158
chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur.
Alloh
taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur...
Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz,
g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog‘lidur,»
81
- deb yozgan edi Abdulla Avloniy. U yana
jaholat, ilmsizlik, ma’rifatsizlik va ularning zarari haqida shunday deydi: «Jaholat deb
o‘qumagan, bilimsiz, hech narsaga tushunmaydurgan nodonlig‘ni aytilur. Jaholat insoniyatning
eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarining boshlig‘idur... Jaholat arbobi qayu-erda bo‘lsa bo‘lsin,
loyiqi e’tibor o‘lmaq sharafindan mahrumdur. Moddiy jihatdan qancha boy va sarvatdor bo‘lsa,
ma’naviy jihatdan shuncha faqir va zalil hisoblanur. Zeroki, jaholat eng qo‘rqinch
faqir va
muhtojlikdan ziyoda dahshatliroq bir musibatdur».
82
Haqiqatan ham kishida jaholat kuchli bo‘lsa, uning xatti harakatini jaholat boshqarsa, bunday
kishi ma’naviy tubanlik botqog‘iga botadi va oxir oqibat halokatga uchraydi. Agar bunday holat
butun jamiyat, millatni o‘z domiga tortsa, unda jamiyat tanazzulga uchraydi, millat esa o‘zligini
yo‘qotadi.
Ko‘rinadiki, odamzot naslining ulug‘ligi ma’rifat va ma’naviyatdan. U aql-idrok, ilm tufayli ne-
ne tugunlarni echishga qodir. Ma’rifat va ma’naviyat o‘ylab ko‘rilsa, misoli bir jilov. U
insonlarni barcha yomon, yaramas ishlardan, ma’naviyatsizlikdan tiyib turadi. Ma’rifatli va
ma’naviyatli insonlar o‘z orzu-istaklariga etadi, maqsadlariga erishadi. Ma’rifat va ma’naviyatni
o‘zida mujassam etgan kishilarning foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz
bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ladilar.
Ma’naviyat va ma’rifatning inson ma’naviy barkamolligidagi beqiyos ahamiyatini hisobga olgan
holda mustaqillikka erishganimizdan buyon Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda
ma’naviyat va ma’rifat rivojiga katta ahamiyat berib kelmoqda. Zero, “... bugungi shiddatli
davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli
odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy
qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil
davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan
kurasha olishi mumkin”
83
.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy masalalar
bilan bir qatorda ma’naviyat va ma’rifatni uyg‘un holda rivojiga alohida ahamiyat berib
kelinmoqda.
Bunga Prezidentimizning «Ma’naviyat va ma’rifat jaioatchilik markazini tashkil qilish
to‘g‘risida» (1994 yil 23 aprel); «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida «(1996yil 9 sentyabr);» Respublika
ma’naviyat va ma’naviyat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida (1999 yil 3 sentyabr)ga
farmonlari; Vazirlar Mahkamasining «Ma’naviy – ma’rifiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish
va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (1998 yil 24 iyul) qarori; Oliy
Majlis tomonidan «Ta’lim tizimini isloh qilish» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»
to‘g‘risida (1997 yil 29 avgust) qabul qilingan qonunlar yaqqol misoldir. Mamlakatimizda
ma’rifatni rag‘batlantiruvchi, unga xomiylik qiluvchi «Is’tedod», «Kamolot» kabi jamg‘arma va
uyushmalar faoliyat ko‘rsatayotir.
Ko‘rinadiki, mustaqillik yillarida ma’naviyat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami
va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlariga erishish, hech kimdan
kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy
yuksalishi
yo‘lida mustahkam zamin yaratadi.
Ma’naviyat va ma’rifat mamlakat miqyosida va joylarda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar orqali kishilar ongiga singdiriladi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar sirasiga hozir jamiyat hayotida tobora katta ahamiyat kasb
etayotgan ommaviy axborot vositalari, ilmiy, badiiy adabiyotlar, barcha bilim yurtlarida,
jamoatchilik orasida o‘tkazilayotgan suhbatlar, uchrashuvlar, munozaralar va boshqalar kiradi.
81
Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. 22-23 бетлар.
82
Ўша жойда, 43-бет.
83
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Тошкент, “Маънавият”, 2008, 16- бет
159
Jamiyat rivojlanib ma’naviy kamolotga ehtiyoj kuchaygan sari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning
ko‘lami kengaya boradi. Ammo ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qancha yaxshi yo‘lga qo‘yilsa ham,
insonning aqliy va axloqiy ya’niki ma’naviy kamoloti birdaniga amalga oshadigan ish emas.
Garchi insonda ma’naviy barkamollikning nasliy imkoniyatlari bo‘lsa ham, ular o‘z-o‘zicha,
stixiyali yoki biologik imkoniyatlar asosida amalga oshavermaydi. Ma’naviyatli va ma’rifatli ota
va onadan tug‘ilgan farzand o‘z-o‘zidan ma’naviy barkamol, komil inson darajasiga etmaydi.
Ma’lum maqsadlar bilan bog‘langan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, ta’lim va tarbiya natijasi,
oila, jamoa, mahalla, jamiyat ta’siri insonning ichki, tug‘ma ma’naviy – ruhiy, nasliy
imkoniyatlarini ma’naviylik darajasiga ko‘taradi, odam farzandiga insoniylik fazilatlarini
baxshida etadi, uning axloqi, odobi, bilimi, malakasi, iymon-e’tiqodi,
dunyoqarashini
shakllantiradi, barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishlariga olib keladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga e’tibor bermagan, ta’lim – tarbiya ishlarini o‘z oldidagi maqsadlar
bilan bog‘lay olmagan jamiyat, davlat ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Xalqimizning
ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Ma’naviyat va ma’rifat O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi ma’naviy barkamol, komil
insonlarning quyidagi xislat va fazilatlarga ega bo‘lish ruhida tarbiyalab voyaga etkazishda
muhim ahamiyatga egadir:
-
aqlli, iymonli, mustaqil fikr yurtga oladigan;
-
odobli-millatimiz to‘plagan barcha ezgu, yaxshi, ijobiy axloqiy fazilatlarga ega
bo‘lishlik;
-
mehnatsevarlik – aqliy va jismoniy mehnatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga aylanganlik
holati;
-
bilimli – dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo‘llay
olishligiga;
-
sog‘lomlik-
jismoniy, ruhiy, ijtimoiy-siyosiy dunyo qarashlari va ma’naviy jihatdan
sog‘lom fikr yuritishlilik;
-
milliy g‘ururga egalik- ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma’naviy merosni chuqur
egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyituvchi;
-
vatanparvar – vatan taraqqiyoti va kelajagi uchun fidokorona mehnat qiluvchi, zarur
bo‘lsa, uning uchun jonini ham beruvchi;
-
baynalminal – boshqa millatlarni o‘zining millati qatorida hurmat qilishi;
-
insonparvar – inson zotiga faqat yaxshilik qilishni o‘ylovchi;
-
jasur va shijoatli – qo‘rqmas, har bir ishga faol kirishib, uni oxiriga etkazuvchi va
boshqalar. YUqoridagilarning ja’mi uzviy birgalikda inson ma’naviy barkamolligini o‘zida
mujassam etadi. Ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadan ko‘zlangan maqsad ham ana shunday xislat va
fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: