2021-yil
23-aprel
352
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim
jarayonining sifati va samaradorligini oshirishning huquqiy-me’yoriy va moddiy-texnik
infrastrukturasi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning takomillashtirilgan o‘quv-
didaktik ta’minoti modernizatsiyalashtirilmoqda. Umume’tirof qilingan xalqaro talablar va
standartlarga muvofiq ta’lim tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirildi. Shu bilan birga zamonaviy shart-sharoitlarda xalq ta’limini modernizatsiya
qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tilini
o‘qitishda kommunikativ treninglardan foydalanib samaradorlikni oshirish jarayonining
yangi bosqichini joriy etishni talab etmoqda.
Tilni o‘rgatish til o‘rganuvchining ehtiyojidan kelib chiqib, o‘rganayotgan tildan jonli
tarzda foydalanish va turli muloqot ko‘nikmalari – eshitish, gapirish, o‘qish va yozishga
moslashtirilgan holda amalga oshiriladi. Shu tamoyil bugungi kunda xorijiy tillar, avvalo,
eshitish, gapirish, erkin muloqotda, bilimlarini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Har qanday tilni o‘rganish avvalo tilni eshitib, unga paydo bo‘lgan qiziqishdan
boshlanadi. Tilni o‘rganish bu tilning asosiy strukturasini tashkil qiladigan ana shu 4 ta
ko‘nikmaga asoslanadi. Chet tillarni o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi
sinfidan o‘yin, og‘zaki nutq darslari shaklida olib borilsa, ikkinchi sinfdan boshlab alifbo,
o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishga bosqichma-bosqich o‘tiladi. Shunday ekan, o‘zbek
yoshlarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari, zamonaviy bilim berishda munosib
sharoitlar yaratib berilgan bir davrda chet tillarni o‘rgatishda samaradorlikka erishish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashayotgan ta’lim endilikda ilm oluvchilar uchun ham, o‘qituvchilar uchun ham
butun dunyoda ta’limni va ilmiy izlanishlarni davom ettirish imkoniyatini yaratib
bormoqda. Bu jarayon o‘rta maxsus, kasb-hunar bitiruvchilarining turli dunyoviy bilimlarni
chet tillarda bilish– laridan tashqari, o‘z kasblari haqidagi bilimlarni ham chet tillarda
davom ettirishlariga imkon yaratadi. O‘zbekistonda xorijiy tilni o‘qitish xalqaro
standartlarni muvofiqlashtiruvchi Umum– evropa xorijiy tillarni o‘rganish, o‘qitish va
baholash mezonlariga tavsiyalar – CEFRga moslashtirilgan holda amalga oshiri– layapti. Bu
o‘quv dasturi barcha tillarni o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. CEFR3 dunyo
bo‘ylab keng tarqalgan xorijiy til ta’limining standartlaridan biridir. CEFR turli mamlakatlar
yoki bir mamlakatdagi turli universitetlar, kollejlar va maktablardagi o‘quv dasturlari,
mutaxassislarning tayyor– garlik darajasi va baholash tizimlarini qiyoslash uchun ishonarli
usul hisoblanadi. CEFR barcha tillarni o‘rganish, o‘qitish va baholash tizimini ham qamrab
oladi.
Samaradorlikni oshirishda psixologik, pedagogik va rivojlantiruvchi imkoniyatlarini
e’tiborga olgancha ulardan foydalanish o‘quv jarayonining quyidagi vazifalarini hal qilishga
qodir:
- zamonaviy ta’lim muassasalari ta’minlay olmaydigan kasbiy va ijtimoiy-maishiy
muhitda muvaffaqiyatli harakatlanish uchun zaruriy maxsus malakalarni shakllantirish;
- yuqori sinf o‘quvchilarini aniq vazifani yoki ishni bajarishga yo‘naltirish yordamida
bilimning aniq sohasida shaxs mukammallashuvini ta’minlash;
- ta’limning interfaol shakllaridan foydalanish hisobiga chet tilini o‘rganishning faol
tavsifini ta’minlash;
- o‘quvchilarning ijtimoiy tajribani ongli va muntazam egallab borishlariga
ko‘maklashish;
- shaxslararo o‘zaro harakatlanish vaziyatida ijobiy axloqning shakllanishiga
ko‘maklashish;
Do'stlaringiz bilan baham: |