130
surilayotgan g‘oyalarning mohiyati ochib berilmas ekan, uning jamiyat taraqqiyotida millat va
shaxs kamolotidagi rolini belgilash mumkin bo‘lmaydi
Prezidentimiz milliy
taraqqiyotimizning
dasturi
darajasiga aylangan birinchi
asari
«O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» dayoq ma’naviyatning inson hayotidagi
ahamiyatini ochib berib shunday yozgan edi: «Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur.
Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog‘ini bosadi. Xuddi shuningdek inson ham necha –
necha azoblar va qiyinchilik bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi».
18
Mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar va uning vazifalarini belgilab berishda Prezidentimiz
yana ma’naviyatni rivojlantirish masalasiga qaytib shunday yozadi: «Moddiy islohotlar, iqtisodiy
islohotlar- o‘z yo‘liga.Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish
mumkin, ammo ma’naviy islohotlar – qullik, mu’telik iskanjasidan ozod bo‘lish, qaddini baland
tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga voris bo‘lish – bundan og‘irroq va bundan
sharafliroq vazifa yo‘q, bu dunyoda».
19
YA’ni, bu erda Prezidentimiz o‘tkazilayotgan isloxotlarning asosiy tomonini milliy-ma’naviy
tiklanish tashkil qilishini ta’kidlamoqda. Ularning bu g‘oyalariga muvofiq qullik, mu’telik
iskanjasidan ozod bo‘lgan, o‘zining kimligini anglagan, millatining o‘zligini tarannum etgan
insongina mamlakatni taraqqiyotga o‘z xissasini qo‘shishi mumkin.
Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar ekan: «Er, oila, ota-ona, bolalar,
qarindosh-urug‘lar, qo‘ni – qo‘shnilar, xalq,
mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat,
ishonch, xotira, vijdon, erkinlik- ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng»
20
- deb ta’kidlaydi.
Ma’naviyat o‘z-o‘zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir insonning ichki ma’naviy
salohiyatini shakllantirish yo‘lida barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirish, Vatan va
millat manfaatlari yo‘lida halol, fidoyilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi. SHu
ma’noda ham Prezidentimiz «Ma’naviyat-taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida
kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak»
21
ligini
ta’kidlaydi.
Ko‘rinib turibdiki, Prezidentimiz ma’naviyatni «tayyor» xolatda qaramaydi. Uni shakllantirish
va rivojlantirish, millatning chinakkam mulkiga, taraqqiyot omiliga
aylantirish uchun fidoyilik
ko‘rsatish zarurligini ta’kidlamoqda.
Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o‘rganib borar ekanmiz, ularda oldingi asarlarda ilgari
surilgan g‘oyalar keyingilarida ijodiy rivojlantirilganligi, mazmunan va mohiyatan
boyitilganligini ko‘ramiz. Eng asosiysi shundaki, ana shu boyitish jarayonida jamiyat va
millatimiz taraqqiyotida sodir bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda yuzaga kelgan yangi
muammolarni hal etishning nazariy asoslari o‘z ifodasini topgan. SHu munosabat bilan
ma’naviyatning jamiyatni rivojlanishidagi roli haqida Prezidentimiz
tomonidan keltirilgan
quyidagi fikrlarning mohiyatini tushunib olib, uni bevosita har birimiz o‘zimizning kundalik
vazifamizga aylantirishimiz millatimiz va mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlash uchun muhim
amaliy ahamiyatga egadir. «Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa
sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo xalq
ma’naviyatining tiklanishi, tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning
saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir».
22
18
Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.(Нутқлар, мақолалари суҳбатлар ).
Тошўкент. Ўзбекистон, 1993, 78-бет.
19
Қаранг; Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Тошкент. Ўзбекистон,
1996,
1, 202-бет.
20
Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. (Нутқлар, мақолалари суҳбатлар)
Тошкннт. Ўзбекистон, 1993, 78-бет.
21
Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.(Нутқлар, мақолалари суҳбатлар ).
Тошкент. Ўзбекистон, 1993, 79-бет.
22
Ўша асар 18-бет
131
Haqiqatan ham ma’naviy qashshoqlik bilan hech qachon millat iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyotga erisha olmaydi. Ma’naviyat har qanday taraqqiyot uchun manba bo‘lib
hizmat
qiladi. CHunki ma’naviyat qancha yuksak bo‘lsa, qilinadigan ishlarning samaradorligi va unumi
ham shu darajada yuksak bo‘ladi.
Ma’naviyat orqali inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmuni va mohiyatini aniq tushunib
etadi, o‘z mehnatini quvonch hamda taraqqiyot omiliga aylantirishga erishadi.
SHu ma’noda ham Prezidentimiz ma’naviyatni isloh qilishni birinchi darajali vazifa sifatida kun
tartibiga qo‘ymoqda.
Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berish bilan bir vaqtda bu sohada amalga
oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlarning strategik yo‘nalishlarini ham belgilab beradi. SHu
jumladan, u «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida quydagilarni ta’kidlaydi:
«…avvalambor yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish,
ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash. Ularning tafakkurida
o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish
fazilatlarini qaror toptirish, ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur
va iftixor bilan
yashashiga erishishidir».
23
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyingi o‘tgan davr ichida Prezident Islom Kaprimov
asarlari va ma’ruzalarida «Ma’naviyat» ning mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotida va inson
kamolotida tutgan o‘rni haqidagi g‘oyalari yana ham rivojlantirilib kelindi. Prezidentimiz
«Ma’naviyat»ga jamiyat barcha sohalarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning manbai sifatida
qarab keladi. SHuning bilan birga ma’naviyatni mamlakatimiz va yoshlarimizga qarshi
qaratilgan turli xurujlar hamda yovuz kuchlardan himoya qilishda qudratli kuch ekanligiga
e’tiborni qaratadi. U «Bunday balo – qazolarga» qarshi kurashda, farzandlarimizning ma’naviy
dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo to‘g‘ri tarbiya, sog‘lom
turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e’tiqod
hisobidan bunga erishish
mumkin»,
24
deb ta’kidlaydi. Bunday vazifani amalga oshirishning asosiy imkoniyati yoshlarimiz
ongi va qalbiga ma’naviyatimizning bitmas – tuganmas boyliklarni etkazish hisoblanadi.
«Ma’naviyat» tushunchasiga tarif berishda, uning jamiyat va inson kamolotida o‘rnini belgilab
berishda Prezident ana shu konseptual g‘oyalarni izchillik bilan rivojlantirib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: