' keladi, taslim bo'lmay, o'zligini saqlab boradi. 
«Manfred» asarining alohida shoirona ta'sir kuchiga egaligi uni 1834-yili «Kovent — 
Garden* teatrida qo'yilishiga, R. Shuman, P.I. Chaykovskiylar tomonidan musiqa yozilishiga 
sabab bo'ladi. 1821-yili Italiyada yozilgan «Sardanapal» asari Charlz Makredi tomonidan «Druri 
— Leyn* teatrida aynan 1834-yili qo'yilgan. 
«Qobil» tregediyasi Bayron romantik dramaturgiyasining cho'qqisi bo'lib, u ham Italiyada 
1821-yili yozilgan. Asar voqeasi butun koinot sarhadlarida ro'y beradi. Unda Odam ato, Momo 
havo, ularning farzandlari Qobil, Xobil, Iqlima, Olloh ra'yiga qarshi borgan shayton Azozil — 
Yelpik ishtirok etadi. O'z inisi Xobilni o'ldirgan Qobilning qilmishlari orqali jamiyatda hukm 
surmish adolatsizlikka qarshi isyonkorlik g'oyasi olg'a surilgan. Bayron «Bibliya» rivoyatiga 
suyanib, insoniyat tarixining keyingi o'n yillik-larida kelib chiqqan umumbashariy 
muammolarini badiiy idrok etish bilan haqiqat izlovchi faylasuf, komil insonparvar mutafakkir 
sifatida o'zini ko'rsatdi. 
Bayronning «Qobil* asari fransuz burjua inqilobidan keyin boshlangan mudhish muhitning 
mahsuli tarzida tug'ilgan. Inqilob va uning insoniylikka daxldor va dahlsizligi, inqilob davrida 
to'kilgan qonlarga javobgarlik muammosi Bayron asarining markaziy muammosiga aylandi. 
Bayron asarida Qobil jamiyatda, odamlar o'rtasida o'rnatilgan munosabatlardan, umuman, olam 
tartibotidan norozi, odatdagicha yashash tarzini aql taftishidan o'tkazib, boshqachasiga yashash 
tartibotini istovchi zot qiyofasida namoyon bo'ladi. Azozil — Elpikning xizmati Qobil uchun 
fojiona oqibat bilan yakun topadi. U o'z inisi Hobilni o'ldirib qo'yadi, ota-ona qahriga uchraydi, 
zaminni inson qoni bilan bo'yagani uchun o'z inisi jasadini ko'tarib yurtdan chiqarib sazoyi 
qilinadi. 
Bayronning «Qobil» asari Nafas Shodmonov tariimasida G. Danatarov asariga qo'shilib, 
2000-yili Qarshi «Eski masjid* teatri tomonidan «Qobil va Hobil* (rej. X. Avliyoquli) nomida 
sahnaga qo'yildi. 
Bayron dramaturgiyasi ingliz dramaturgiyasidagina emas, shu qatori XIX asr birinchi yarmi 
umumovro'po 
dramaturgiyasi 
tarixida 
ham 
ro'y 
bergan 
jiddiy 
voqeadir. 
Bayron 
dramaturgiyasining teran g'oyaviyligi, shoirona ehtiroslarga boyligi dramatik san'atning eng 
noyob ko'rinishi deb e'tirof etilgan. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish