Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m


aniqlik kiritib olishimiz lozim.
Odatda tarmoq so‘zi iqtisodiy nuqtai-nazardan yagona bir soha doirasida amal qiladigan ammo, ishlab
chiqarishning biron bir tugallangan, alohida mahsulot yetishtirish maqsadlariga bo‘ysindirilgan yo‘nalishiga
aytiladi. Bunda ko‘pincha asosiy va qo‘yimcha tarmoqlar ajratib olinadi.
Masalan, qishloq xo‘jaligi alohida soha hisoblanadigan bo‘lsa, uning asosiy tarmoqlari sifatida
o‘simlikchilik va chorvachilik yo‘nalishlari qabul qilingan. Har bir tarmoq o‘z o‘rnida yana kichik
tarmoqlarga bo‘linib boradi.
Masalan, paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida asosiy tarmoq bu paxta va g‘alla
yetishtirish hisoblansa,sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida asosiy tarmoq sabzavot mahsulotlari yetishtirish
hisoblanadi.
Bunday ajratishni to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Chunki, har bir yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari uchun
qonunlarda aniq o‘lchamdagi yer maydonlari belgilab qo‘yilgan. Bu yer maydonlaridan maqsadli
foydalanish ham amaldagi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklaridagi
“Asosiy tarmoq”
tushunchasiga aniqlik kiritib oldik. Fermer
xo‘jaliklarida bu masala - yer uchastkalarining uzoq muddatli ijarasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmoqda. Endi
o‘z o‘zidan qo‘shimcha tarmoqlar masalasi hal bo‘ladi.
Ya'ni, fermer xo‘jaligining asosiy tarmoqdan boshqa yo‘nalishlarda tashkil etgan ishlab chiqarish
faoliyati qo‘shimcha tarmoq hisoblanadi. Ushbu qo‘shimcha tarmoqlarni samarali rivojlantirish maqsadida
investitsiyalar jalb qilish maqsadga muvofiqdir, chunki bu xol fermer xo‘jaliklarining qo‘shimcha
daromadini oshirishga olib keladi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‘rni juda ahamiyatlidir,
chunki xar qanday investor investitsiya muhitiga uning jozibadorligiga e'tibor beradi.
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsiya muhiti bir tomondan investor-firmasi va ikkinchi tomondan
xorijiy investitsiyani qabul qiluvchi xo‘jalik sub'ektlari, ya'ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda
kasaba uyushma va boshqa jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ikki yoqlama munosabatlarni aks ettiradi. Bu
darajada investitsiya iqlimi umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va madaniy jabhalarda yaqqol
ko‘rinadi. Makro va mikroiqtisodiyot darajalari birgalikda yagona investitsiya muhitini tashkil etadi va
potensial investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlarning bo‘lajak munosabatlarini belgilab beradi.
Investitsiya muhiti ob'ekt kategoriyasi bo‘lib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun
haqiqatda mavjud bo‘lgan shart- sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsiya
muhiti faqat davlat organlari ta'siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon
tajribasidan, jumladan xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishgan
kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy
xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Davlat hokimiyatining ta'sirchanligi investitsiya muhitini aniqlovchi omillardan biridir. Shundan kelib
chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat ma'lum bir investitsiya tizimiga egaligini ta'kidlash mumkin.
Bu tizim huquqiy me'yorlar va muassasalardan iborat xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi va
investitsiya muhitini o‘z ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul qilish tizimi investitsiya muhitining
komponenti bo‘lib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil ravishda tashkil etiladi. Chunki u investitsiya
muhitini o‘zgartirishga qodirdir. Xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonning
xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga qulay ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsiya muhiti kirib
kelgan kapitalni mamlakat ichida optimal ravishda o‘sib borish vaziyatiga baho beradi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan, qishloq
xo‘jaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub o‘zgarishlar yasash mumkin. Shunday
ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarga qulay bo‘lgan investitsiya muhitini yaratib berish
kerak. Investitsiya muhiti iqtisodiyotda yangi tushuncha emas, ammo mustaqil O‘zbekiston sharoitiga
nisbatan ishlab chiqilmagan. Endi bu sharoitni yaratishga urinishlar bo‘lmoqda. Bir qator rivojlangan
davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsiya muhitining ahamiyati, amaliy jihatdan,
qaysi boyliklar va yo‘nalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari to‘g‘risida tushuncha
beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishni ishlab chiqishga
imkoniyat yaratadi.
Investitsiya muhiti- juda keng ma'noda ishlatiladigan tushuncha bo‘lib, investor tomonidan hisobga
olinadigan barcha muammolar va masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan ma'lum bir
davlatga investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda, o‘z kapitalini
kiritmoqchi bo‘lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi.
Investitsiya muhiti har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski aniqlanadi. Investitsiya

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish