O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

KONSTITUTSIONALIZM – 
1

Konstitutsiya bilan chegaralangan boshqaruv
konstitutsiyaga va boshqaruvning konstitutsiyaviy uslublariga tayanadigan siyosiy tizim; 2. 
Konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatilishi zaruriyatini asoslab beruvchi siyosiy – huquqiy nazariya. (3) 
KONSTITUTSIYA - 
(lotin. conctitutio – o‘rnatish, tuzilish) - moddiy ma’noda avvalo inson 
va fuqaro huquqlari va erkinliklarini e’lon qiluvchi va kafolatlovchi, shuningdek ijtimoiy
 
tuzum 
asoslarini, boshqaru’ shakli va davlat tuzilishi
 
asoslarini, hokimiyat markaziy va 
mahalliy organlarini tashkil etish asoslarini, ularning vakolatlari va o‘zaro munosabatlarini, 
davlat ramzlari va poytaxtini belgilaydigan qonun hujjati, hujjatlar yoki konstitutsiyaviy 
odatlar majmui. Rasmiy ma’noda barcha qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan 
asosiy qonun. Konstitutsiya — eng oliy huquqiy shakl bo‘lib, unda konstitutsiyaviy tuzum 
qadriyatlari, institutlari va normalari, davlat hokimiyatining ijtimoiy aloqalari va 
munosabatlarini davlat — huquqiy tartibga solish asoslari mustahkamlab qo‘yiladi. Konstitutsiya 
hozirgi zamon davlatchiligining muhim belgisi hisoblanadi. Hozirgi davrda Fors ko‘rfazidagi 
ayrim absolyut monarxiyalar (Saudiya Arabistoni, Ummon)gina konstitutsiyaga ega emas. Huquq 
fanida yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiyalar farqlanadi. YUridik konstitutsiya, moddiy 
ma’noda ham, rasmiy ma’noda ham, yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy munosabatlar doirasini 
tartibga soluvchi huquqiy normalar tizimidir. Haqiqiy konstitutsiya esa shunday 
munosabatlarning o‘zi, ya’ni real mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya o‘z shakliga ko‘ra 
hozirgi mamlakatlarning aksariyatida parlament, maxsus konstitutsiyaviy assambleya 
tomonidan, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan umumxalq referendumida qabul 
qilinadigan yagona huquqiy hujjat, mamlakatning 
asosiy qonuni 
hisoblanadi. 
Konstitutsiya mamlakat qonunchiligida birinchi o‘rinda turadi va milliy huquq 
tizimining asoslarini belgilab beradi. Ba’zan konstitutsiya bir necha qonun hujjatlaridan 
tashkil topadi (odatda ulardan birida konstitutsiyaning asosiy matni ifodalanadi), ya’ni 
qisman kodifikatsiya qilingan hisoblanadi (masalan, Avstriya, Kanada, SHvetsiya, CHexiya, 
Finlyandiyada). Masalan, SHvetsiya konstitutsiyasi uch qonun (1974 y. Boshqaruv shakli, 
1810 y. Taxtni meros qoldirish to‘g‘risidagi hujjat, 1974 y. Matbuot erkinligi to‘g‘risidagi 
hujjat)dan tashkil topgan. Fransiyada 1958 y. Konstitutsiyaning asosiy matni bilan bir qatorda 
1789 y. Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi va 1946 y. Konspputsiya Muqaddimasi 
mamlakat asosiy qonunining qismlari deb e’tirof etilgan. Qonuniylashtirilmagan 
(aniqrog‘i — kodifikatsiya qilinmagan) konstitutsiya ham uchraydi (masalan, Buyuk
Britaniya, YAngi Zelandiya, Isroilda). Bunday konstitutsiya nafaqat bir necha qonun 
hujjatlaridan, balki konstitutsiyaviy odatlar, sud pretsedentlaridan ham tashkil topadi. 
So‘nggi zikr etilgan holatda Buyuk Britaniya, YAngi Zelandiya, Isroilda faqat moddii ma’nodagi 
konstitutsiyaning mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin, chunki bu 
mamlakatlar rasman konstitutsiyaga ega emas. Kodifikatsiya qilingan konstitutsiyalar
amaliy jihatdan kodifikatsiya qilinmagan konstitutsiyalardan shubhasiz ustun turadi,
chunki kodifikatsiya qilinmagan konstitutsiyalarni kundalik hayotda qo‘llash, oddiy
fuqarolarni ular bilan tanishtirish juda qiyin. Mo‘ljallangan amal qilish vaqtiga qarab
doimiy va muvaqqat konstitzpdiyalar farqlanadi. Muvaqqat konstitutsiyalar odatda o‘tish


85 
davrida qabul qilinadi. SHu davr ichida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzilishi uzil 
—kesil ishlab chiqiladi (masalan, 1994 y. JAR muvaqqat konstitutsiyasi 1996 y. doimiy
konstitutsiya bilan almashtirildi). Muvaqqat konstitutsiyada ko‘pincha hokimiyatni
tashkil etishning asosiy qoidalarigina o‘z aksini topadi (masalan, 1992 y. Polsha «Kichik 
konstitutsiyasi», 1991 y. Albaniya Asosiy konstitutsiyaviy qoidalari). Ba’zan muvaqqat
konstitutsiya uzoq yillar amal qiladi. Doimiy konstitutsiyalar esa, aksincha, qisqa vaqt 
amal qilishi mumkin: masalan, bir yarim asr ichida yigirma beshtadan ortiq konstitutsiya 
qabul qilgan Venesuelada ularning ayrimlari ikki yilga ham bormasdan bekor qilingan. 
Hozirgi davrda jahon amaliyotida yangi konstitutsiyalar qabul qilishning har xil usullari 
mavjud. Konstitutsiya parlament, ta’sis majlisi tomonidan, referendumda yoki aralash 
yo‘l bilan qabul qilinishi mumkin. Masalan, Ukraina, Moldova, Gruziya va O‘zbekistonning 
amaldagi konstitutsiyalari sof parlament usulida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. So‘nggi 
yillarda Bolgariya, Ruminiya, Kamboja, Braziliya va Kolumbiyada ta’sis majlisi tomonidan 
ishlab chiqilgan konstitutsiyalar qabul qilindi. Rossiya, Qozog‘iston konstitutsiyalari, 
shuningdek Belarus asosiy qonunining hozirgi tahriri davlat boshlig‘i rahbarligida ishlab 
chiqildi va referendumda qabul qilindi. Armaniston, Ozarbayjon, Litva va Tojikiston 
konstitutsiyalari parlament tomonidan qabul qilingach, referendumda tasdiqlandi. 1992 y. 
Estoniya konstitutsiyasi ta’sis majlisi ma’qullaganidan so‘ng referendumda tasdiqlandi. 
Davlat boshlig‘i o‘z hokimiyati bilan tasdiqlagan konstitutsiyalar ham uchraydi. Kodifikatsiya 
qilingan konstitutsiyaning muhim yuridik jihati shundan iboratki, u boshqa barcha normativ 
hujjatlarga, shu jumladan qonunlar va konstitutsiyaviy qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuchga 
ega bo‘ladi. Ularning barchasi konstitutsiyaga muvofiq bo‘lishi lozim. Nihoyat, konstitutsiyaning 
yana bir yuridik jihati — u qabul qilish va o‘zgartirishning alohida tartibiga ega bo‘ladi. 
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida ushbu tartib oddiy qonunlarni qabul qilish va 
o‘zgartirish tartibidan ancha murakkabdir. Bunday hollarda qat’iy konstitutsiya to‘g‘risida so‘z 
yuritiladi. Ba’zi konstitutsiyalarda ularning ayrim qoidalari (masalan, davlatning mustaqilligi
uning dunyoviy davlat ekanligi, respublika boshqaruv shakli to‘g‘risidagi qoidalar) umuman, 
hatto referendum yo‘li bilan ham qayta ko‘rilmasligi belgilab qo‘yiladi. Aksariyat 
konstitutsiyalarda yangi asosiy qonunni qabul qilish uchun ta’sis majlisi chaqirilishi yoki 
referendum o‘tkazilishi lozimligi nazarda tutiladi. Ko‘pincha konstitutsiyaga qo‘shimcha va 
o‘zgartirishlar kiritish uchun ham referendum o‘tkazish talab qilinadi. Konstitutsiyaga qo‘shimcha 
va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror parlament tomonidan qabul qilinishi ham mumkin. 
Bu holda qaror oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Federativ davlatlarda federal 
konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga qo‘shimcha tarzda 
federatsiya sub’ektlarining ko‘pchiligi tomonidan ratifikatsiya qilinishi zarur. Hozirgi 
konstitutsiyalar konstitutsiyaviy tartibga solish predmetining rang — barangligi va o‘ziga xos 
ierarxiyasini aks ettiruvchi muayyan tuzilish (bo‘limlar, boblar va sh.k.)ga ega. Hozirgi zamon 
davlatlari aksariyatining konstitutsiyaviy tartibga solish predmetlari o‘xshash ekanligiga 
qaramay, asosiy qonunlar tuzilishining biron —bir yagona sxemasi mavjud emas. 
Konstitutsiyalarning tuzilishi turli mamlakatlarda ularning muayyan konstitutsiyaviy 
modelga mansubligi, tarixiy an’analari va h.k.ga qarab har xildir. MDHga a’zo 
mamlakatlarning aksariyati qabul qilgan konstitutsiyalar quyidagi tuzilishga ega: a) 
muqaddima; b) umumiy qoidalar (konstitutsiyaviy tuzum asoslari); v) inson va fuqaro huquqlari 
va erkinliklari; g) qonun chiqaruvchi hokimiyat; d) ijro etuvchi hokimiyat; e) sud hokimiyati; j) 
mahalliy davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish; z) konstitutsiyaga o‘zgartirish 
kiritish tartibi; i) yakunlovchi qoidalar. Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida 


86 
konstitutsiyaviy tuzum asoslarini ta’riflovchi bobl boblar va bo‘limlar bilan bir qatorda, 
mustaqil 
boblar 
(bo‘limlar), 
chunonchi, 
futsarolik 
jamiyati 
inst itutla rini 
mustahkamlaydiga n «J amiya t va davlat» (1992 y. Litva konstitutsiyasi, 3 — bob), 
«Jamiyat va shaxs» (1992 y. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, III bo‘lim) 
boblari (bo‘limlari) ham mavjud. Ushbu boblar va bo‘limlar, qoida tariqasida, 
«mulkchilik va tadbirkorlik», «oila», «jamoat birlashmalari», «fan», «ta’lim», 
«ommaviy axborot vositalari» kabi masalalarga bag‘ishlanadi. YAngi konstitutsiyalarning 
mutlaq ko‘pchiligida iqtisodiyot va (yoki) moliyaga bag‘ishlangan alohida bo‘limlar 
mavjud. Ayrim konstitutsiyalarda qonunchilik to‘g‘risidagi qoidalar alohida bobga 
ajratilgan bo‘lsa, boshqa konstitutsiyalarda saylov va referendum to‘g‘risida maxsus 
bo‘lim mavjud. «Amerikacha» modelga mansub yangi konstitutsiyalarga (Braziliya, 
Kolumbiya, F i l i p p i n v a b . ) « D a v l a t x i z m a t i » ( y o k i « D a v l a t xizmatchilarining 
javobgarligi») kabi bo‘limlar, agrar islohot, qurolli kuchlar, davlat va demokratik 
institutlar himoyasi to‘g‘risidagi alohida bo‘limlar (yoki boblar)ning mavjudligi xosdir. 
(3) 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish