Фойдаланилган адабиётлар
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2015 йил 12 июндаги “Олий таълим
муасасаларининг раҳбар ва педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва малакасини
ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги ПФ-4732-
сон Фармони.
2. Инновация таълим технологиялари / Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Ҳ., Сайфуров
Д.М., Тўраев А.Б. – Т.: “Сано стандарт” нашриёти, 2015. – 150 б.
3. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат – Т., 2006.
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
149
YOSHLAR RUHIY KECHINMALARIGA TA’LIM-TARBIYA ORQALI SOG‘LOM
G‘OYALARNI SINGDIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASPEKTLARI
Bo‘riyeva Xushnuda - Navoiy viloyati Xatirchi tuman 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
psixologi
Аннотация:
maqolada bugungi axborot xurujlari va yod g‘oyalarning turli yo‘llar bilan
mamlakatimizga u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar,
e’tiqod shakllariga va ta’lim
-
tarbiya tizimiga salbiy yoki ijobiy ta’siri jarayonlari ta’siri
ochib berilgan.
Аннотация:
в статье рассматривается влияние сегодняшних информационных атак и
йодных идей на нашу страну по-разному, процессы негативного или позитивного
воздействия на ценности, традиции, формы верований и систему образования,
сформировавшуюся веками в том или ином регионе.
Annotation:
this article discusses the impact of today's information attacks and iodine ideas
on our country in various ways, the processes of negative or positive impact on the values,
traditions, beliefs and education system formed over the centuries in this or that region.
explained.
Dunyoning taniqli siyosiy arboblaridan biri Maxatma Gandi shunday yozgan edi:
“Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza
havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul
bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘zimni yiqitib tashlashini ham hohlamayman”. Bu
falsafiy so‘zlarni bugungi axborot xurujlari va yod g‘oyalarning turli yo‘llar bilan
mamlakatimizga u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar,
e’tiqod shakllariga va ta’lim
-
tarbiya tizimiga salbiy yoki ijobiy ta’siri jarayonlari ma’nosida
qo‘llash ham mumkin. Sanoati va yuqori texnologiyalari rivojlanayotgan jamiyatda
odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy muhitini yaxshilanishi to‘kin hayotga erishishga bo‘lgan
shaxsiy intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga
bo‘lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda bu holat
gedonistik psixologiyaning asosi deb baholanadi, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy
muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e’tirof etadi. Gedonezmning ma’nosi, shaxs
va uning xulq-atvori motiv-larida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va
o‘zidagi ichki ru-hiy iztiroblardan holi bo‘lishga intilish ustivor bo‘ladi. Aslida insonning
to‘q va farovon hayotga intilishi, yaxshi yashashni xoxlagani ayb emas, lekin bunday
to‘kinchilik insoniylik qoidalariga zid bo‘lishi mumkin emas. Inso-niyatni tashvish va
xavotirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o‘zgarishlar ba’zi bir yevropa
xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlariga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi.
Masalan, yevropada tug‘ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz
tug‘ilayotganligi, tug‘ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o‘zidan
sog‘lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, ijtimoiy yashash tarzi yaxshi bo‘la turib
farzand tug‘ilishi va uni tarbiyalashga sarflanadigan xarajatlardan qochayotganligi yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. Bunday salbiy g‘oyalar yoshlarimizning ayrimlarida kuzatilishi juda
achinarli albatta va bunday illatlarni oldini olish uchun har bir shaxsga psixologik himoya
zarur. Psixologik himoya bo‘lishi uchun yoshlarda mustaqil fikr bo‘lishi lozim. Bu
tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning
ma’no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni
millat, uning sha’nu sharafi, or-nomusi, ishonch–e’tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil
rivojlanib, takomillashib boradigan g‘oyalar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |