77
uchun xos bo‘lgan umumiylikdan kelib chiqishini hisobga olgan holda davlatni
fuqarolik-
huquqiy munosabatlardagi “alohida shaxs” deb nomlash zarur bo‘ladi. Qolaversa, fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda davlatga nisbatan “alohida shaxs” atamasining qo‘llanilishi davlatning
hokimiyat vakolatlari, suverenitet sohibi ekanligi va boshqa qator o‘ziga xos xususiyatlardan
kelib chiqadi. Bunday alohidalik davlatning immunitetdan foydalanishida yaqqol namoyon
bo‘ladi. E’tirof etilgan qoidaga ko‘ra, immunitet tamoyili “har bir
davlat boshqa bir davlat
yurisdiksiyasidan immunitet huquqiga ega” ekanligini anglatadi. Immunitet – yurisdiksiyani
istisno qilish yoki undan ozod etishdir. Bu esa, o‘z o‘rnida yurisdiksiyaga bo‘ysunmaslik bilan
barobar. SHubhasiz, har bir davlat boshqa bir davlat yurisdiksiyasiga bo‘ysunmaydi.
“YUrisdiksiya” tushunchasi xalqaro huquqda (shuningdek, milliy huquqda ham) turli ma’nolarda
qo‘llaniladi. Biroq davlat immuniteti tamoyiliga nisbatan u o‘zining keng ma’nosida, ya’ni
davlatning o‘z hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishi tarzida ishlatiladi. Boshqacha aytganda,
davlat immuniteti tamoyili bir davlatning ikkinchi bir davlatga bo‘ysunmasligini anglatadi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi davlat immuniteti bu davlatning o‘z vakolatlarini o‘zi
qabul qilgan qonun hujjatlari asosida amalga oshirishi, bunda fuqarolik-huquqiy munosabatdagi
davlatning huquq va majburiyatlari faqatgina shu davlatning
qonunchiligiga muvofiq
belgilanishidir. Davlat immunitet sohibi sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qaysi
turida ishtirok etishini ham faqat o‘zi belgilaydi. Masalan, FKning 457-moddasida davlat o‘z
ehtiyojlari uchun tovarlar etkazib berish shartnomasida taraf sifatida ishtirok etishi belgilangan.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda immunitet davlatga nisbatan shunday holatni yuzaga
keltiradiki, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etib, o‘z
majburiyatlarini bajarmagan
davlat faqat o‘z milliy qonunchiligi asosida javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda davlatga nisbatan vakolatlarni amalga oshirmaslik va hokimiyat vakolatlaridan
foydalanmaslik talabi belgilangan bo‘lsa-da, davlatning bu belgilari u bilan chambarchas
bog‘liqligi sababli fuqarolik-huquqiy munosabatlarga ham ta’sir etadi.
Aynan shu holatlar
“immunitet” atamasining mohiyatini tashkil etadi. (5)
Do'stlaringiz bilan baham: