Umurtqa pog'onasi.
Sudralib yuruvchilaming o‘q skeleti
yoki umurtqa pog'onasining qismlari suvda ham quruqlikda
yashovchilamikiga nisbatan harakatchan va to'rtta bo'limga:
bo'yin, ko'krak-bel, dumg'aza
va
dumga
b o 'lin a d i.
Umurtqalar tanasining old tomoni botiq, orqa tomoni bo'rtib
chiqqan, ya’ni protsel tipda bo'ladi. Uning yuqori tomoni-
dan ustki yoylar (67-rasm) chiqadi, bu yoylar aniq ajralib
turadigan qiltanoq ostist o'simta bilan tugaydi.
9
67-rasm. Kaltakesak skeleti tuzilisl^il
1-o‘mrov suyagi, 2-kurak suyagi, 3-yelka suyagi, 4-bilak suyaglg||tirsak suyagi, 6-
bilaguzuk, 7-kaft suyaklari, 8-barmoq falangalari, 9-qovurg‘alari, lJFcbanoq kamari,
11-son suyagi, 12-katta boldir suyagi, 13-kichik boldir suyagi,
14-*йй>п suyagi, 15-
oyoq kaft suyaklari, 16-dum umurtqalari.
4
Ustki yoylar old qirrasidan bir juft qisqa
oldingi bo'g'im
o'simtasi,
orqa qirrasidan esa bir ju ft
keyingi bo'g'im
o'simtasi
chiqadi. Umurtqa pog'onasining yon tomonlarida,
yuqori yoy-ning asosiga yaqin joyda qovurg'aning birikishi
uchun kichik chuqurcha bor. Voyaga yetgan vakillari o'q ske-
letida xorda qoldig'i yo'q.
Bo'yin umurtqalari.
Kaltakesaklarning bo'yin qismida
umurtqalar soni 8 ta. Bulardan oldingi ikkitasi o'ziga xos tu-
zilgan (68-rasm).
www.ziyouz.com kutubxonasi
68-rasm. Echkemarning bo'yin va ko'krak umurtqalari:
A — atlant, В — epistrofey, V - ko‘krak umurtqasi, G - bo‘yiga kesilgan
ko‘krak umurtqasi: 1-epistrofeyning tishsimon o‘simtasi, 2-umurtqa tanasi, 3-ust-
ki yoy, 4-ostist o‘simta, 5-orqa miya kanaU, 6-oldingi qo'shuvchi o‘simta, 7-keyin-
gi qo‘shuvchi o‘simta.
Atlas yoki atlant deb ataladigan birinchi umurtqa barcha
amnio talar uchun xarakterli halqa shaklida bo'ladi. Old to-
monning pastki qismida bitta bo‘g‘im yuzasi bo‘lib, umurtqa
shu yuza yordami bilan bosh skeletga harakatchan tarzda ensa
bo‘rtmasi orqali birikadi. Atlas o'rtasidagi teshik pay bilan
ikkiga — pastki va ustki bo'limlarga bo'lingan. Ustki teshik-
dan orqa miya o'tsa, pastki teshikka tishsimon o'simta kira-
di, bu o'simta epistrofey deb ataladigan ikkinchi umurtqaga
birikkan. Tishsimon o'simta birinchi umurtqaning ajralib
chiqqan tanasidir. Shunday qilib, atlas o'z tanasi atrofida ay-
lana oladi. Birinchi bo'yin umurtqasining bunday tuzilishi
boshning harakatchan bo'lishiga imkoniyat tug'diradi. So'nggi
uchta bo'yin umurtqa-sining har birida bir juftdan yaxshi taraqqiy
etgan bo'yin qovurg'alari bor. Bu qovurg'alar umurtqa tanasi-
ga harakatchan tarzda birikib, va sekin-asta kattalasha boradi,
uchi to'sh suyagiga yetmasdan erkin holda tugaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |