Biologiya fani o‘qituvchisi G.F.Erdonovaning imzosini tasdiqlayman.
Samarqand shahar 45-o‘rta umumta’lim maktabi direktori
POLVONOVA D.S.
imzo 2007.15.01.
TOPSHIRIQLAR
1. Mavzu va uning zaruriy qismlarini o‘qib chiqing.
2. Mavzuni og‘zaki hikoya qiling va ishonch xatining ahamiyatini tushuntiring.
3. Quyidagi mavzularda ishonch xati namunalari yozing: sizning nomingizga kelgan
pochta jo‘natmasini olish uchun o‘rtog‘ingizning nomiga ishonch xati yozing, xizmat safariga
ketayotganligingiz munosabati bilan oylik maoshingizni olishi uchun turmush o‘rtog‘ingiz
nomiga ishonch xati yozing, malaka oshirish uchun o‘qishga ketayotganligingiz munosabati
bilan oylik maoshingizni olishi uchun akangiz nomiga ishonch xati yozing va hokazo.
HISOBOT
Bir yillik, yarim yillik, bir chorak yoki bir oylik muddat uchun
rejalashtirilgan ishlar, vazifalar, topshiriqlar, tadbirlar va boshqa shu kabilarning
bajarilishi, turli ilmiy va xizmat safarlarining natijalari bayon etiladigan rasmiy
hujjat. Hisobot hajman va mazmunan keng yoki qisqa bo‘lishi ham mumkin.
Xizmat safari bo‘yicha buxgalteriya hisob-kitobi uchun mo‘ljallangan raqamlarga
asoslanuvchi hisobot maxsus ish qog‘oziga rasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlar
tavsifidan iborat hisobot keng qamrovli bo‘lishi bilan birgalikda hisobot
berilayotgan muddat hamda unda aks ettirilayotgan sohaga doir ma’lumotlar aniq
bo‘lishi lozim. Hisobot korxona, tashkilot, muassasaning yil, chorak yoki oy
davomida amalga oshirgan ishlarinigina qamrab olmasdan qo‘lga kiritilgan
yutuqlar, ularning omillari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning sabablari,
rejalashtirilgan ishlarning bajarilishida ularning samaradorligini ta’minlash
bo‘yicha taklif-mulohazalar ham o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham hisobot
mavzu bo‘yicha tegishli taklif, mulohaza va tavsiyalar keltirish bilan xulosalanadi.
Hisobotning zaruriy qismlari:
– hisobot beruvchi shaxsning o‘qish yoki ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi,
hisobotning nima haqdaligi va hisobot davri;
– hujjat nomi – hisobot;
– matn (unda rejalashtirilgan ishlar, topshirilgan vazifa, ular yuzasidan
amalga oshirilgan tadbirlar, ularning bajarilishi, erishilgan yutuqlar, ularning
omillari, yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklar, ularning sabablari, taklif,
mulohazalar, tavsiyalar, ilova materiallar aks etadi);
– hisobot yozuvchi shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan
sana (hisobot yuqori idoralarga yuboriladigan bo‘lsa, korxona rahbari imzosi bilan
tasdiqlanb, muhri bosiladi).
NAMUNA
Samarqand shahar 17-o‘rta umumta’lm
maktabining kimyo fani o‘qituvchisi
Elomonova Marjonaning IX sinf
o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan I bosqich
olimpiadasi natijalari yuzasidan qisqacha
Do'stlaringiz bilan baham: